Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAXSUS SPORT MAKTABLARIDA CHET TILINI O‘QITISHNING SAMARALI METODLARI VA SPORT TERMINOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING O‘RNI (ISPAN TILI MISOLIDA)
Salaxova Dilnoza Sagdullayevna · ИСПАНСКОГО ЯЗЫКА) · Салахова Дилноза Сагдуллаевна
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article explores effective methods for teaching Spanish in specialized sports schools and the integration of sports terminology into the language learning process. It analyzes approaches based on ESP and CLIL methodologies and offers practical recommendations for enhancing students’ language competencies. Keywords: Spanish language, sports terminology, ESP, CLIL, specialized schools, methodology. Bugungi kunda chet tillarini o‘qitishning samaradorligini oshirish, ayniqsa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Maxsus sport maktablarida xorijiy til, xususan, ispan tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muassasalarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar asosan sport bilan faol shug‘ullanadilar, shuning uchun ular uchun moslashtirilgan, sohaga oid leksikani o‘z ichiga olgan dars metodlari talab etiladi. 61 Chet tilini sohaga integratsiya qilish, ya’ni sport mavzulari asosida o‘qitish orqali nafaqat lug‘at boyligi kengayadi, balki o‘quvchilarning motivatsiyasi, kommunikativ ko‘nikmalari va real hayotda tilni qo‘llash malakalari ham rivojlanadi. Ayniqsa, ispan tilining xalqaro sport olamidagi o‘rni ortib borayotganini inobatga olsak, bu yo‘nalishda ta’lim mazmunini yangilash va zamonaviy metodikalarni joriy etish ayni vaqt talabi hisoblanadi. Mazkur maqolada sport maktablarida ispan tilini o‘qitish jarayonidagi metodik yondashuvlar, sport terminlaridan foydalanishning o‘rni haqida soʻz boradi. Chet tilini maxsus yo‘nalishlarda o‘qitish bo‘yicha so‘nggi yillarda ESP (English/Spanish for Specific Purposes – muayyan maqsadlar uchun til) va CLIL (Content and Language Integrated Learning – mazmun va til integratsiyasi) kabi metodik yondashuvlar dolzarblik kasb etmoqda. Bu yondashuvlar sport maktablarida ispan tilini o‘qitishda ham qo‘llanilishi mumkin, chunki ular tildan aniq kontekstda foydalanishga asoslanadi. ESP metodikasi haqida J.C.Richards shunday deydi: “ESP o‘rganuvchining aniq ehtiyojlariga moslashtirilgan bo‘lib, u o‘rganilayotgan tilni muayyan fan, kasb yoki faoliyat sohasiga bog‘laydi”[2]. Bu yondashuv sport maktabi o‘quvchilariga aynan sport bilan bog‘liq terminologiyani va kommunikativ vaziyatlarni o‘rganishga imkon beradi. Shuningdek, CLIL metodikasi ham sport tilini samarali o‘rgatishda foydalidir. D. Coyle, P. Hood va D. Marsh ha koʻra “CLIL bu ikki yo‘nalishga qaratilgan ta’limiy yondashuv bo‘lib, uning doirasida qo‘shimcha chet tili orqali mazmun hamda til birgalikda o‘rgatiladi” [1]. Bu metod yordamida o‘quvchilar sport darslarida yoki sportga oid materiallar asosida tilni o‘rganadilar, bu esa real kontekstda o‘rganishni ta’minlaydi. O‘zbekiston tajribasida ham maxsus maktablarda chet tilini sohaga bog‘lab o‘qitish urinishlari mavjud. Misol uchun, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab- internatlarida ingliz tilini sport mavzulari asosida o‘qitish tajribalari kuzatilgan. “El Golazo” sport akademiyasi qoshida ochilgan “Tomiris School” zamonavoiy maktabida esa ham ingliz ham ispan tili oʻquvchilarga oʻrgatib boriladi. Shu nuqtai nazardan, ispan tilini sport maktablarida ESP va CLIL yondashuvlari asosida o‘qitish – ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularni xalqaro maydonga tayyorlashda muhim qadamlardan biridir. Sport maktablarida xorijiy tilni, xususan ispan tilini o‘qitish umumta’lim maktablariga qaraganda o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi. Bu muassasalardagi o‘quvchilar sport faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning darsdan tashqari mashg‘ulotlari ko‘p bo‘ladi, bu esa dars vaqtidan samarali foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu sababli, darslarda mavzularni sport kontekstida tashkil etish nafaqat o‘quvchining qiziqishini oshiradi, balki ularni faol ishtirok etishga undaydi. Til va sport integratsiyasiga asoslangan darslarda Tematik yondashuv (Topic-based learning) metodi samarali metodlardan biri hisoblanadi. Dars mavzusi sport bilan bog‘liq bo‘ladi, masalan: El fútbol en España, Las reglas del baloncesto, La dieta del deportista. Bu yondashuv orqali o‘quvchilar sportga oid leksikani real kontekstdan o‘rganadilar. Rollar o‘ynash (Role-play) metodida o‘quvchilar “murabbiy”, “sportchi”, “shifokor” rollarini ijro etib, amaliy nutq ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar. Masalan, “sportchilar matbuot anjumanida” yoki “murabbiy bilan intervyu” ssenariylari boʻyicha sinfni guruhlarga boʻlib rollarni taqsimlash orqali har bir oʻquvchini dars jarayoniga aktiv qatnashtirish mumkin. 62 Video va audiomateriallardan foydalanish ispan tilida olib borilgan sport musobaqalari, sharhlar, sportchilar bilan intervyular kabi til tashuvchilar nutqini tinglash o‘quvchilar uchun eshitish va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda foydali bo‘ladi. Leksik mashqlarni bajarish sport terminlariga asoslangan so‘z topish, tarjima qilish, antonim va sinonimlarni aniqlash, jumlalar tuzish mashqlari esa oʻquvchining soʻz boyli
Доказательный фрагмент
«This article explores effective methods for teaching Spanish in specialized sports schools and the integration of sports terminology into the language learning process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores effective methods for teaching Spanish in specialized sports schools and the integration of sports terminology into the language learning process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Spanish language, sports terminology, ESP, CLIL, specialized schools, methodology, metodika., ispan tili, sport terminlari, maxsus maktablar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026