Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEXNIKA TА’LIM YO‘NALISHLARIDA OLIY MATEMATIKA FANINI O‘QITISHNING XUSUSIYATLARI
O‘QITISHNING XUSUSIYATLARI
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 12 · 415-419 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini oliy matematika fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari, zamonaviy metodlari hamda muammo, kamchiliklar xususida so‘z yuritilgan. Shuningdek, maqolada oliy matematika fanini o‘qitishning turli maqsadlari haqida fikr yuritilib, ularning talaba shaxsida oliy matematik fanini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Bunda talabalarining dunyoqarashi, mantiqiy fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyatini shakllantirish, aqliy rivojlanishi, oʼz-oʼzini anglash, intellektual salohiyat oʼsishining rivojlanishiga bogʼliqdir. Kalit so‘zlar: oily matematika, bilim, fazo, shakl, mantiqiy, differensial, integral, trigonоmetriya, metodika, tafakkur, xotira. Ilm-texnika rivoji mutaxassislarni tayyorlash sifatiga yuqori talablarni qoʻymoqda, sababi ular oʻz faoliyatlarida kasbiy tayyorgarlikdan tashqari, kuzatuv natijalarini qayta ishlash usullarini, eksperimentni rejalashtirishni, modellashtirish va optimallashtirishni matematik usullarini bilishni talab qiladigan vazifalarga tez-tez duch kelmoqda. Bularning barchasi muhandislardan fundamental matematik bilimni talab qiladi. Matematikani oʻqitish hozirgi kunda mavjud shart-sharoitlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Talabalar bilan ishlashning yangi usullarini izlash hozirda dolzarbdir, chunki talabaning nuqtai nazaridan umumiy taʼlim fanlari har doim ham tanlangan mutaxassislik bilan bevosita bogʻliq emas. Masalan, birinchi kurs talabalari hardoim ham oʻzlarining kelajakdagi kasblarini tasavvur qilavermaydilar, ular tanlagan fakultet yoki oliy taʼlim muassasasini tugatgandan keyin qayerda va kim boʻlib ishlashlari mumkinligini hatto tushunmaydilar. Shu sababli ham "Bizga matematika, fizika va boshqa fanlar nima uchun kerak?" degan savol tugʻiladi. Bu savolning javobini yuqori kursga oʻtganda yoki oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlaganda topadi. Demak, oliy matematika fani oʻqituvchisining vazifasi talabani analitik va mantiqiy fikrlashga, matematik va fizikaviy masalalarning mazmunini tushunishga oʻrgatishdan iborat. Matematika tushunchalari va real dunyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqliklarni ochib berishi, uni amalda, amaliyot bilan bogʻliqliklarini koʻrsatib berishlari kerak. Taniqli matematik olim L.D.Kudryavtsev shunday yozgan edi: ―.matematikani oʻrganish boshqa fanlarga oʻxshamaydi, talabani tizimli, izchil va qat‘iyatli ishlashga oʻrgatadi: agar oldingi mavzu oʻzlashtirilmagan boʻlsa, u holda, keyingi mavzuni tushunishi mumkin emas" [1]. Talabalarni oʻqiyotgan fanini oʻrganishga qiziqtirish juda muhimdir. Talabalarning matematika fanini oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirishning samarali usullaridan biri talabalarga matematika va fizika tarixidan qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etish, mashhur matematiklar va muhandislar hayotidan baʼzi bir faktlarni aytib ularni qiziqtirishdir. Matematikani oʻrgatishning baʼzi holatlarini koʻrib chiqaylik. 68 Funksiyaning ekstremumini oʻrganayotganda misol tariqasida quyidagi eng sodda masalani yechamiz: tomoni b boʻlgan metall kvadrat boʻlagi burchaklaridan toʻrtta teng kvadrat kesiladi va listning tomonlaridan kesilgan chiziqlar boʻylab 90° burchak ostida yuqoriga qayriladi. Natijada tepasi ochiq boʻlgan quti paydo boʻladi. Shu yerda savol tugʻiladi: Paydo boʻlgan quti eng katta hajmga ega boʻlishi uchun kesilgan kvadratlarni tomonlaring oʻlchamlari qanday boʻlishi kerak? Kesilgan tomonlarning oʻlchamlari b/6 ga teng boʻlishi kerakligini misolni yechib aniqlaymiz. Soʻng, shunga oʻxshash yechiladigan baʼzi amaliy masalalar misol keltiriladi. Kompleks sonlarni oʻrganishda raqamlarning rivojlanish tarixi qisqacha bayon qilinadi, arab raqamlarini arablar emas, balki hindlar ixtiro qilganligi odamni doimo hayratga soladi. Kompleks sonni 40 ta trigonometrik yozuvidan foydalangan holda bitta toʻgʻri chiziqda yotmaydigan uchta nuqtadan oʻtuvchi cheksiz koʻp tekisliklar koʻrsatilgan. Matematik modellar yordamida hal qilinadigan texnika sohasidagi haqiqiy ishlab chiqarish masalalari alohida qiziqish uygʻotadi. Masalan, chiziqli dasturlashni hisoblshdan oldin muhandislikka ixtisoslashgan talabalar uchun dastlab boʻlajak mutaxassislikning haqiqiy ishlab chiqarish masalalari koʻrib chiqiladi, ular chiziqli dasturlash usullari bilan yechiladi va ulardan bir yoki ikkitasi uchun matematik modellar tuziladi. Xususan, texnika sohasida kerak boʻladigan materiallarni optimal kesish juda muhim muammodir. Materiallarni (masalan temir, yogʻoch, …) kesish paytida assortimentga optimal ravishda yigʻish vazifasi [2]. Materiallarni qayta ishlash korxonalarida quyidagi vazifa keng tarqalgan. Faraz qilaylik, standart fanera varaqlaridan shkaflar, temir metalldan panjaralar ishlab chiqarishda, alyuminiydan deraza romlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda mos ravishda b , b , ..., b miqdorida m turdagi blankalarni kesish kerak. Kesish n usulda amalga oshiriladi. 1 2 m Buyurtmani bajarish va umumiy chiqindilar minimal boʻlishi uchun masalan, qancha varaqni va qanday tarzda kesish kerakligini hisoblash k
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini oliy matematika fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari, zamonaviy metodlari hamda muammo, kamchiliklar xususida so‘z yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini oliy matematika fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari, zamonaviy metodlari hamda muammo, kamchiliklar xususida so‘z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oily matematika, differensial, fazo, tafakkur, metodika, mantiqiy, trigonоmetriya, bilim, integral, shakl, xotira.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024