К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARDA LIDERLIK FAZILATLARINI SHAKLLANGANGILINI ANIQLASH USULLARI VA UNI YANADA TAKOMILLASHTIRUVCHI METODLAR

Abdusattorova Go’zalxon

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada talabalardagi liderlik sifatlari va bu sifatlarni kelgusi pedagogik jarayonda qo’llashga o’rgatish metodlari haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: ta’limda liderlik, hamkorlikda o’qitish, refleksiya, muammoli ta’lim, raqobat muhiti, yetakchilikka tayyorlov. Ilm-fan ivojlanayotgan bugungi zamonda bolalar, o’smirlardagi bir qator ilg’or xususiyat va individual qobiliyatlarni aniqlash hamda shu qobiliyatlar asosida fan tarmoqlariga bo’lgan, kasbga bo’lgan qiziqishlarini yanada aniqroq bilish, o’rganish masalasi dolzarb ahamiyatga ega jihatlardandir. O’qitish jarayonida liderlikni rivojlantirish – bu ta’lim jarayonida talabalar, o’quvchilardagi yetakchilik sifatlarini shakllantirib borishga qaratilgan usul va metodlar jamlanmasidir. Ayni liderlikni ta’limda, pedagogik sohada rivojlantirish masalalari bo’yicha L.T.Razikovaning “Talabalarda tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari” nomli monografiyasida, S.Yuldashevning “Liderlik sifatlarini shakllantirishda sinf rahbarining o’rni” maqolalarida ham ushbu qobiliyatni rivojlantirishning ustuvor jihatlari yoritib berilgan. Talabalarda liderlikni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar va metodlarni birma-bir tahlil etish orqali bu usullarning samarali jihatlarini ko’rib chiqamiz; 1) Turli loyihalar asosida o’qitish ( Project- based learning). Bu yondashuv asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilganda, talabalarda real dunyo muammolarini hal qilishga jalb etish orqali ularni o’z fikrini teran ifodalay olish ko’nikmalari shakllanadi. 2) Munozalar ( debat) orqali yondashuvda talabalar o’zaro qarama-qarshi fikrlar doirasida shaxsiy qarashlarini dadil bildira olish ko’nikmasi shakllanadi. 3) Rol o’ynash ( role play) usuli orqali esa ma’lum vaziyat doirasida rollar taqsimlanadi. Masalan, kimdir-rahbar, kimdir-yordamchi, kimdir- ishchi va hokazo rollar taqsimlanadi. Bu jarayonda o’z rolidan kelib chiqib talabalar so’zlayotgan nutq hamda o’zini tutish, rolga moslasha olishi kuzatib boriladi. Kuzatuvlar natijasida ulardagi yetakchilik yoki mustaqil ish ko’rishdagi turli muammolar yuzaga chiqadi, tahlil etiladi va xulosalar qilinadi. “Yetakchi” so’zi shaxsning guruhni yetaklashga, boshchilik qilishga bo’lgan ishtiyoqi mavjudligidan kelib chiqadi.”Peshqadam” iborasi esa ma’lum fazilatlarga ega bo’lgan shaxs ketidan guruhning ergashishini, jamoaning o’z ixtiyoriga ko’ra o’zi ishongan odam borayotgan yo’lni tanlashini anglatadi. Ayni shu holat “lider” atamasiga nisbatan ham ishlatilishi zarur. 1 Liderlarga xos xususiyatlardan yana biri nutq va kommunikatsiyani rivojlantirishdir. Bunda liderda o’z fikrini auditoriya oldida ifoda etish muhim hisoblanadi. Shuningdek, boshqalarni tinglash, tanqidga ochiqlik-yetakchilikning asosidir. - Emotsional intellektni rivojlantirish esa talabalarda o’z his-tuyg’ularini anglash hamda boshqalar bilan samarali muloqot qila olish ko’nikmalarini rivojlantirish, ularning liderlik qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi. 1 D.Hukumova “Shaxsda liderlikni namoyon bo’lishi” .Samarqand 2022.209-214-bet 71 - Volontyorlik faoliyatlarini yo’lga qo’yish, talabalar o’rtasida shu turdagi jamoalarni tashkil etish orqali ham yetakchilik, mustaqillik sifatlari o’smirlar orasida nisbatan o’sib boradi. Jamiyatdagi liderlarga, yetakchilarga, o’z ortidan boshqalarni ergashtira olish qobiliyatiga ega shaxslarga bo’lgan talab kundan kun ortayotganligini hisobga olsak, yuqoridagi metodlardan kelib chiqqan holda quyidagicha lider shaxslar turkumlarini sanab o’tish mumkin2: 1) Intelektual liderlar 2) Emotsional liderlar 3) Irodali liderlar 4) Super liderlar Yoshlar o’rtasida liderlikni rivojlantirish kelajak uchun, yurt ertasi uchun munosib yetakchilar va rahbarlarni tarbiyalash, ularni haqiqiy jamiyat ustuvorlari sifatida shakllantirish bilan izohlanadi. Pedagogik jarayonda talabalarni ayni shu sifatlar bilan qurollantirish, o’zining mustaqil fikri, o’z shaxsiy qarashiga ega bo’lgan o’smirlarni voyaga yetkazish bu jarayonning naqadar dolzarb ekanligini ham anglatib turadi va bunda sanab o’tilgan metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talabalardagi liderlik sifatlari va bu sifatlarni kelgusi pedagogik jarayonda qo’llashga o’rgatish metodlari haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talabalardagi liderlik sifatlari va bu sifatlarni kelgusi pedagogik jarayonda qo’llashga o’rgatish metodlari haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yetakchilikka tayyorlov., hamkorlikda o’qitish, ta’limda liderlik, raqobat muhiti, muammoli ta’lim, refleksiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники