Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘İCH SİNF O‘QUVCHİLARİNİ O‘QİTİSHDA ZAMONAVİY İNNOVATSİON TEXNOLOGİYALARDAN FOYDALANİSHNİNG ZARURİY AHAMİYATİ
Jomurodova Dilnura Ko’chim qizi · Mo’minov Isroil Xudoyshukur o’g’li (Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article provides information about the methods and necessity of using modern innovative technologies among primary school students, as well as the use of modern teaching methods. Аннотация: В данной статье представлена информация о методах и необходимости использования современных инновационных технологий среди учащихся начальной школы, а также об использовании современных методов обучения. Kalit so’zlar: Boshlang’ich, innovatsiya, texnologiya, AKT, LINGVA. Keywords: Elementary, innovation, technology, ICT, LANGUAGE Ключевые слова: Элементарный, инновации, технологии, ИКТ, ЯЗЫК Hozirgi kunda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy axborot asrida ta’lim tizimining har bir bosqichi, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim jarayoni zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni talab qilmoqda. Boshlang‘ich sinf – bu bolalarda bilimga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, ijodiy salohiyatni shakllantirishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Shu bois bu bosqichda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘ta muhimdir.Chunki hozirgi kunda juda ham texnologiyalar rivojlanib bormoqda. Zamonaviy innovatsion texnologiyalar nima? Innovatsion texnologiyalar – bu an’anaviy dars o‘tish usullariga nisbatan yangicha, interaktiv, ilg‘or yondashuvlarni o‘z ichiga olgan metod va vositalar majmuasidir. Bularga quyidagilar kiradi: AKT (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari): kompyuter, planshet, interaktiv doska, proyektor. Multimedia vositalari: audio, video, animatsiyalar, elektron darsliklar. Ta’limiy onlayn platformalar: Zoom, Google Classroom, EduPage, LearningApps va boshqalar. O‘yin texnologiyalari: ta’limiy o‘yinlar, testlar, viktorinalar. STEM yondashuvi: fan, texnologiya, muhandislik va matematikani integratsiyalashgan o‘qitish. 73 O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich ta’limda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va o‘qituvchilarning bu boradagi faoliyatini baholash masalalari davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari va qabul qilingan qonunlar ushbu sohada sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev innovatsiyalarni jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida ko‘rib, xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ularning tashabbusi bilan mamlakatimizda yetakchi soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonunda berildi. 2020-yil 24-iyulda qabul qilingan ushbu qonun innovatsion faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.[1]Qonunda innovatsion faoliyatning asosiy tushunchalari, tamoyillari va yo‘nalishlari belgilangan. Ushbu hujjat ta’lim tizimida, jumladan, boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish uchun huquqiy asos yaratadi. ‘‘Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan ushbu qonun ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutishi belgilangan. Bu esa boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlarni qo‘llash uchun muhim ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari va qabul qilingan qonunlar O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limda innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. Bu esa o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini baholash va rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.[2] Hozirgi kunda ta’lim tizimi jadal rivojlanib, yangi innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarurati kuchayib bormoqda. Boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda o‘qituvchilarning innovatsion faoliyati muhim ahamiyatga ega. Innovatsion faoliyatni samarali baholash o‘qituvchilarning o‘quv jarayoniga yangicha yondashuvlarini aniqlash, ularning kasbiy mahorati va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini baholash mezonlari, xalqaro tajribalar va samaradorlikni oshirish usullari ko‘rib chiqiladi.[3] Innovatsiya — bu yangilik yaratish, o‘quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalar, yangi pedagogik metodlar va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish jarayonidir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun innovatsion faoliyat quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: Interfaol metodlar — o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash — elektron darsliklar, multimedia resurslar, onlayn platformalar. Individual yondashuv — har bir o‘quvchining qobiliyatini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish. Guruhli va loyihaviy ishlar — o‘quvchilarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish. Masalan, Singapur ta’lim tizimida innovatsion faoliyatga alohida e’tibor q
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the methods and necessity of using modern innovative technologies among primary school students, as well as the use of modern teaching methods.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the methods and necessity of using modern innovative technologies among primary school students, as well as the use of modern teaching methods. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Elementary, innovation, technology, ICT, LANGUAGE, LINGVA., innovatsiya, texnologiya, AKT, Boshlang’ich
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026