Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O’ZBEKISTONDA YANGI BAHOLASH TIZIMINING MAKTAB HAYOTIDAGI O’RNI
HAYOTIDAGI O’RNI · Jartıbaeva Biybijamal Bayrambay qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article explores the implementation of a new student assessment system within the framework of educational reforms in New Uzbekistan. It analyzes the essence of formative and summative assessment, their role in the daily life of schools, and their impact on the quality of education and the personal development of students. The paper emphasizes the shift from traditional evaluation methods to a competency-based approach that supports transparency, fairness, and continuous improvement in the learning process. Keywords: New Uzbekistan, assessment system, formative assessment, summative assessment, school education, quality of education, student development, pedagogical innovations, competency-based approach, educational reforms. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlanayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichi” doirasida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy metodlarni joriy qilish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholash tizimini takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bu borada baholash tizimi nafaqat nazorat vositasi, balki o‘quv jarayonining ajralmas qismi sifatida yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarga moslashtirish va o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini adolatli, aniq baholash tizimini joriy etish dolzarb masalaga aylanmoqda. Bu jarayonda baholash tizimi nafaqat natijani aniqlash, balki o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini rag‘batlantirish vositasiga aylanyapti. An’anaviy 5 ballik baholash tizimi o‘quvchining faqat yakuniy natijasini ko‘rsatishga xizmat qilgan bo‘lsa, yangi baholash yondashuvi o‘quv jarayonini to‘liq kuzatish, o‘quvchi faoliyatini doimiy tahlil qilish, ularning individual o‘sish dinamikasini aniqlashga qaratilgan. Bu tizim formativ (joriy) va summativ (yakuniy) baholash shakllarini o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarni 79 baholashda formativ va summativ baholash tizimi ishlab chiqilgan. Har chorakda olinadigan nazorat ishlari test shaklida bo‘lib, o‘quvchilarni fan bo‘yicha egallagan bilimlarini 3 turga ajratilgan holda baholab boriladi. Choraklik yakunida bo‘ladigan nazorat materiallari markazlashgan tizim orqali nazorat ostida olib boriladi. O‘quvchilar har chorakda, har bir fandan 100 ballik tizimda baholanib boriladi. Bunda, summativ ball - 90 ballni tashkil qilsa, formativ ball – 10 ballni tashkil qiladi.[5] Yangi baholash tizimida har bir fandan o‘quvchi 100 ballik baholash tizimida baholanadi. 50 ball chorak davomida olingan bob bo‘yicha summativ baholar yig‘indisidan tashkil topgan. Bunda chorak davomidagi bob yakunlari bo‘yicha nazoratlar olib boriladi. Bu summativ baholash loyiha ishi, laboratoriya ishi, amaliy mashg‘ulot kabi kichik turlarga ham bo‘linadi. Chorak yakunida 40 ballik nazorat ishi olinadi. Qolgan 10 ballni formativ baho sifatida fan o‘qituvchisi baholaydi. Bunda 10 ballning 4 balli o‘quvchining uy ishlarini bajargani uchun, 6 balli esa darsda ishtiroki uchun qo‘yiladi Kelgusida bu tizimni to‘liq raqamlashtirish, diagnostika vositalarini takomillashtirish, baholashda sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari ustida ishlanmoqda. Formativ baholash orqali o‘qituvchi dars davomida o‘quvchining ishtirokini, faolligini, bilimni o‘zlashtirish darajasini baholaydi. Summativ baholash esa o‘quv dasturi yakunida erishilgan natijalarni umumlashtirishga xizmat qiladi.[5] Yangi baholash tizimi o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, ta’lim jarayonini tahlil qilish, pedagogik yondashuvlarni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tizim: O‘quvchilarning mustaqil o‘rganish, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi; O‘qituvchining o‘z metodikasini qayta ko‘rib chiqish, samarali usullarni izlashiga turtki beradi; Ota-onalarga o‘quvchining yutuq va kamchiliklari haqida aniq, izchil axborot beradi. Bundan tashqari, baholash tizimi maktabda sog‘lom raqobat muhitini yaratish, rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish va o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashiga imkon yaratadi. Bugungi kunda yangi baholash tizimi bo‘yicha sinovlar Respublikaning ko‘plab umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bu tizim o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularda faollik va o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Yangi baholash tizimi dastlab, Prezident maktablarida joriy qilindi. So‘ngra bu baholash tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil qilingan maktab-internatlari va maktablarda ham yo‘lga qo‘yildi. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2023-2024 o‘quv yilidan 500 ta umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ham yangi baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bunda agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat va
Доказательный фрагмент
«This article explores the implementation of a new student assessment system within the framework of educational reforms in New Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the implementation of a new student assessment system within the framework of educational reforms in New Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- New Uzbekistan, assessment system, formative assessment, summative, maktab ta’limi, kompetensiyaviy yondashuv, formatif baholash, ta’lim sifati, Yangi O‘zbekiston, o‘quvchilar rivojlanishi, baholash tizimi, pedagogik innovatsiyalar, summativ baholash, ta’lim islohotlari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025