К содержанию
РецензированоEN2026

KOREYS TILI TA'LIMIDA MAMLAKATSHUNOSLIK MATNLARI ORQALI TALABALARDA MADANIYATLARARO MULOQOT KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

SHAKLLANTIRISH USULLARI · Erkinov Ahrorbek

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 67-73 · 2026

Аннотация

Intercultural communication skills, as an essential component of Korean language education in the context of modern globalization, enable students to deeply understand Korean culture, respect cultural differences, and communicate effectively. This article explores methods of developing intercultural communication skills in students through country-specific texts in Korean language education. By connecting text selection criteria such as authenticity, modernity, cultural significance, language complexity, and curriculum relevance with practical strategies, the article provides guidance for developing intercultural communication competence in students. Practical strategies include a three-stage system for working with texts, analysis of cultural realia, comparative analysis, project work, role-playing, and the use of visual materials. These approaches expand students' knowledge of Korean culture, increase intercultural sensitivity, and develop effective communication skills. The article contributes to the development of educational methodologies that serve to prepare individuals capable of intercultural communication, reflective thinking, and cultural sensitivity. Keywords. Intercultural communication, country-specific texts, Korean language, cultural sensitivity, text selection criteria, Korean culture, educational strategies, communicative competence. Kirish. Globallashuv va "Hallyu" (Koreys to'lqinining) jahon miqyosidagi ta'siri sharoitida koreys tilini o'rganayotgan talabalarda madaniyatlararo muloqot ko'nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kim Y.J. ta'kidlaganidek, "koreys tili o'qitishda madaniy komponent tilni o'rganish va madaniyatlararo muloqotning ajralmas qismidir"[1]. Madaniyatlararo muloqot ko'nikmalari talabalarga koreys madaniyatining o'ziga xos jihatlarini tushunish, madaniy farqlarni hurmat qilish va koreys jamiyati bilan samarali muloqot qilish imkonini beradi. Mamlakatshunoslikka oid matnlar ushbu ko'nikmalarni rivojlantirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi, chunki ular koreys xalqining turmush tarzi, qadriyatlar, an'analar va zamonaviy hayotiga oid autentik ma'lumotlarni taqdim etadi. Xo'janazarova N.O. o'z tadqiqotlarida koreys tilini o'qitishda lingvomadaniy yondashuvning afzalliklarini ko'rsatib, "koreys tili va madaniyati o'rtasidagi chambarchas bog'liqlikni hisobga olgan holda til o'qitishning samaradorligi sezilarli darajada oshadi" deb ta'kidlaydi [2]. Mamlakatshunoslik matnlari nafaqat til ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, balki talabalarning madaniyatlararo muloqotda ishtirok etish qobiliyatini oshiradi, madaniy sezgirlikni kuchaytiradi va koreys madaniyati bilan o'z madaniyatlari o'rtasidagi farqlarni tushunishga yordam beradi. Shu sababli, ushbu matnlarni tanlash va ulardan foydalanish jarayoni puxta rejalashtirilgan yondashuvni talab qiladi. Ushbu maqola koreys tili ta'limida mamlakatshunoslik 85 matnlari orqali madaniyatlararo muloqot ko'nikmalarini shakllantirish usullarini o'rganadi, matn tanlash mezonlarini aniqlaydi va amaliy strategiyalarni taqdim etadi. Adabiyotlar tahlili va metodlar. Koreys tili ta'limida mamlakatshunoslik matnlari va madaniyatlararo muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish masalalari bir qator olimlar tomonidan o'rganilgan. Park Ji-young o'zining "Koreys tilida mamlakatshunoslik: nazariya va amaliyot" asarida autentik matnlarning madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi rolini ta'kidlaydi. Uning so'zlariga ko'ra, "autentik matnlar talabalarga koreys madaniyatining haqiqiy kontekstini tushunishga va madaniy bilimlarini kengaytirishga imkon beradi" [3]. Lee Hyun-joo "Koreys tilini o'qitishda ijtimoiy-madaniy yondashuv" kitobida madaniy realiyalarni tahlil qilish orqali muloqot ko'nikmalarini shakllantirish zarurligini qayd etadi: "Koreys madaniy realiyalarini tushunish talabalarning koreys jamiyatidagi verbal va noverbal muloqot normalarini o'zlashtirishiga yordam beradi" [4]. Kim Young-woong esa matn tanlashda til murakkabligi va madaniy ahamiyatni hisobga olishni taklif qiladi [5]. G'arb olimlari, masalan, Byram va Zarate, chet tillarni o'qitishda madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishning muhimligini ta'kidlaydilar [6]. Mamlakatshunoslik matnlari orqali madaniyatlararo muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish uchun matnlarni tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish lozim: Autentiklik - matnlar koreys madaniyatini haqiqiy va ishonchli aks ettirishi kerak. Park Ji- young ta'kidlaganidek, "gazetalar, adabiy asarlar, bloglar, e'lonlar va reklama materiallari kabi autentik manbalar talabalarni real til muhiti bilan tanishtiradi" [3]. Zamonaviylik-matnlar zamonaviy koreys jamiyatining dolzarb mavzularini qamrab olishi kerak. Choi M.H. ning tadqiqotiga ko'ra, "K-pop, K-drama, texnologiya va taomlar haqidagi zamonaviy matnlar talabalarning motivatsiyasini sezilarli darajada oshiradi" [8]. Madaniy ahamiyat-matnlar koreys xalqining qadriyatlar, an'analar, bayramlar va kundalik turmush tarzini ochib berishi lozim. K

Доказательный фрагмент

«Intercultural communication skills, as an essential component of Korean language education in the context of modern globalization, enable students to deeply understand Korean culture, respect cultural differences, and…»

Образец извлечения

Демо-превью

Intercultural communication skills, as an essential component of Korean language education in the context of modern globalization, enable students to deeply understand Korean culture, respect cultural differences, and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Intercultural communication, country-specific texts, Korean language, cultural, madaniy sezgirlik, koreys madaniyati, koreys tili, matn tanlash mezonlari, ta'lim strategiyalari, kommunikativ kompetensiya., mamlakatshunoslik matnlari, Madaniyatlararo muloqot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники