К содержанию
РецензированоUZ2026

MEDIASAVODXONLIK EVOLYUTSIYASI VA AXBOROT XAVFSIZLIGI

Arobova Shohsanam Akram qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The evolution of media literacy, media education, information security, mass media, and news analysis will be discussed. Keywords: media literacy, information, media, human, media education, process, mass media, skills, competence Kirish. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi qanchalik rivoj topgani sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, butun mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta‘minlash eng dolzarb masalaga aylanibbormoqda, Ushbu soha albatta rivojlanishi kerak va buni qilamiz... Sh.M.Mirziyoyev. Tabiat va jamiyatdagi har bir evolyutsion jarayon insoniyat tarixining muhim qismi sifatida insoniyatni o‘zi haqidagi tarixiy haqiqatni topishga yaqinlashtiradi. Shu ma’noda u еrning yaratilish tarixi, hayvonot olami va o‘simlik dunyosining o‘zaro bog‘liqligidan dunyoning yaratilishi bilan bog‘liq muhim yangilikni tadqiq qiladi. Mediasavodxonlik va axborot madaniyatining hayotimizga chuqur kirib borishi tufayli axborot hajmi ham oshdi va bunday global jarayonda ommaviy demokratik muloqotning eng yaxshi kafolati hisoblanadi. Muloqotning bu turi inson huquqlarini amalga oshirishning asosiy omili hisoblanadi. Asosiy. Mediasavodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo'yicha ko'nikmalar va malakalar majmuyini bildiradi. Mediasavodxonlik media funktsiyalarini tushunish, mazkur funktsiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o'z-o'zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg'u beradi. Mediasavodxonlik – mediata'limning natijasidir. Mediata'lim ommaviy axborot vositalarining zararli ta'siri va tendentsiyalaridan himoya qilish vositasi sifatida paydo bo'lgan. Ushbu paradigmadan birinchi bo'lib 1930-yillarda Buyuk Britaniya foydalangan. Buyuk Britaniya va Avstraliyada mediasavodxonlik gumanitar fanlar majmuasiga alohida kurs sifatida kiritilgan. Finlandiyada media va axborot savodxonligi yo'nalishi 1970-yillardan boshlab maktab va universitetlar o'quv dasturlariga kiritilgan. Mediata'lim komponenti maktab programmasiga birinchi bor kiritilganda mustaqil fan sifatida emas, balki ona-tili, tarix, estetik fanlar va ekologiya fanlariga integratsiya qilingan. 2021-yilda e'lon qilingan Mediasavodxonlik indeksiga ko'ra, Finlandiya “yolg'on xabarlar va dezinformatsiyaning salbiy 89 ta'sirlariga qarshi turishda eng yuqori salohiyatga ega mamlakat”sifatida e'tirof etilgan va indeksda birinchi o'rinni egallagan. Shvetsiyada mediata'lim 1980-yildan boshlab ta'lim muassasalarida alohida fan sifatida o'qitila boshlangan. Mediataʼlimni joriy etishdan asosiy maqsad yoshlarda ommaviy axborot vositalarining xabarlarini tanqidiy idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, turli xil maʼlumotlar manbalaridan olingan xabarlar haqida oʼz fikrini shakllantirish, shuningdek, tomosha qilingan filmlar va teledasturlar haqida oʼz fikrini bildirish qobiliyatini shakllantirish boʼlgan. 2000-yilning kuzidan boshlab mediataʼlim Shvetsiya milliy o‘quv dasturiga rasman kiritilgan. Mediasavodxonlik va axborot madaniyati insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi. Mediasavodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, mediasavodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati. Binobarin, dunyodagi barcha voqea va hodisalar u yoki bu tarixiy manbaga o‘ziga xos tarzda oydinlik kiritishi va ayni paytda muhim tarixiy ma’lumotlarning ochilishi uchun sabab bo‘lishi mumkin. O‘tmish tarixi, ijtimoiy va gumanitar fanlarni o‘rganishda falsafa, madaniyatshunoslik, etnologiya, etnografiya, san’atshunoslik, sotsialogiya va boshqa shu kabi fanlar еtakchilik qilmoqda. Biroq, mohiyatiga ko'ra, bu fan tarixining muhim tarkibiy qismidir. Tarixiy manbalarga murojaat qiladigan bo‘lsak, ibtidoiy odam o‘z fikrini o‘zi o‘ylab topgan turli belgilar va tasvirlar yordamida ifodalashga harakat qilganligini bilib olamiz. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan til, yozuv va muloqot shakli shu tarzda paydo bo'lgan degan argument bor. Agar biz tilning tarixi va evolyutsiyasi haqida fikr yuritmoqchi bo‘lsak, uni ilmiy jihatdan o‘rganishimiz kerak. Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. Musiqa, televizor, video oʻyinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday koʻrishimizga kuchli taʼsir koʻrsatadi, bu taʼsir koʻpincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy

Доказательный фрагмент

«The evolution of media literacy, media education, information security, mass media, and news analysis will be discussed.»

Образец извлечения

Демо-превью

The evolution of media literacy, media education, information security, mass media, and news analysis will be discussed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
media literacy, information, media, human, media education, process, mass, mediata’lim, mediasavodxonlik, ko‘nikma, axborot, ommaviy axborot, malaka, inson, jarayon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники