К содержанию
РецензированоUZ2026

“OYDINDA YURGAN ODAMLAR” ASARIDA QO‘LLANGAN ETNOGRAFIK BIRLIKLAR

Mamaziyoyeva Ozoda Botirali qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

mazkur maqola Tog‘ay Murodning “”Oydinda yurgan odamlar“ asarida qo‘llangan o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan etnografik va frazeologik birliklar hamda ularning xususiyatlari misollar asosida tahlil qilingan. Xususan, to‘y, mavsum-marosim odatlari va asarning badiiy tili etnografik, frazeologik jihatdan yondashilib baholangan. Kalit so‘zlar: badiiy asar tili, muallif tili, hikoyachi tili, qahramon tili, etnografik birlik, frazeologik birlik, Tog‘ay Murod, obraz, syujet, kompozitsiya, badiiy unsur. Adabiyot – millat ko‘zgusi.” Darhaqiqat, adabiyot mohiyatan umuminsoniyat masalalariga dahldor bo‘lsa-da, biroq u har qanday holatda milliy shaklda namoyon bo‘ladi. Adabiyotning xoh nasrida, xoh nazmida bo‘lsin va xoh xalq og‘zaki ijod namunalarida bo‘lsin shu xalqning urf-odatlari, an’analari, ming yillar davomida shakllanib, avlodlar hayotida chuqur tomir otib borayotgan qadriyatlarni asosiy mezoni va mavzusiga aylantirib olgan bo‘ladi, shuning uchun ham ularda milliy ruh bo‘y-basti bilan aks etadi. Milliy adabiyotimizning XX asr oxirgi choragi rivojida Tog‘ay Murodning munosib o‘rni bor. U salkam o‘ttiz yillik ijodiy faoliyati davomida bir necha hikoya, to‘rt qissa, ikki roman yaratdi, jahon adabiyotidan tarjimalar qildi, adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. Yozuvchi qoldirgan adabiy meros miqdor jihatdan u qadar ko‘p emas. Ammo uning qissa va romanlari o‘ziga xos badiiyati, tili va ifoda tarzi, hech qaysi adibnikiga o‘xshamaydigan murakkab personajlari bilan davr adabiyotida yorqin iz qoldira olgan. Tog‘ay Murod o‘z asarlaridagi milliy ruhning bir-biridan betakror ifodasi bilan o‘zbek adabiyoti ravnaqiga katta hissa qo‘shish bilan bir qatorda o‘zbekni o‘ziga tanitdi, o‘zligini anglatdi, qaysidir ma’noda dunyo xalqlari orasida munosib o‘ringa olib chiqdi. Yozuvchi ijodida Alpomish-u Barchinlar, Layli-yu Majnunlar yangicha talqin va ma’no kasb etdi, xalqimizga xos kamtarlik, mehnatsevarlik, tantilik, soddalik, oilaparvarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar Tog‘ay Murod qalamida o‘zgacha ko‘rinish kasb etdi. Fikrimizning yaqqol isboti sifatida “Ot kishnagan oqshom”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Yulduzlar mangu yonadi”, “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi”, “Oydinda yurgan odamlar” singari asarlari orqali adabiyotimizga Surxon vodiysining o‘ziga xos nafasini olib kirdi, mehnatsevar, kamtar va tanti dehqonlar, chorvadorlar, bog‘bonlarga nisbatan dilimizda iliq va samimiy mehr uyg‘otdi, voha yigitlariga xos g‘ururlilik, or-nomusni jonidan ustun qo‘yish, dovyuraklik, mardlik, sadoqat kuylanadi. «Oydinda yurgan odamlar» qissasi Tog‘ay Murodninggina emas, o‘zbek milliy adabiyotining noyob namunasi sifatida kutib olindi. Qissa qahramonlari Qoplon va Oymomo farzand orzu ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab yashashadi. Hali tug‘ilmagan go‘dakning birisi bobosi, biri momosi bo‘lib, zurriyotni, bir-birlarini e’zozlashadi, ardoqlashadi. Asar qahramonlari fojiasi umid va yorug‘likka to‘la mungli, xazin bir qo‘shiq sifatida kitobxon ko‘nglini larzaga soladi, xotirasida manguga qoladi. Ushbu qissa adibning ijodiy izlanishlari umuman boshqa yo‘nalishdan borganligi bilan alohida e’tibor va e’trofga sazovordir. Asar 79 1980-yilda yozilgan bo‘lib, adabiyotimizda keng muhokama va munozaralarga sabab bo‘ldi. Chunonchi, adabiyotshunos olim Dilmurod Quronov yozganidek “…uni yozuvchi sifatida taniganimga ancha bo‘ldi. “Oydinda yurgan odamlar” qissasini o‘qiganimda bir olam taassurot ichida qolganimni eslayman: mazza qilib o‘qiganim rost-u, birovga aytib bergudek voqeasi yo‘qdek edi-da!... Qahramonlari ham binoyidek-u, insho yozganingda “falonchiga o‘xshagim keladi” deydigan emas-da!...” Chindan ham asarni o‘qish davomida Qoplonbekning Oymomoga ko‘ngil qo‘yishi, ikki qalbning tuganmas va pok muhabbatiga farzandsizlik musibati to‘siq bo‘lishi, biroq shunday bo‘lsa-da umr bo‘yi bu dardga davo izlashlari, ba’zi Qimmat momoga o‘xshagan “aqllilar”ning ta’na-malomatlariga chidashi, el orasida o‘ksik va tili qisiq bo‘lib yurishi, shunday bo‘lsa-da katta umid bilan yashashi kitobxonni o‘yga toldiradi, bevosita yuqorida adabiyotshunosimiz fikrlariga qo‘shilgandek bo‘lamiz. Lekin aytib o‘tganimizdek, bu asar haqida juda ko‘p mulohazalar bildirilgan. Xususan, Odi Yoqubovning quyidagi fikrlarini keltirishimiz maqsadga muvofiq: “Tog‘ay Murodning birgina “Oydinda yurgan odamlar” qissasida, yanglishmasam, adibga xos fazilatlar yanada yaqqolroq seziladi. Asar nima haqida? Bir qarashda qissa adabiyotimizda ko‘p aytilgan farzandsizlik muammosiga bag‘ishlangandek tuyiladi. Aslida, uslub jihatdan xalq dostonlariga o‘xshab ketadigan bu qissani muhabbat haqidagi bir kuy, to‘g‘rirog‘i, muhabbatga suyanib, barcha hayot dovullarini yengib o‘tgan ikki dil, ikki pok inson haqidagi tipik bir qo‘shiq desak yarashadi. Yaxshi qo‘shiq mungli bo‘ladi, biroq bu mung ko‘ngilga g‘ashlik solmaydi, bil’aks, suv ichganday ravshan qiladi.” Chindan ham Qoplonbek va Oymomoning sevgi, ishonchga burkangan, samimiylikka yo‘g‘rilgan, sadoqatga limmo-lim to‘lgan go‘zal umrlarini ko‘rib, bugungi kund

Доказательный фрагмент

«mazkur maqola Tog‘ay Murodning “”Oydinda yurgan odamlar“ asarida qo‘llangan o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan etnografik va frazeologik birliklar hamda ularning xususiyatlari misollar asosida tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur maqola Tog‘ay Murodning “”Oydinda yurgan odamlar“ asarida qo‘llangan o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan etnografik va frazeologik birliklar hamda ularning xususiyatlari misollar asosida tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
frazeologik birlik, badiiy unsur., qahramon tili, syujet, etnografik birlik, muallif tili, kompozitsiya, badiiy asar tili, obraz, Tog‘ay Murod, hikoyachi tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники