Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MUSIQA MADANIYATI VA MUSIQIY TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MAZMUNI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · N.A. Akbarova (in-academy.uz/index.php/si) · meyoriy hujjatlar (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida musiqiy madaniyat va musiqiy ta’lim sohasidagi o’zgarishlar, soha rivoji uchun xizmat qilgan islohotlar, ularning mohiyati yoritib o’tilgan. Musiqa madaniyatiga oid huquqiy-meyoriy hujjatlar va ulardan ko’zlangan maqsadlar mazmuni bayon qilingan. Shuningdek, mustaqillikka qadar o’zbek musiqa madaniyati taraqqiyoti istiqlol davridagi bilan qiyoslab tahlil etilgan. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlar tarixiylik, qiyosiy tahlil, izchilik tamoyillari asosida tahlil etilgan. Kalit so’zlar. Musiqa, madaniyat, musiqiy ta’lim, yevrosentrizm, davlat dasturi, huquqiy- meyoriy hujjatlar, Qaror, Farmon, Nizom, Qonun. Mustaqillik arafasida o‘zbek musiqiy ta’limi og‘ir ahvolda edi. Sovet hokimiyati davrida yevropacha uslubda tashkillangan musiqiy ta’lim tuzimi o‘zini oqlamagan, sohani ta’lim tizimida bo‘lgani kabi “qoldiq tamoyili” asosida moliyalashtirilishi mavjud musiqiy ta’lim muassalarini moddiy-texnik bazasini ancha nochor holatga solib qo‘ygan edi. XX asrning 80- yillari boshida respublika musiqa maktablarida o‘qituvchilarning ham, o‘quvchilarning ham asosiy qismi Yevropa millatlari vakillaridan iborat bo‘lib, keyingi yillarda musiqa maktablariga hujjat topshirayotgan mahalliy millat farzandlarining ko‘payib borishi asnosida muammolar ortib bordi. Chunki ular asosan milliy cholg‘u sozlari yo‘nalishlariga hujjat topshirishar, musiqa maktablarida esa milliy sozlar ham, ulardan dars beruvchi muallimlar ham yetishmas edi. Yevrotsentrizm g‘oyalari asosida tashkil etilgan musiqiy taʼlim tizimining nobopligi bois, musiqa maktablari va musiqa bilim yurtlarida yetishib chiqayotgan o‘quvchilar talabga javob bermas edi. Taʼlim milliylikdan uzoq bo‘lib, maʼlum maqsadni ifodalamasdi. Barcha taʼlim dargohlarida milliy sozlar bo‘limida yevropalik kompozitorlarning begona-skripka, alt, violonchelga mo‘ljallangan asarlari dasturga kiritilgani nomantiqiy hodisa edi. Milliy musiqiy merosni o‘rganishga jiddiy eʼtibor berilmasligi sababli bu taʼlim dargohlari milliy cholg‘u sozlari bo‘yicha yetuk sozandalar yetishtirib bera olmadi [12;73]. Istiqlol yillarida o‘zbek millati boy musiqiy merosini saqlash hamda musiqa madaniyati va ta’limini yuksaltirish uchun to‘liq shakllangan huquqiy asoslar ishlab chiqish maqsadida ko‘plab huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Mustaqillining ilk yillaridan milliy o‘zlikni anglash, haqiqiy vatanparvar fuqorolarni tarbiyalash uchun asosiy vosita madaniyat, san’at, adabiyotni rivojlantirish ekanligini yaxshi anglagan holda bu sohalar taraqqiyotiga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratish boshlandi. Bu yo‘lda avvalo yosh iste’dodlarni izlab topish, ularga imkoniyat yaratish muhim vazifa edi. Adabiyot, san’at va me’morchilik sohalarida iste’dodli yoshlarni izlab topish, ularning ijod salohiyatini Vatanimiz mustaqilligi va xalqimiz ma’naviyatini mustahkamlash, boyitishga yo‘naltirish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni zamon talablari darajasiga ko‘tarish maqsadida [11;3] O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Ijodkor yoshlarning “Iste’dod” jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi farmoni bilan 1993-yil 19- mayda “Iste’dod” jamg‘armasi tuzildi. Jamiyatimizda teran maʼnaviy xislatlarni qaror toptirish, xalqimizni, jumladan, yoshlarni umumbashariy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida voyaga yetkazish yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning muhim qismini tashkil qiladi. Milliy 54 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ma’naviyatimizning ma’no-mohiyati, ildizlari, noyob va betakror namunalari, uning bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan izchil, ta’sirli va zamonaviy usul va vositalardan foydalangan holda ilmiy tadqiqot va targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida [13] 1994-yil 23-aprelda “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi tuzildi. O‘zbekistonda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lm tizimi va madaniyat sohasida ham keng qamrovli islohotlar boshlandi. Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil etishi islohotlar tarkibiga alohida yondashuvni talab etadi. O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini tubdan o‘zgartirish istiqlolning ilk kunlaridan dolzarb tus oldi. Yurtimizda sobiq ittifoq davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib 1992-yilda qabul qilingan “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun 1997-yil 29- avgustda yangi tahrirda yaratildi. Asosiy urg‘u millat ma’naviy qiyofasini asrash, jamiyatda so‘glom tarbiyaviy muhitni qaror toptirish, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham aqlan, ham ma’nan, ham jismonan barkamol etib tarbiyalashga berildi. Bu jarayonda musiqa va san’at tarbiyasining o‘rni va rolini yuksak ekanligini to‘g‘ri anglagan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari “taʼlim muassasalari” ro‘yxatiga kiritildi [12;61]. O’zbekiston respublikasi prezidentining PF-1692-son farmoniga ko’ra 1997-yil 1- yanvardan eʼtiboran O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mustaqillik yillarida musiqiy madaniyat va musiqiy ta’lim sohasidagi o’zgarishlar, soha rivoji uchun xizmat qilgan islohotlar, ularning mohiyati yoritib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mustaqillik yillarida musiqiy madaniyat va musiqiy ta’lim sohasidagi o’zgarishlar, soha rivoji uchun xizmat qilgan islohotlar, ularning mohiyati yoritib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yevrosentrizm, Qaror, davlat dasturi, musiqiy ta’lim, Musiqa, Farmon, huquqiy-meyoriy hujjatlar, Nizom, madaniyat, Qonun.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026