К содержанию
РецензированоUZ2026

MEVALI O‘IMLIKLAR KO‘CHATINI INVITRO USULIDA KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Meliqo‘ziyeva Munzilaxon Rafiqjon qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Davronova Madinaxon O'ktamjon qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Jo'raboyeva Sarvinoz Zuhriddin qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Zamonaviy yangi bog`larni barpo qilishda mevali o`simliklar ko`chatlarini ko`paytirishni maxsus labaratoriya sharoitlarida ilmiy asoslangan ko`paytirish bog`dorchilik soxasini jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi.. Kalit so‘zlar: Urug`, nihol, tuproq, namlik, ko`chat, o`simlik, o`g`itlash, idish, labaratoriya, tajriba, yorug`lik, kuzatuv. Hozirgi kunda mamlakatimizda insonlarning ortib borishi tufayli qishloq xo‘jaligiga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Mevali o‘simliklarni invitro usulida ko‘paytirish bu talabni samarali qondiruvchi texnologiyalardan biridir. In vitro – bu o‘simliklarni yetishtirish uchun ishlatiladigan o‘simlik to‘qimalari kulturalash usuli bo‘lib, tomirlardagi to‘qimalar yoki o‘simliklarning aseptik kichik qismlarini ekishdir.(1-rasm) 1-rasm. In-vitro usulda mevali o`simlik ko`chatlarini o`stirish Bu usulda o‘simlik to‘qimalaridan laboratoriya sharoitida maxsus oziq moddalarga boy muhitda ko‘paytirish ishlari olib boriladi. Buning uchun sog‘lom o‘simlik qismlari tanlab olinadi. Yuzadagi mikroorganizmlarni yo‘qotish uchun esa antiseptik eritmalarda ishlov berilib, keyin oziqlantiruvchi muhitga joylashtiriladi. Bu maxsus retsept bo‘yicha tayyorlangan MS, B5 muhitga ekiladi. Keyingi bosqichda kallus hosil qilinadi: ekzplantadan hujayralar ajralib chiqib, hujayra massasi hosil qiladi. Kallusdan kurtak va ildizlar ajralib chiqadi hamda ko‘paytiriladi. Olingan kurtaklar ko‘paytirilib, ko‘chatlar yetishtiriladi. Buning uchun kurtaklarga ildiz chiqarish uchun yaxshi sharoit yaratib berish zarur.In-vitro usulida mevali o`simlik 28 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ko`chatlarini yetishtirish ilmiy asoslangan maxus labaratoriyalarda amalga oshiriladi. Ushbu laboratoriyada o‘simlik yetishtirish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: 1. Genetik jihatdan bir xil o‘simliklarni ekiladi va ko‘paytiriladi; 2. Klonli mikroko‘paytirish orqali bitta o‘simlikni bir necha ming donagacha ko‘paytiriladi; 3. O‘simlikni yuvenil (urug‘dan chiqqan maysadan yoki vegetativ kurtakdan) davridan reproduktiv davriga o‘tishini tezlashtiriladi; 4. Seleksion jarayonni tezlashtirish uchun yaʼni o‘simlik navlarini yangilashda va katta miqdorda ko’paytirish ishlarini amalga oshiriladi; 5. Laboratoriya sharoitida bo‘lgani uchun mavsum tanlamasdan, istalgan faslda o‘simliklarni ko‘paytirish mumkin; 6. Ko‘paytirish koefitsenti judayam yuqori. O‘tchil o‘simliklarda 104-105; ninabargli o‘simliklar uchun -104 gacha ko‘paytirish imkoni bor. 7. O‘stirish jarayonini avtomatlashtirish va o‘simliklar o‘sishi uchun zarur bo‘lgan maydonlarni qisqartirish imkoniyatlari va h.k. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'simliklar ichki tuzulishidan kelib chiqib ularni in- vitro usulida yetishtirish mumkinligini anglatadi. Bu mevachilik soxasida katta yutuqlarga va iqtisodiy jixatdan foyda keltiradi. O'simlik to'qimalarini ko’paytiruvchi jarayonlari va o'simliklarning biologik xilma- xilligini saqlash o`simliklarni nav sofligi bo`yicha muammolari tufayli kelajakdagi ekinlar xavfsizligi uchun juda muhim hisoblanadi. In-vitro usuli o'simliklarning o'sishi va hosildorligi bilan bog'liq bo'lgan turli xususiyatlarni yaxshilashga imkon beradi.

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy yangi bog`larni barpo qilishda mevali o`simliklar ko`chatlarini ko`paytirishni maxsus labaratoriya sharoitlarida ilmiy asoslangan ko`paytirish bog`dorchilik soxasini jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi..»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy yangi bog`larni barpo qilishda mevali o`simliklar ko`chatlarini ko`paytirishni maxsus labaratoriya sharoitlarida ilmiy asoslangan ko`paytirish bog`dorchilik soxasini jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi.. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
labaratoriya, tuproq, idish, ko`chat, tajriba, Urug`, kuzatuv., namlik, yorug`lik, o`simlik, nihol, o`g`itlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники