Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI BAHOLASHGA DOIR TOPSHIRIQLAR TAHLILI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mansurov Nazirjon (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 134-134 · 2026
Аннотация
The article provides an overview of the listening comprehension process, views on assessing students' listening comprehension skills, and their analysis, as well as the content and examples of several questions and tasks for use. Kalit so‘zlar: tinglab tushunish, qobilyat, makro, mikro, lug‘at, diskriminativ tinglash,til aspektlari, intonatsiya, fonologik ong Key words: listening comprehension, ability, macro, micro, vocabulary, discriminative listening, language aspects, intonation, phonological awareness. Tinglab tushunish bu audio matnni keng qamrovli tinglash va audiodagi lug‘at, til ko‘nikmalari, idrok etish va og‘zaki bo‘lmagan belgilarni anglash jarayonidir. Unda uzatilayotgan axborotni tinglash, uni qabul qilib, qayta ishlash va muhokama qilish, dalillash jarayoni kechadi. Bugungi kunda ikkinchi tilni o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar aynan tinglab tushunish jarayonida qiyinchiliklar va noqulayliklarga duch keladi. Bunda asosiy sabab tinglash ko‘nikmasining ona tilida yaxshi shakllanmasligidir. So‘nggi darsliklarda esa ayni shu muammoga yechim sifatida bir nechta topshiriqlar berib o‘tilgan. O‘zi tinglash jarayonida nimalarga ahamiyat beriladi? Tinglash jarayonida 8 ta asosiy qobilyat tekshiriladi: To‘g‘ridan-to‘g‘ri ma'noni tan olish- audio hikoyada aniq korsatilgan faktlar, tafsilotlar yoki savollarga javob bera olish Lug‘atni tushunish- audio hikoya kontekstida qo‘llanilgan so‘zlarning ma'nolari haqida savollar Xulosa qilish- audio hikoyadan xulosa chiqarishni so‘rash, so‘zma-so‘z ma'nolarini izohlash Asosiy g‘oyani aniqlash-o‘quvchilardan audio hikoyaning asosiy g‘oyasini so‘rash Maqsadni aniqlash-o‘quvchilarga audio hikoyaning maqsadini aniqlash uchun savollar berish Xulosa chiqarish- audiodagi axborotni sintez qilish orqali xulosa chiqarishni so‘rash Mulohazalarni tahlil qilish- o‘quvchidan audio hikoyadagi mulohazalarni isbotlovchi dalillarni so‘rash Dalillarni topish- da'volar yoki xulosalarni tasdiqlovchi dalillarni taqdim etadigan bayonotlar yoki tafsilotlarni aniqlash Xususan tinglab tushunish uchun beriladigan topshiriqlar shu 8 ta asosiy qobilyatni tekshirish va baholashga qaratiladi. Quyida topshiriqlar bilan tanishib chiqamiz: Atsteklarni ko‘l tepasida shahar qurishga nima undagan? Bu turdagi savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma'noni tan olish mahoratini baholovchi qobilyatga yo‘naltiriladi. 30 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Ular nega manzilni o‘zgartirishdi? Bunda esa dalillarni topishga qaratilgan qobilyat savollaridir. Audio hikoyadan ko‘zlangan maqsad nima edi? Savoldan anglash mumkinki, maqsadni aniqlashga qaratilgandir Hikoyaning qaysi parchasi quyidagi mulohazani ta'kidlaydi? Mulohazalarni tahlil qilishga qaratilgan savollar sirasiga kiradi. Undan tashqari tinglashni baholashning 2 ta shakli mavjud bo‘lib ular: Fonologik va morfologik elementlarni tan olish- turli fonema va morfemani aniqlash Fonologik ong uchun diktant- eshitilgan tovushlarni so‘z bilan ifodalash Bu shaklda o‘qituvchi o‘quvchilarga biron ertakni oldin bir marta o‘qib beradi, ikkinchi marta o‘qilganida esa o‘quvchilar bo‘sh qoldirilgan joylarni eshitib to‘ldiradi. Natijada ham matnni tinglab tushunadi va dalillar bilan isbotlay oladi. Yoki o‘quvchilarga ketma-ketlikda savollar beriladi: Kecha qayerga bordingiz? Eng ko‘p yoqtirgan mashg‘ulotingiz? Qaysi multifilm qahramoni yoqadi? Yuqoridagi kabi savollar beriladi va o‘quvchilardan eshitgan zahoti yozish talab qilinadi. Diagramma, jadval, grafiklarni eshitgan holda mosiga to‘ldirish Bunda o‘quvchilardan ma'lumotlarni filtrlash va kerakli axborot bilan to‘ldirish talab qilinadi. Olim Braunning fikricha, tinglab tushunishni baholash 2 ta asosiy jihatni o‘z ichiga oladi: til aspektlari (mikro mahorat) mazmunni tushunish (makro mahorat) Mikro mahoratga: tovushlarni farqlash, til qismlarini saqlash, signal so‘zlarni topish Makro mahoratga: butun audio matn mazmuniga e'tibor qilinadi. Diskriminativ tinglash jarayoni ham mavjud bo‘lib unda u birinchi marta juda erta yoshda rivojlanadi. Bu tinglashning eng asosiy shakli bo‘lib, turli xil tovushlarni hosil qiladi. Shu sababli diskriminativ tinglashni tovush manbasiga qaratilgan asosiy tinglash vazifasidir deb hisoblash mumkin. Baholashni yanada mazmunli qilish uchun ushbu baholash uchun parchalar ijodkorlik va haqiqiylik bilan yaratilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Ushbu baholash o‘quvchilarga axborot to‘plash va ularni javoblarida qo‘llash imkonini beradi. Qolaversa, ushbu tinglash jarayonida quyida 7 ta muammolar kuzatilinadi: tinglash tinglash jarayoni turli xil tinglash qobilyatlari turli maqsadlar uchun tinglash analitik tinglash vositalari va usullari tinglab javob berish tinglashni baholash Bu muammolar bartaraf etilsa, tinglash jarayoni shuncha sifatli va qiziqarli o‘tadi. O‘qituvchi bu muammolardan boxabar bo‘lishi zarur. 31 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
Доказательный фрагмент
«The article provides an overview of the listening comprehension process, views on assessing students' listening comprehension skills, and their analysis, as well as the content and examples of several questions and ta…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides an overview of the listening comprehension process, views on assessing students' listening comprehension skills, and their analysis, as well as the content and examples of several questions and ta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- listening comprehension, ability, macro, micro, vocabulary, discriminative, tinglab tushunish, mikro, diskriminativ tinglash, qobilyat, fonologik ong, makro, til aspektlari, lug‘at, intonatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025