Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
JINOYAT PROTSESSIDA MUTAXASSIS ISHTIROKINING AHAMIYATI VA MUTAXASSISNING PROTSESSUAL MAQOMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID AYRIM MULOHAZALAR
AYRIM MULOHAZALAR · Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li · Zokirov Javlon Rustam o’g’li
Наука и инновация · 2026
Аннотация
В статье анализируется институт специалиста в уголовно-процессуальном законодательстве Республики Узбекистан, его содержание и сущность, права и обязанности специалистов и экспертов, уголовно-процессуальное значение их участия. Ключевые слова Cпециалист, эксперт, права и обязанности, экспертиза, заключение, расследование и дознание, специальные познания, доказательства, оформление. Jinoyatlarni tergov qilish ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, tergovni olib boruvchi shaxsdan ilmiy bilimlarning turli sohalari bo‘yicha ko‘p qirrali bilimlarni talab qiladi. Biroq, tergovchilardan bunday bilimga ega bo‘lishni talab qilish mumkin emas. Uzoq vaqt davomida ushbu muammoni hal qilish uchun ekspertlar va mutaxassislarning yordami ishlatilgan. Qonunchilikda mutaxassisning huquqiy maqomi uning xulosasi belgilangan bo‘lsada, ammo bu jinoyatlarni tergov qilishda ekspert va mutaxassisning roli va ushbu sub’ektlarning huquqiy holati o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida savollar tug‘diradi1. Dastavval O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksida ko‘rsatilgan “ekspert” va “mutaxassis” tushunchalaridan boshlash zarur. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual qonunchiligida “ekspert” yoki “mutaxassis” tushunchalari aniq ask etirilmagan, faqat ekspert yoki mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin bo‘lgan shaxslarni belgilash bilan cheklangan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 67-moddasiga muvofiq, “Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin”2. 1 Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69. 2 Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175. 64 ` O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasida ko‘ra “Sud eksperti sifatida davlat sud eksperti, boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin. Boshqa tashkilot xodimi sud ekspertizasini uni tayinlagan organ (shaxs) tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida o‘tkazadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 69-moddasida “Tergov va sud muhokamasini o‘tkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi. Mutaxassis sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar chaqirilishi mumkin”. Shubhasiz, bu tushunchalarning umumiyligi bu shaxslarning “maxsus bilimlar”ga ega ekanligidan dalolat beradi3. Qonunchilik nuqtai nazaridan jinoyat protsessida ekspert va mutaxassisga tegishli bo‘lgan “maxsus bilimlar” tushunchasi fan, texnika, san’at yoki hunarmandchilik sohasidagi tor profilli kasbiy bilim va ko‘nikmalar majmui sifatida belgilanishi mumkin hamda jinoyat ishini tergov qilish va hal qilish doirasida foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasida “maxsus bilim” tushunchasi o‘z ichiga olingan bo‘lib, “maxsus bilimlar – maxsus tayyorgarlikdan o‘tish va (yoki) kasbiy malaka yohud tajriba orqali o‘zlashtiriladigan va sud-ekspertiza tadqiqotlari uslubiyotlarida o‘z aksini topgan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar majmui”ta’rifi berilgan. Ekspert va mutaxassis tomonidan maxsus bilimlarni qo‘llash shakllari sezilarli farqlarga ega. Mutaxassis ulardan foydalanib, tergovchiga tergov va protsessual harakatlarni amalga oshirishda yordam beradi va bunday o‘zaro hamkorlik protsessual shaklda ham, masalan, mutaxassis tergov guruhiga kiritilganda, va noprotsessual shaklda, kiritilmaganda ham amalga oshiriladi, u maslahat ishlarini olib boradi va bunda tergov harakatining bayonnomasida aks ettirilmaydi4. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 70-moddasiga ko‘ra mutaxassis quyidagi huquqlarga ega “Mutaxassis: o‘zining qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; basharti tegishli bilimlarga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortish; o‘zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga oid ish materiallari bilan tanishish; o‘zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga aloqador arz va mulohazalar bildirish; tergov harakatlari va sud muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslarga surishtiruvchining, tergovchining, prokuror va sudning ruxsati bilan savollar berish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadir5. Ekspert o‘z faoliyatini o‘zi uchun mavjud bo‘lgan yagona shaklda – ekspertiza tadqi
Доказательный фрагмент
«В статье анализируется институт специалиста в уголовно-процессуальном законодательстве Республики Узбекистан, его содержание и сущность, права и обязанности специалистов и экспертов, уголовно-процессуальное значение и…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируется институт специалиста в уголовно-процессуальном законодательстве Республики Узбекистан, его содержание и сущность, права и обязанности специалистов и экспертов, уголовно-процессуальное значение и… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cпециалист, эксперт, права и обязанности, экспертиза, заключение, расследование, Mutaxassis, xulosa, ekspertiza, maxsus bilim, dalillar, ekspert, tergov va surishtiruv, huquq va majburiyat, rasmiylashtirish.
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021