К содержанию
РецензированоRU2026

JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAVOBGARLIKKA TORTISH MUDDATINING O'TIB KETGANLIGI SABABLI JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING AYRIM O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI

Jabborov Zokirjon Qodirjanovich · Umarxonov Jahongirxon Sobirxon o’g’li

Наука и технология в современном мире · 2 · 2026

Аннотация

В статье научно анализируются некоторые особенности освобождения от уголовной ответственности в связи с истечением срока давности в уголовном законодательстве Республики Узбекистан, его содержание и сущность, формы реализации. Ключевые слова Преступление, уголовная ответственность, механизм, срок, амнистия, помилование, состав преступления, правовой критерий, психический критерий. Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini hisoblash ishtirokchilar o'rtasida rollar taqsimlanganda qiyinchilik tug'diradi. Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko'ra, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilar ishtirok etadi. Bajaruvchi jinoyatning obyektiv tomonini bajargan vaqtidan boshlab javobgar hisoblanadi1. Tashkilotchi jinoyat qonuniga ko'ra, ekssess bajaruvchini istisno etganda ishtirokchilar tomonidan sodir etilgan barcha jinoyatlar uchun javobgar bo'ladi. Tashkilotchining harakati bir qancha bosqichdan iborat bo'lishi mumkin. Agar tashkilotchi faqat jinoiy guruhni tashkil etish bilan cheklangan bo'lsa, jinoiy maqsadga qaratilgan so'nggi harakati bajarilgunga qadar jinoiy javobgarlikka torish muddati o'tmagan hisoblanadi2. Dalolatchini jinoyat ishtirokchisi sifatida jinoiy javobgarlikka tortish bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilgan vaqtdan hisoblanadi. Dalolatchini jinoiy javobgarlikka tortish muddati, u tomonidan dalolatchilik harakati amalga 1 B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175. 2 . B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175. 88 ` oshirilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Dalolatchining harakati mustaqil xususiyatga ega. Uning jinoiy harakati shaxsni jinoyat sodir etishga og'dirgan vaqtidan boshlab tamom bo'lgan hisoblanadi. Dalolatchiga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortish muddatining qo'llanishi bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilgan vaqtga bog'liq emas. Shuning uchun dalolatchiga nisbatan javobgarlikka tortish muddati, u dalolat qilayotgan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilgan kundan boshlab hisoblanadi. Bu dalolatchi tomonidan qilingan harakatlar shaxsni jinoyat sodir etishga og'dirmagan holda tatbiq etilmaydi. Bunday harakat ishtirokchilikda dalolatchilik bo'lmasdan, balki jinoyatga tayyorgarlik hisoblanadi. Bunda jinoiy javobgarlikka tortish muddati oxirgi jinoiy harakat sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi3. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda yordamchi ham o'z o'rniga ega bo'lib, uning jismoniy yordamchilik qilganida (jinoyat sodir etish uchun qurol yetkazib berish) javobgarlikka tortish muddati oxirgi harakat sodir etilgan vaqtdan hisoblanadi. Intellektual yordamchilik ko'p marotaba maslahatlar, ko'rsat-malar berish, bajaruvchi bilan muloqot qilish kabilardan iborat bo'lib, uning har bir harakati jinoyatni sodir etishda umumiy bog'liqlikni tashkil etadi. Shuning uchun bu jinoiy harakat tugagungacha yordamchilik tamom bo'lgan hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortish muddati oxirgi yordamchilik harakati amalga oshirilgan (maslahat, ko'rgazma berish) vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Shunday qilib, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda javobgarlikka tortish muddatini hisoblash turli usullarda amalga oshiriladi. Ishtirokchilarning bajaruvchi bilan aloqadorligi, ular alohida, ko'p hollarda turli vaqtlarda sodir etiladi. Ularning ijtimoiy xavfliligi, har bir holatga qarab, alohida belgilanadi. Ayni shu asos ishtirokchilardan har birining harakati uchun bajaruvchidan alohida javobgarlikka tortish muddatini hisoblash imkonini beradi. Ishtirokchilikda jinoyat sodir etishda ulardan har birining jinoyat sodir etishdagi roliga qarab alohida-alohida belgilanadi. Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini belgilashda asosiy e'tibor davomli va uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarga nisbatan muddatni hisoblashga qaratilishi lozim4. Uzoqqa cho'zilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishda aynan jinoyatning boshlanish vaqtini jinoiy harakat sodir etilish vaqtidan, jinoyatning tamom bo'lish vaqti esa, aybdorning o'zini jinoyatni tugatishga yoki qaratilgan yoki qilmishning tamom bo'lishiga sabab bo'luvchi holatlarning yuz berishini e'tiborga olish lozim. Ushbu jinoyatning tamom bo'lish vaqtini belgilaydi5. Jinoyat tamom bo'lgan vaqtdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortish muddati o'ta boshlaydi. Jinoiy javobgarlikka tortish muddati uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarda qilmish aybdorning o'ziga bog'liq bo'lgan holatlarga aybdorning o'zi yoki o'ziga bog'liq bo'lmagan boshqa holatlarga ko'ra tamom bo'lish vaqtidan hisoblanadi. 3 Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki

Доказательный фрагмент

«В статье научно анализируются некоторые особенности освобождения от уголовной ответственности в связи с истечением срока давности в уголовном законодательстве Республики Узбекистан, его содержание и сущность, формы ре…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье научно анализируются некоторые особенности освобождения от уголовной ответственности в связи с истечением срока давности в уголовном законодательстве Республики Узбекистан, его содержание и сущность, формы ре… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Преступление, уголовная ответственность, механизм, срок, амнистия, jinoyat tarkibi, huquqiy mezon, muddat, mexanizm, avf, Jinoyat, aqliy mezon., jinoiy javobgarlik, amnistiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники