К содержанию
РецензированоEN2026

IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTR – AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASINI TA'MINLASHDA SAMARALI VOSITA SIFATIDA

Nuralimova Gulsinoy Baxtiyorovna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

This article explores the essence and importance of the "Unified Social Protection Registry" system implemented in the Republic of Uzbekistan. It analyzes its key functions and evaluates its role in ensuring social justice and the transparency of aid distribution to vulnerable population groups. The study highlights how digitalization contributes to the modernization of social support mechanisms. Keywords: social protection, unified registry, vulnerable population, digitalization, justice, state support. Har qanday davlatning barqaror rivojlanishi va ijtimoiy adolat tamoyillarining qaror topishi, avvalo, aholi qatlamlarining ijtimoiy himoyasi bilan chambarchas bog‘liq. Shu jihatdan olib qaraganda, aholining ehtiyojmand va ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarini aniqlash, ularga tizimli va shaffof yordam ko‘rsatish – zamonaviy boshqaruvning muhim vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi bu borada tub islohotlarni amalga oshirmoqda. Ayniqsa, oxirgi yillarda joriy etilgan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" (IHYR) tizimi ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini raqamlashtirish, adolatli va samarali tartibga solish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur maqolada ushbu reyestrning maqsadi, funksiyalari, afzalliklari hamda amaliy natijalari haqida fikr yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.11.2023 yildagi 596-son “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilindi.1 Kambag’allikni kamaytirish va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida kam 1 https://lex.uz/docs/-6663873 124 ` ta’minlangan oilalarni aniqlashning yagona mezoni joriy etilib, eng kam iste’mol xarajatlari qiymatini aniqlash metodologiyasi tasdiqlandi. Ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun kam ta’minlangan oilalar darajasini aniqlash mezonlari soddalashtirildi. Buning natijasida “Yagona reyestr” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalarni avtomatik tarzda tayinlash tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Yagona reystrning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:  Aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlash.  Davlat yordamlariga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash.  Ijtimoiy yordam va subsidiya tizimining adolatli ishlashini ta'minlash.  Resurslarni maqsadli yo‘naltirish. Shu bilan bir qatorda tizimning afzalliklari:  Raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasi tufayli inson omili va korrupsiya xavfi kamayadi.  Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar aniq manzilli bo‘ladi. Tahliliy imkoniyatlar asosida siyosiy qarorlar qabul qilish osonlashadi Ijtimoiy tenglikni ta’minlash va aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlashda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yondashuv zarurdir. Shu maqsadda joriy etilgan Ijtimoiy reestr tizimi – O‘zbekistonda aholining ijtimoiy holatini tartibga solish va yordam ko‘rsatishni optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2024-yil 1 apreldan boshlab «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berish huquqi berildi. . “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladi. davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish;  maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash;  umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etish;  umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish;  ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;  san’at maktablari, musiqa maktablari, «Barkamol avlod» markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish;  kam ta’minlangan oilalarning nogironligi bo‘lgan a’zolarini protez — ortopediya moslamalari bilan ta’minlash;  ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish.2 Xulosa qilib aytganda, Ijtimoiy himoya yagona reyestri tizimi O‘zbekistonda ijtimoiy adolatni qaror toptirish, yordamga muhtoj aholini aniqlash va ularga tezkor, shaffof yordam ko‘rsatishning samarali vositasiga aylanmoqda. Bu tizim orqali ehtiyojmand oilalarni aniqlashda inson omilidan mustaqillik, korrupsiya va tanish-bilishchilikka barham berish imkoniyati yuzaga kelmoqda. Eng asosiysi, yordam haqiqatda muhtoj bo‘lganlarga yetib borishi 2 https://advice.uz/oz/document/2279 125 ` ta'minlanmoqda. Kelgusida ushbu tizimni

Доказательный фрагмент

«This article explores the essence and importance of the "Unified Social Protection Registry" system implemented in the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the essence and importance of the "Unified Social Protection Registry" system implemented in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social protection, unified registry, vulnerable population, digitalization, raqamlashtirish, davlat yordami, yagona reyestr, ijtimoiy himoya, adolat, ehtiyojmand aholi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5