К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘TKIR HOSHIMOV HIKOYALARIDA XALQ MAQOLLARINING AKS ETISHI

Urazbayev Muratbay Amanbayevich

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimov hikoyalarida uchraydigan xalq maqollari, iboralar, urf-odatlar borasida atroflicha mulohaza yuritiladi. Kalit so‘zlar: Xalq og‘zaki ijodi, hikoyachilik, maqol, ibora. XX asr o‘zbek adabiyotining aksariyat yozuvchilari ijodida xalq og‘zaki ijodi namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Shu jumladan, O‘tkir Hoshimov ham bundan mustasno emas. U shu kunga qadar qirqdan ortiq qissa, hikoya va romanlarni yaratdi. Adib o‘z asarlarida asosan, xalq og‘zaki ijodidan ham unumli va o‘rinli foydalana olgan. Shuningdek, folklordan foydalanish orqali xalq hayotini, orzu-istaklarini, tuyg‘u-ehtiroslarini, shodlik-alamlarini, mehri va qahrini, boy va go‘zal ma’naviy olamini ochib bera olgan. Folklordagi milliy va xalqchil bo‘yoqlar, maishiy detallar bilan o‘z asarlarini boyitgan. O‘tkir Hoshimov o‘zining har bir asarida folklorning u yoki bu namunasini qo‘llaganligini ko‘ramiz. Masalan, maqol, qo‘shiq, iboralar, afsona va rivoyatlar, ertaklar, marsiyalar. Ushbu janrlar folklorning katta ahamiyatga ega bo‘lgan janrlari hisoblanib, adib o‘z hikoyalarida bu kabi folklor janrlaridan unumli foydalana olgan. Uning bir qator hikoyalari mazmuniga folklor janrlarining uyg‘unlashib ketganini kuzatish mumkin. Darvoqe, o‘zbek folklorining ayni kunlarda eng ko‘p va faol ishlatiladigan ommaviy janrlari bu shubhasiz xalq maqollari va iboralaridir. O‘zbek xalqi bisotida variantlari bilan 30 mingga yaqin maqol bo‘lib, ular g‘oyaviy hamda mavzu jihatdan boy va rang-barangdir. O‘tkir Hoshimov bir qator hikoyalarida maqol va iboralarni mahorat bilan qo‘llagan. Bu orqali u xalqning asriy tajribalari, pand-nasihatlarini o‘zida ifodalagan qimmatli asarlarini yaratdi. Adib o‘z hikoyalarida vatanparvarlik, mardlik, qahramonlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, vafodorlik, ilm-hunar o‘rganish kabi olijanob fazilatlarni ulug‘lagan. Shunday fazilatga ega bo‘lgan qahramonlarni dunyoga kelishida bor mahoratini ishga solgan. Bundan tashqari hikoyalarda keltirilgan maqol va iboralarda qo‘rqoqlik, nodonlik, yomonlik, egrilik, umidsizlik, yolg‘onchilik yalqovlik, ochko‘zlik, ta’magirlik kabi illatlarni qoralagan. Ma’lumki, maqol - ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari, ijobiy fazilatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ular asrlar davomida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqol hajmi qisqa bo‘lib, keng ma’noni ifodalovchi xususiyatga ega. Ular ko‘pincha tarixiy voqealar, hodisalar ta’sirida yuzaga keladi va xalq hayotining turli tomonlarini o‘zida ixcham shaklda ifodalaydi. Yozuvchi bir necha hikoyalarida ham ana shu mavzuda qalam tebratdi. Unda xalq og‘zaki ijodi namularidan maqol va iboralarni asar qahramonlari xarakteriga mos tarzda keltirib, asarning qiziqarli chiqishiga erishdi. Masalan, “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasini olaylik. Ushbu hikoyada urushning og‘ir yillari yashash qiyin bo‘lgan davr tasviri berilgan. Asarda Shoikrom, uning oilasi, onasi Umri xola, sil kasalidan qiynalib yotgan ukasi Shone’mat hayoti tasvirlangan. O‘sha mash’um ikkinchi jahon urushi butun dunyo bo‘ylab o‘z ofat urug‘ini sochishga ulgurgan. Buning oqibatida qanchadan-qancha oilalar boshpanasiz, otasi, akasi yoki ukasidan ayrilgan, 132 ` shuningdek, qahatchilik zamoni kelgan edi. Mazkur hikoyada Shoikrom obrazi orqali yo‘qchilikning bir ko‘rinishini o‘zi foydalangan maqol va iboralar orqali gavdalantirgan. “Kambag‘alning ekkani unmaydi”,[3.658] - maqoli orqali qahatchilikning yuzaga qalqib chiqqan ko‘rinishi ifodalangan. Shoikrom ma’lum bir sababga ko‘ra urushga borolmay qolgan edi. Uylanganidan bir yil utib urush boshlangan, uch kizning otasi. Kundan-kunga ahvol og‘irlashib borar, “yomon”lar ko‘paygani sababli bittayu-bitta sog‘in sigirlarini o‘g‘irlatib yuborishgan. Aksiga olib ukasi Shone’mat sil kasali bilan og‘rigani tufayli uch oydan buyon shiftga tikilib yotardi. Adib mazkur hikoyasi orqali sovuq urush soya solgan o‘tmish kunlarini tasvirlab berishda maqol va iboralarni o‘rinli qo‘llashga harakat qilgan. Urush tufayli hayot og‘irlashishini “Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday”, [3.660] degan iborani keltirish bilan og‘ir hayot ta’sirida yomonlar ko‘payishiga ishora qilgan. Umri xola o‘lganidan keyin Shone’mat bir qanotidan ayrilganini “Sut ichmay zahar ichsam bo‘lmasmidi”, [3.664] -iborasi bilan o‘z ichki kechinmalarini bildirgan. Sovuq urush hammaga birday ko‘lanka tashlagani, Umri xola esa shu urushning so‘nggi qurboni bo‘lgani hikoyada o‘z aksini topgan. Bu hikoyasida adib folklorning qadimiy janrlaridan bo‘lgan maqol va iboralardan foydalanib, ijtimoiy va ma’naviy hayotning ba’zi ko‘rinishlarini ochib berishga harakat qila bilgan. O‘tkir Hoshimov boshqa bir qator hikoyalarida ham xalq maqollarini keltiradi. Masalan, “Quyosh tarozisi” hikoyasida asar qahramoni Murodjonning Nasibaga aytgan quyidagi gapida “Yigit kishiga qirq hunar ham oz”, - degan xalq maqolini qo‘llash orqali asardagi qahramonning o‘z turmush o‘rtog‘i baxti uchun har qanday og‘ir

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimov hikoyalarida uchraydigan xalq maqollari, iboralar, urf-odatlar borasida atroflicha mulohaza yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimov hikoyalarida uchraydigan xalq maqollari, iboralar, urf-odatlar borasida atroflicha mulohaza yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maqol, Xalq og‘zaki ijodi, hikoyachilik, ibora.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5