Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA SOGʻLOM TURMUSH TARZINI TASHKIL ETISH
TASHKIL ETISH · Mamatova Gulnoza Murotjonovna
Наука и технология в современном мире · 05 · 2026
Аннотация
ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim muassasasi, maktabgacha ta’lim, rivojlanish, ta’lim, bilim, koʻnikma, malaka, gigiena, sogʻlom turmush tarzi. Rivojlanib borayotgan mamlakatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi, sogʼlom turmush tarzi madaniyatiga egaligi oʼta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Millat salomatligini taʼminlash, xalq genofondini bekamu-koʼst saqlash sogʼlom turmush tarzi tufayligina yetarlicha ijobiy tarzda hal etiladi. Bu esa, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari; oila, oʼquv-tarbiya maskanlari, mahalla hamda mustaqil taʼlim oldiga jamiyatimiz fuqarolariga sogʼlom turmush tarzi mazmuni va mohiyatini anglatish, yoshlarni sergak va bilimdon, barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasini koʼndalang qilib qoʼyadi. Sogʼlom turmush tarzi (STT) - bu faol mehnat, ijod ogʼushida yashash, kuchli jismoniy va ruhiy yuklamalarni, oʼta xavfli va zararli taʼsir koʼrsatuvchi omillarni yengil koʼtara oladigan har tomonlama taraqqiy etgan shaxsning shakllanish jarayonidir. Ta’limning poydevori boʻlgan maktabgacha ta’limda xam sogʻlom turmush tarzini shakllantirish muammolariga soʼngi paytlarda katta eʼtibor berilmoqda. Bu masalaning ijtimoiy-ruhiy, tibbiy-gigienik, iqtisodiy, shaxsning oʼziga aloqador motivatsion tomonlari tadqiq etilmoqda. Biroq, sogʼlom turmush tarzining metodologik muammolari va ijtimoiy- gigienik mezonlari ayrim mintaqalarning oʼziga xos tomonlari, iqlimiy-geografik sharoitlari, aholi turmush madaniyatining etnik xususiyatlari yetarlicha oʼrganilgan emas. STT ni shakllantirishning milliy kontseptsiyasi namunaviy modeli respublika aholisi oʼrtasida STT shakllantirish jarayonini maʼlum bir tartibda va ilmiy asosda olib borishni imkon yaratadi, uning samaradorligini oshiradi.Shu bilan birga STT namunaviy modeli – odamlar oʼrtasida sogʼlom munosabatlarni hamda namunaviy hulqni shakllantirish jarayonini tartibga solib boradi va tezlashtiradi. Odamlar jamiyatda oʼzlarining mavjud yashash tarzlarini, gigienik xulqlarini, shuningdek tibbiy madaniyligi va faolliklarini namunaviy etap bilan qiyoslab koʼrish va unga tegishli oʼzgartirishlar kiritib borish imkoniyatiga ega boʼladi. Maktabgacha ta’lim na aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish jarayonida motivatsiya omilining oʼrnini baholashda har bir tarbiyalanuvchi va shaxsda uning kundalik hayot faoliyatini taxlil qilish uchun zarur boʼlgan uchta asosiy elementning mavjudligiga eʼtiborni qaratish lozim. Jumladan har bir shaxsda: · sogʼlom turmush tarzi haqidagi boshlangʻich bilimlarni oila va tashkilot bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarda tarkib toptirish; · sogʼlom turmush tarzida yashashning insonni sogʼlom qilishga va umrini uzaytirishi mumkinligiga qatʼiy ishonchning boʼlishi; · sogʼlom turmush tarzida yashash uchun astoydil harakatning mavjud boʼlishi kabilar kiradi. 150 ` Nazariy jahatdan olib qaralganda kundalik hayotda bu uchburchak turlicha variantlarda shakllangan boʼlishi mumkin. Har bir shaxsning oʼz salomatligini mustahkamlashga boʼlgan ichki ehtiyoji uning bu yoʼldagi amaliy harakatini belgilaydi. Shunga koʼra barcha omillarni: · gigienik jihatdan toʼgʼri va asoslangan turmush tarzida, yaʼni sogʼlom turmush tarzida yashovchilarga; tibbiy gigienik jihatdan asoslanmagan, yaʼni nosogʼlom turmush tarzida yashovchilarga ajratish mumkin. Maktabgacha ta’limda sogʼlom turmush tarzi mafkurasi – inson salomatligining qonunyatlari va bilimlari majmui emas, balki, inson salomatligini mustaxkamlashga boʼlgan qarashlar tizimidan iboratdir. Sogʼlom turmush tarzini oʼlchashda ishlatilishi mumkin boʼlgan bunday meʼzonlar qatoriga shaxsning: · jamoatchilik va mehnat jarayonlarida faollik koʼrsatib, samarali ijodiy faoliyat bilan mashgʼul boʼlishi; · oilada va kundalik turmushda namunali yashashi; · oʼzidagi jismoniy va maʼnaviy qobilyatlarni roʼyobga chiqarishga intilishi; · tabiiy va ijtimoiy muhit bilan mutanosiblikda yashashi; · sogʼlom va barkamol inson boʼlib shakllanish uchun oʼz shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishga intilishi; · nosogʼlom turmush tarziga xos zararli odatlarning quliga aylanib qolishdan va oʼz umrini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tushib qolishdan asrashga intilib yashashi; · faqat uzoq yashayotgani uchungina emas, balki hayotda toʼgʼri yashayotganidan ham qoniqishi hosil qilib, zavqlanib yashashi intilishi; · sogʼlom turmush tarzini oʼzi uchun bir umrga hamroh qilib olishi kabi qimmatli sifat va xususyatlarini kiritish mumkin. Har bir inson oʼz tana aʼzolarining zahiraviy imkoniyatlarini oshirish uchun, ularni muntazam ravishda chiniqtirib borishi lozim. Salomatlik zahiralarini yaratish uchun sogʼlom turmush tarzining quyidagi qoidalariga amal qilish tavsiya etiladi: · muntazam ravishda jismoniy tarbiya va jismoniy mehnat bilan shugʼullanish. Xaftada organizmga kamida 6 soat jismoniy yuklama berish; · meʼyoriy aqliy va jismoniy
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rivojlanish, sogʻlom turmush tarzi., ta’lim, bilim, maktabgacha ta’lim muassasasi, maktabgacha ta’lim, malaka, gigiena, koʻnikma
Смежные источники
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Applied sciencesBasis Of Trend Models, Anvar Norimovich Rakhimov +22021