Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
MAKTABGACHA TA’LIMDA OMMAVIY SPORTNI TARGʻIB ETISHNING AHAMIYATI
Holmatova Nigora Abduhalimovna
Наука и технология в современном мире · 05 · 2026
Аннотация
ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini va ommaviy sportni targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, sport, jismoniy madaniyat, rivojlanish, chiniqish, koʻnikma, malaka. Bugungi kunda xam maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni targʻib qilinishi asosiy davlatning siyosiy darajadagi jarayonlariga aylanib bormoqda.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oldimizga mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ydilar. Jismoniy tarbiya va sportga qiziqish, e’tibor qaratish, sportning biror bir turi bilan shug‘ullanish mantiqan fikrlash, xotira va diqqatni charxlaydi, bo‘g‘imlarning harakatchanligi yaxshilanib, kuch, tezlik, chidamlilik va qobiliyatni tarbiyalaydi. Bundan tashqari, yuqori yelka kamari, oyoq-qo‘llar mushaklari ishi faollashib, organizmning hamma a’zolari va tizimlari ishi rag‘batlantiriladi.Insonga ana shunday bebaho imkoniyatlarni beradigan sportga bolalarni qiziqtirish, ularni sport bilan mashg‘ul qilish, avvalambor, oiladan boshlansa, maqsadga muvofiqdir. Darhaqiqat, oilada ota-onalar o‘zlari jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanib, oilada chiniqtirish ishlarini tashkil etib va ertalab bajariladigan jismoniy daqiqalarni zaruriy va odatiy mashgulotga aylantirsalar, farzandlariga o‘zlari shaxsiy namuna bo‘lgan holda eng to‘g‘ri tarbiyani bera boshlagan bo‘ladilar. Vaholanki, qush uyasida ko‘rganini qiladi, deb bejizga aytilmagan. Ibtidoiy davrdan boshlab jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli o‘yinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga o‘xshagan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud bo‘lgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan o’q otish, yakkama-yakka kurash mahoratga o‘rgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uyg‘onish davrida jismoniy tarbiyaga e’tibor yanada kuchaydi. Badantarbiyaga o‘rta asrlarda oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida qarala boshlandi. Chunki ommaviy sportni rivojlantirishning negizi oilada bajariladigan, hech qanday mablag‘ talab etilmaydigan yoki ortiqcha muammolar keltirib chiqarmaydigan oddiy ertalabki badantarbiyaning o‘zginasidir. Jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish faqatgina instruktor yoki trener rahbarligida, uning ko‘rsatmalari asosida emas,balki har bir inson o‘zining fiziologik imkoniyatlaridan kelib chiqib, ongli ravishda amalga oshirishi zarur. Bu narsa insonning ham jismoniy, ham tibbiy ham estetik 154 ` madaniyati saviyasini belgilaydigan mezondir. Zero, jismoniy tarbiya va sport – tengsiz go‘zallik va bebaho boylik hisoblangan salomatlikning garovi ekanigini farzandlarimiz ongiga bolalikdan singdirsakkina ezgu maqsadimizga erishgan bo‘lamiz. Maktabgacha ta’limda xam mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, O‘zbekistonda sport bilan shug‘ullanish ommaviy tus olmoqda. Sog‘lom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin ko‘payib borayotgani ham fikrimiz dalili. Prezidentimizning 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni esa bu boradagi harakatlarimizga yangi ruh bag‘ishladi. Qish bo‘lishiga qaramay, erta tongdan xiyobonu ko‘chalarda yugurib, chiniqayotgan odamlarni ko‘p uchratyapmiz. Bugun harbiylashtirilgan tizim xodimlari o‘rtasida ham sport bilan muntazam shug‘ullanish avj olgan. Turli sport musobaqalari o‘tkazish ommalashmoqda. Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani keyingi yillarda ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishga keng yo‘l ochmoqda. Sport (ing. sport – o‘yin) jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarning turli majmualari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va o‘tkazish tizimidir. Ibn Sino “Tib qonunlari” asarining birinchi kitobida jismoniy mashg‘ulotni kishining yoshiga, sog‘-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va usullarda o‘tkazish kerakligini ta’kidlaydi. Ibn Sino jismoniy tarbiya to‘g‘risida fikr yuritar ekan, uni tashkil etishda kishilarning turli yoshi va jinsini ham hisobga olish kerakligiga alohida e’tibor qaratadi. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sport
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini va ommaviy sportni targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini va ommaviy sportni targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chiniqish, rivojlanish, maktabgacha ta’lim, jismoniy madaniyat, sport, koʻnikma, malaka.
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025