К содержанию
РецензированоEN2026

KOREYA MAMLAKATSHUNOSLIGIGA OID O'QUV MATERIALLARINI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI ASOSIDA IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH

Erkinov Ahrorbek · Tel: · E-mail:erkinov@namdci.uz (tillar instituti stajiyor o'qituvchisi)

Наука и технология в современном мире · 45-67 · 2026

Аннотация

This article explores the technology of developing educational materials on Korean studies for the development of socio-cultural competence of students in the process of teaching the Korean language. In the modern education system, teaching a foreign language should cover not only linguistic skills, but also the process of forming socio-cultural competence through the development of the culture, history, traditions and values of the studied country. In the course of the research, the principles, methods and stages of developing educational materials on Korean studies were studied and their effectiveness in developing the socio- cultural competence of students was analyzed. The results prove that educational materials on Korean studies have a great influence on the development of students not only language skills, but also the ability to understand Korean culture, national values and worldview. Keywords: socio-cultural competence, Korean language teaching methodology, Korean studies, educational materials, technology, intercultural communication, language teaching. Kirish. Globallashuv sharoitida chet tillarini o'qitish jarayoni tobora murakkab va ko'p qirrali jarayonga aylanmoqda. Bugungi kunda chet tili o'qitishning zamonaviy tendensiyalari shuni ko'rsatadiki, faqat lingvistik bilimlarni o'rgatish orqali talabalarni til egasi bo'lgan jamiyatda samarali muloqot qilishga tayyorlash mumkin emas. O'qitish jarayoni o'rganilayotgan til madaniyati, tarixi, urf-odatlari va qadriyatlarini o'zlashtirish orqali ijtimoiy- madaniy kompetensiyani shakllantirish jarayonini ham qamrab olishi kerak. Koreya mamlakatshunosligiga oid o'quv materiallarini ishlab chiqish texnologiyasi talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu texnologiya nafaqat koreys tili o'qitish metodikasi bilan bog'liq, balki madaniyatshunoslik, etnopsixologiya, sotsiolingvistika va pedagogik texnologiyalar kabi fanlararo yondashuvni ham talab qiladi. O'zbekistonda Koreya Respublikasi bilan diplomatik, madaniy va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi natijasida koreys tiliga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Bu esa o'z navbatida koreys tili o'qitish metodikasini takomillashtirish va unda ijtimoiy-madaniy kompetensiyani shakllantirish masalasini dolzarb qiladi. Adabiyotlar tahlili va metodlar. Ijtimoiy-madaniy kompetensiya va uning chet tili o'qitish jarayonidagi o'rni xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqotlarda keng o'rganilgan. Van Ek ijtimoiy-madaniy kompetensiyani "o'rganilayotgan til mamlakatining ijtimoiy-madaniy kontekstini bilish va tushunish" deb ta'riflagan [1]. Byram esa ijtimoiy-madaniy kompetensiyani "boshqa madaniyat vakillari bilan samarali muloqot qilish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va munosabatlar yig'indisi" deb hisoblaydi [2]. Koreys tili o'qitishda ijtimoiy- madaniy kompetensiyani shakllantirish masalalari koreys va o'zbek olimlari tomonidan ham tadqiq etilgan. Jumladan, Kim Jeong Hyang koreys tili o'qitishda mamlakatshunoslik materiallaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqqan [3]. Pak Kyung-Ja koreys mamlakatshunoslik materiallarining lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etgan [4]. O'zbek tadqiqotchilaridan Nurmatov S.S. [5] va Kasimova Z.F. [6] o'z ilmiy ishlarida koreys tili o'qitishda madaniyat omilini o'rganishga e'tibor qaratganlar. Ilmiy tadqiqotlar va koreys tili o'qitish amaliyoti asosida Koreya mamlakatshunosligiga oid o'quv materiallarni umumiy jihatdan tahlil qilganda, ularning barcha turlarini keng 9 ` qamrovli tarzda tasniflash mumkin. Ushbu materiallar o'zining mohiyati va maqsadiga ko'ra bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, talabalarning koreys madaniyati va jamiyati haqidagi bilimlarini to'liq shakllantirish uchun xizmat qiladi. Koreya mamlakatshunosligiga oid o'quv materiallarining asosiy xususiyati shundaki, ular nafaqat til o'rganish jarayonini qo'llab- quvvatlaydi, balki talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Bu materiallar orqali talabalar Koreyaning boy tarixiy merosi, milliy an'analari, urf-odatlari, zamonaviy ijtimoiy hayoti, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanishi, madaniy yutuqlari va xalqaro arenada tutgan o'rni haqida har tomonlama ma'lumot oladi. Mamlakatshunoslik materiallarining muhim jihati shundaki, ular koreys tilining real kommunikativ muhitda qo'llanishi bilan chambarchas bog'liq. Talabalar bu materiallar orqali nafaqat til ko'nikmalarini o'zlashtirishadi, balki koreys jamiyatidagi ijtimoiy munosabatlar, madaniy normalar, etiket qoidalari va fikrlash tarzini ham o'rganadilar. Bu esa madaniyatlararo muloqot uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantiradi. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari va multimedia vositalarining rivojlanishi bilan Koreya mamlakatshunosligiga oid o'quv materiallari yanada boyib bormoqda. Video darslar, virtual sayohatlar, interaktiv topshiriqlar, onlayn resurslar va raqamli platformalar orqali talabalar Koreya haqida yanada jonli va qiziqarli tarzda bilim olish imko

Доказательный фрагмент

«This article explores the technology of developing educational materials on Korean studies for the development of socio-cultural competence of students in the process of teaching the Korean language.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the technology of developing educational materials on Korean studies for the development of socio-cultural competence of students in the process of teaching the Korean language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
socio-cultural competence, Korean language teaching methodology, Korean, o'quv materiallari, koreys tili o'qitish metodikasi, til o'qitish., texnologiya, ijtimoiy-madaniy kompetensiya, Koreya mamlakatshunosligi, madaniyatlararo muloqot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники