Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Egamberdiyev Farxod Tuxtayevich · Islomova Ruxshona
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali (go‘daklik davrida) vizual – obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib turadi. Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali (go‘daklik davrida) vizual – obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib turadi. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta'lim, bog'cha yoshi, ontogenez, o'yin faoliyati, psixologik rivojlantirish, tarbiya, yosh xususiyatlari, Kirish. Maktabgacha ta’lim - bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi. Maktabgacha yoshdagi davr o'z ichiga 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada o'yin, mashg'ulot jarayonida, tarbiya ta'siri bilan tasavvur boyligi ancha kengayadi, tafakkur o'sadi, yangi ehtiyoj paydo bo'ladi, faollik ortadi. Bola o'yinda va mehnatda boshqalarning harakatlariga ko'pincha tahdid qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, ba'zi vazifalarni o'zi ham mustaqil qiladigan bo'lib qoladi. Shu sababli, bu yoshdagi bolalarda xayol faoliyati ham kengroq va mazmunliroq bo'lib qoladi. Asosiy qism. Ontogenezda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davr bog'cha yoshi davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez o'zgarishlari bo'lishini inobatga olgan holda 3 davrga bo'linadi: Kichik maktabgacha davr - 3-4 yosh O'rta maktabgacha davr - 4-5 yosh Katta maktabgacha davr- 6-7 yosh Bog'cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3-7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi: - predmetlarni o'rganishi; - individual predmetli o'yinlar, jamoa syujetli - rolli o'yinlar; - individual o'yinlari; - muloqot o'yinlari; - uy mehnati. 14 ` Uch yoshli bolalarga to'g'ri tarbiya berish, ta'sir o'tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo'naltirish orqali ularda mustaqil holda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o'z o'rnini yig'ishtirish ko'nikmalarni tarkib toptirishga, ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini shakllantirishga erishish mumkin. N. M. Shchelovanov, D. B. Elkonin va boshqalar mazkur yosh xususiyatlarini quyidagicha tadqiq qilgan: bolaning uch yoshgacha o'sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan ancha o'zgartirib yuboradi. Shunga qaramay, bolaning o'sishiga kattalarning ta'siri, roli yetakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o'sib borishi mustaqilroq bo'lishini ta'minlaydi. Ammo maktabgacha yoshdagi mustaqillik ko'pincha bolaning amaliy faoliyotda uncha kuchli bo'lmagan shaxsiy imkoniyati doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishida, nisbatan oz uchrasa-da, tobelikdan qutilish tuyg'usida ro'yobga chiqadi. Bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish jarayonini to'g'ri tashkil qilish orqali syujetlarining ko'lamini rejali kengaytirish mumkin. Ontogenez psixologiyasi fanida qat'iy ifodalanganidek, bola bog'chaga kelganda uning o'yin syujeti faqat oilaviy turmushdagi voqealarni aks ettirsa, sayrlarga olib borish, tabiatni kuzatish natijasida o'yinning turlari ko'payib boradi. Bog'cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o'sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolani biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan murakkab psixik hodisa desa bo'ladi. Bola o'yin faoliyatida maktab ta'limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning o'yin faoliyati negizida va mazmunini ular o'z zimmasiga olgan rolning mohiyatidan kelib chiqib o'yinning barcha qoidalarga rioya qilish tashkil etadi. Tengqurlar orasidagi bahs va tortishuvlar o'yin qoidalari va talablari qanchalik to'g'ri bajarilayotgani haqida bo'ladi. 3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo'lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o'rganadilar. Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida o'yin yetakchi faoliyat bo'ladi. Bu davr nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola va kattalar orasidagi yangi munosabatlar, kattalar obrazi bolaning xatti-harakatlarini ma'lum tomonga yo'llaydi, bu esa bola shaxsi rivojlanishida barcha yangi psixologik tuzilmalarning paydo bo'lishida asos hisoblanadi. Xulosa. Maktab
Доказательный фрагмент
«Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, yosh xususiyatlari, o'yin faoliyati, Maktabgacha ta'lim, ontogenez, psixologik rivojlantirish, bog'cha yoshi
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021