К содержанию
РецензированоUZ2026

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI ISHLAB CHIQISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Bobur Muqumov (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 24 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish hamda tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) institutini joriy etishning dolzarb jihatlari yoritiladi. Muallif tomonidan TSBning huquqiy aniqlikni ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga bo‘lgan ortiqcha yuklamalarni kamaytirish va davlat boshqaruvida ochiqlikni mustahkamlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba asosida TSTB mexanizmlarining milliy qonunchilik normalariga moslashtirilgan shakllari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Tartibga solish ta’sirini baholash, normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy aniqlik, tadbirkorlik muhiti, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy monitoring, institutsional islohot, ochiq boshqaruv, xalqaro tajriba. Insoning huquq va erkinliklarining kafolatlarini yanada kuchaytirishda normativ- huquqiy hujjatlar salmoqli o‘rin egallaydi. Bunda, normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi, ularning huquqni qo‘llash amaliyotida to‘g‘ri talqin qilinishi va noaniqliklarni keltirib chiqarmasligi muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayodgan normativ-huquqiy hujjatlarning (NHH) oqibatlarini chuqur dastlabki tahlil qilish asosida "aqlli tartibga solish" ning innovatsion yondashuvlari joriy etilmoqda. Jamiyat va xususiy sektor vakillarining qonun ijodkorligi jarayonida keng va institutsional jihatdan mustahkam ishtirokini ta'minlash ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib, bu yanada muvozanatli va ijtimoiy yo'naltirilgan huquqiy hujjatlarni qabul qilishga yordam bermoqda. Bu borada normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqishda ushbu hujjat normalari fuqarolarning huquq va erkinliklarini, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, xususiy mulkni himoyasini kafolatlashda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash instituti muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqni qo'llash amaliyoti tahlili ayrim davlat organlari NHH loyihalarini ishlab chiqishda ularning potentsial huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini har tomonlama oldindan tahlil qilmasdan, shuningdek, ularni amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ma'muriy va moddiy resurslarini to'g'ri hisobga olmasdan qabul qilinadigan holatlar mavjudligini ko'rsatadi. Natijada, tegishli hujjatlarda belgilangan maqsadlarga to'liq erishilmaslik holatlari, bu esa qabul qilingan qarorlarni keyinchalik qayta ko'rib chiqish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda, tartibga solish taʼsirini baholash instituti normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish samaradorligini oshirishning muhim vositasiga aylanmoqda. Ushbu institut ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga 129 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo kelishi mumkin bo‘lgan byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi uchun ushbu institut nisbatan yangi hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi tashabbusi bilan ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekistonda tartibga solish taʼsirini baholash tizimini joriy etish imkoniyatini o‘rganish jarayoni boshlangan. Bunda, 2006-yilga kelib respublikada tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yaratishga qaratilgan tayyorgarlik boshlangan. Mamlakatimizda tartibga solish taʼsirini baholash tizimi ishlab chiqilayotgan qonun hujjatlari loyihalarining hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholashga qaratilgan bo‘lib, uning obyekti sifatida qo‘yidagilarni nazarda tutuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari hisoblanadi: - tadbirkorlik subyektlariga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib- taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini tadbirkorlik subyektlarining yana-da kengroq doirasiga tatbiq qilish; - ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qo‘shimcha talablar va shartlarni joriy etish; - tadbirkorlik subyektlari tomonidan ancha xarajatlar qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan talablar (shartlar)ni joriy etish; - tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirish; - tegishli sohadagi tadbirkorlik subyektlarining 30 va undan ortiq foizining huquq va qonuniy manfaatlariga taʼsir ko‘rsatish; - tadbirkorlik subyektlarining belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki qo‘shimcha majburiyatlar joriy qilishni; - tadbirkorlik subyektlari uchun yangi turdagi javobgarlik choralarini joriy qilish; - tadbirkorlik subyektlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar va boshqa turdagi imtiyoz, kafolat va preferensiyalarni belgilashni, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yangi huquqlar berishni nazarda tu

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish hamda tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) institutini joriy etishning dolzarb jihatlari yoritil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish hamda tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) institutini joriy etishning dolzarb jihatlari yoritil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tadbirkorlik muhiti, huquqiy monitoring, huquqni qo‘llash amaliyoti, institutsional islohot, xalqaro tajriba., ochiq boshqaruv, Tartibga solish ta’sirini baholash, normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy aniqlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники