К содержанию
РецензированоUZ2026

PEDAGOG –KADRLARNING MALAKA MAHORATINI DOIMIY OSHIRISHNI YO’LGA QO’YISH BUGUNGI KUN TALABI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abduraxmonov Xudoynazar Abdirayimovich (in-academy.uz/index.php/yo) · Abdurakhmanov Khudoynazar Abdiraimovich (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o’qituvchilarning kasb mahoratini uzluksiz ravishda oshirib borishning dolzarbligi, ularning malaka mahorat darajasini belgilash va oshirib borish borasida mavjud imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi innavatsion texnologiyalar, ta’lim oluvchilarning real hayotdagi ehtiyojlaridan kelib chiqib o’qitish, ob’yektiv baholash tizimini joriy etish orqali ta’lim sifat ko’rsatkichi shaffofligiga erishish, ta’limning xalqaro standart tasniflagichini joriy qilishning zarurati asoslangan. Kalit so’zlar: uzluksiz ta’lim, pedagog, kasb mahorati, tasniflagich, baholash, ta’limning xalqaro standart kvalifikatsiyasi(TXSK) ta’lim sifati, kvalifikatsiya raqamlari. ESTABLISHING CONTINUOUS PROFESSIONAL DEVELOPMENT OF TEACHING STAFF IS A REQUIREMENT OF TODAY Abdurakhmanov Khudoynazar Abdiraimovich Karshi State Technical University, Associate Professor Annotation. In this article it is considered the importance of continuing professional development of teachers, the opportunities available to enhance their qualifications and skills, the innovation technologies in the education system, teaching of learners based on the their real needs, achieving the transparency of quality of education through the implementation of an objective assessment system, importance of implementing the International Standard Classification of Education (ISCED). Key words: education, pedagogue, professionalism, qualifications, assessment, international standard classification, education quality, qualification framework. XXI asrga kelib fan va texnikaviy taraqqiyot yuqori darajaga yetdi, bu esa ta’lim berish tizimini tubdan isloh qilish, mehnat bozori ehtiyoji va istiqbolini inobatga olgan holda malakali kadrlar tayyorlash dolzarbligini ko’rsatmoqda. Ushbu masala O’zbekiston Respulikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasida o’z aksini topgan bo’lib, davlatimizni kelgusi besh yillikda rivojlantirishning ustivor yo’nalishlaridan biri sifatida “4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” belgilangan. Unda ta’lim tizimi uchun “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish; kasb-hunar maktablari o’quvchilarini bozor iqtisodi va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasida ishlarni takomillashtirish” kabi vazifalar belgilab berilgan. 137 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Mamlakatimizdagi ta’lim tizimida o’qituvchilar davlat byudjetidan oylik maoshlari olishga, doimiy o’z ustida ishlab, malakalarini oshirib, malaka toifalariga ega bo’lish va boshqa ko’plab imtiyozlarga ega. Ta’lim sifatini oshirish avvalambor, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasida zamonaviy yondashishni talab etadi. Oliy ta’lim muassasalarida, o’rta maxsus ta’limda bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, o’qitishning yangi texnologiyalari, ilg’or pedagogik usullardan va bugungi kun talabiga mos dasturlardan foydalanishni talab qiladi. Zamonaviy pedagog xodim nafaqat o’z mutaxassisligidan, balki axborot kommunikatsiya tizimidan unumli foydalanib, ilg’or pedagogik texnologiyani ta’lim jarayoniga tadbiq etishi talab e’tilmoqda. Ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning kasb mahoratini uzliksiz ravishda oshirib borish, malaka oshirish tizimida raqobatbardoshlikni ta’minlash, mehnat bozori va ish beruvchining talabidan kelib chiqqan holda malaka oshirish kurslarini Davlat ta’lim standarti asosida amalga oshirish. Mamlakatimizda ilm-fan, madaniyat va ma’rifatni, sportni rivojlantirishda ming yillik an’analardan voz kechmagan holda xalqaro talablarga muvofiq ravishda rivojlantirib borish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, ta’lim sifati uchun ma’sul bo’lgan: fan o’qituvchilari, maktab mas’ullari, ota- onalar (yoki, ularning o’rnini bosuvchi shaxslar), ish beruvchi va uning manfaatdor mas’ullari tomonidan real va shaffof baholash tizimini ishlab chiqish, uni amaliyotga tadbiq etish va takomillashtirib borish bugungi kunnning dolzarb masalasidir. O’zbekiston Respulikasining ta’lim tizimi, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish to’g’risida, O’zbekiston Respulikasi hukumati, Senat va Qonunchilik palatasi sohaga oid bir qator Qaror, Farmon va Farmoyishlar asosida normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirgan. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar bazasidan unumli foydalanib, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada yaxshilash, sifat darajaga ko’tarish, uning o’quv-uslubiy va kommunikatsion ta’minotini mustahkamlash ma

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o’qituvchilarning kasb mahoratini uzluksiz ravishda oshirib borishning dolzarbligi, ularning malaka mahorat darajasini belgilash va oshirib borish borasida mavjud imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi innavat…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o’qituvchilarning kasb mahoratini uzluksiz ravishda oshirib borishning dolzarbligi, ularning malaka mahorat darajasini belgilash va oshirib borish borasida mavjud imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi innavat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, pedagogue, professionalism, qualifications, assessment, ta’limning xalqaro standart kvalifikatsiyasi(TXSK) ta’lim sifati, tasniflagich, kvalifikatsiya raqamlari., pedagog, kasb mahorati, uzluksiz ta’lim, baholash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники