Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUHAYLIY ADABIY MEROSINING MAVZU KO‘LAMI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mamaziyoyeva Ozoda Botirali qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This thesis studies the thematic scope of the literary heritage of Dadakhon qori Rustamkhoj oglu Suhayli, who had a unique place in the Namangan literary movement of the early 20th century, based on the collection "Yodgorim", and draws conclusions. Keywords: literary movement, Jadidism, Enlightenment literature, theme, idea, classification, category, lyrics. O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti shakllanishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy estetik omillari hamda XIX asr oxiri va – XX asr boshlari Turkistonda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy hayot o‘zbek adabiyoti tarixida yangi mavzularning maydonga kelishiga turtki bo‘ldi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyoti tarixida yangi mavzularning maydonga kelishi yangi poetik turkumlar ijtimoiy hayotdagi voqealarni real, haqqoniy tasvirlaganligi bilan katta ahamiyatga egadir. Davr adabiyotida an’ana bo‘lgan ushbu she’riy turkumlarning mavzusini quyidagicha belgilash mumkin: 1) ijtimoiy-siyosiy; 2) yumoristik; 3) lirik; 4) hajviy-tanqidiy. Ijtimoiy hayotdagi voqealarning ma’rifatparvar va jadid shoirlar tomonidan hozirjavoblik bilan she’riy shaklda o‘z fikrlarini bildirdilar. Adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev “Garchi ma’rifatchilik adabiyotining maqsadi, vazifalari, tasvir obekti, mavzular ko‘lami, qahramonlari o‘zgargan bo‘lsada, badiiy tasvir vositalari, ifoda yo‘sinlari, tur va janrlari jihatidan mumtoz adabiyotdan juda ham uzoqlashib ketmaganligi, ma’rifatchilik adabiyoti yangi o‘zbek adabiyotining ilkinchi bosqichi ekanligi, u ko‘p asrlik milliy an’analar shaklidagi o‘z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanib kelgan mumtoz adabiyot bilan tashqi jahoniy ta’sirlarga berilgan, to‘lig‘icha ijtimoiy yo‘nalish kasb etgan jadid adabiyoti o‘rtasida estetik ko‘prik bo‘lganini aytib o‘tadi. Bizning kuzatishlarimiz natijasida turkumlashni Qo‘qon adabiy maktabi ijodkorlari yo‘nalishida quyidagicha davom ettirish mumkin: 1. Saylov haqidagi poetik turkum. 2. Veksel mavzusidagi poetik turkum. 3. Sayohatnoma yo‘nalishidagi poetik turkum. 4. Qarz mavzusidagi poetik turkum. 5. Mardikorlik mavzusidagi poetik turkum. 6. Arava mavzusidagi poetik turkum. 7. Mamajon makaylik haqidagi poetik turkum. 8. Ko‘samen radifli poetik turkum. 9. Kalish va kovush haqidagi poetik turkum. 10. She’riy maktublar bo‘yicha poetik turkumlar. 11. Maktab mavzusidagi poetik turkumlar. 76 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Darhaqiqat, Muqimiy, Zavqiy, Furqat asarlaridagi ma’rifat g‘oyalari kelgusi bo‘g‘in avlodlarga jadidchilik yo‘nalishi uchun zamin bo‘ldi. Ularning fikr-u qarashlari, qalamga olgan adabiy mavzulari jadid adabiyotiga g‘oyaviy asos bo‘ldi. Shuningdek, ma’rifatparvarlik adabiyotining mumtoz adabiyotdan farqi bor. Buni adabiyotshunos quyidagicha asoslagan: “...mumtoz adabiyot asosan, alohida kishilar, xos tabaqa uchun yaratilib, uning ifoda tarzi ham shunga muvofiq edi. U keng ommaga mo‘ljallanmagan, unga qaratilmagan adabiyot edi. Ma’rifatchilik adabiyoti, avval boshdan, ommaga mo‘ljallangan bo‘lib, uning ifoda yo‘sinida soddalik, avomga tushunarlilik ustuvorlik qilardi. Ma’rifatchilik xususiyati milliy adabiyotni ifoda tarzidan tortib, mazmun mohiyatiga qadar o‘zgartirdi”. Ijtimoiy hayotdagi muammolar ko‘payganligi bois adabiyotda ham shunday mavzularda bitilgan asarlar maydonga keldi. Bu davr adabiyotiga nazar tashlasak, Qo‘qon adabiy maktabi vakillari ijodida ma’rifatparvarlik g‘oyalari yetakchilik qilganini yana boshqa bir adabiyotshunoslar ham ta’kidlaydilar: “Furqat, Muqimiy, Zavqiy kabi shoirlar ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qildilar. Keyinchalik ular safiga Hamza, Ayniy, Avloniy kabi ma’rifatparvarlar kirib keldilar”. XX asr boshlarida Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari Nodim Namongoniy, Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So‘fizoda, Dog‘iy kabi Dadaxon qori Suhayliy ham siyosiy murakkab va ziddiyatli bir davrda yashab ijod qilgan. Turkiston hududida bu vaqtdagi adabiyot, san’at va ijtimoiy-siyosiy hayoti bo‘yicha yaratilgan tadqiqotlar ham ushbu fikrimiz isboti bo‘la oladi. Mustabid tuzum sharoitida yangi davr adabiyotini shakllantirish, yangi usul maktablarini ochish, jadid matbuotini yo‘lga qo‘yish, har tomonlama shakllangan milliy o‘quv tizimini isloh qilish kabi vazifalarga bel bog‘lagan ma’rifatparvarlar qatorida Suhayliy ham ijtmoiy-siyosiy jarayonda sodir bo‘layotgan har bir yangilikni ustozlaridan ilhomlangan holda qalamga olgan. XX asr boshlarida milliy uyg‘onish davri vakillari bo‘lgan Behbudiy, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Avloniylar kabi ma’rifatparvarlar qatorida Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari, xususan, Suhayliy ham xalq ongini millatparvarlik ruhida shakllanishi va rivojlanishi, maorif va madaniyatining yuksalishi uchun Qur’on oyatlaridan o‘zining betakror baytlarida mohirona foydalangani holda sermahsul ijod qilgan. Ma’naviyat-ma’rifat suvi bilan sug‘orilgan va kamol topgan asarlari orqali yoshlarimizni ona-Vatanga sadoqatli, ilm-ma’rifatli va ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga chaqirgan. University of Business and Science noda
Доказательный фрагмент
«This thesis studies the thematic scope of the literary heritage of Dadakhon qori Rustamkhoj oglu Suhayli, who had a unique place in the Namangan literary movement of the early 20th century, based on the collection "Yo…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis studies the thematic scope of the literary heritage of Dadakhon qori Rustamkhoj oglu Suhayli, who had a unique place in the Namangan literary movement of the early 20th century, based on the collection "Yo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- literary movement, Jadidism, Enlightenment literature, theme, idea, adabiy harakatchilik, tasnif, lirika., turkum, mavzu, jadidchilik, ma’rifatparvarlik adabiyoti, g‘oya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025