К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY YOSHLAR HIKOYACHILIGIDA BADIIY OBRAZ TAKOMILI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ulkanboyeva Matluba Hasanboy qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek hikoyachiligida assotsiativ obrazlar vositasida ijodiy niyatni ifodalash masalasi yoritiladi. Tadqiqotda assotsiativ obrazlarning milliy adabiyotimizda adabiy an’ana sifatida shakllanib, bosqichma-bosqich rivoj topgani tahlil etiladi. Xususan, Abdulla Qahhor hikoyalarida maymun, ho‘kiz va anor kabi obrazlarning badiiy talqini va ularning ramziy-majoziy mazmuni ochib beriladi. Shuningdek, zamonaviy yosh ijodkorlar hikoyalarida ushbu obrazlarning yangicha, aktual ma’nolar bilan boyitilib qo‘llanilishi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: hikoya, obraz, assotsiativ obraz, ijodiy niyat, badiiy talqin. Kirish (Introduction). Hikoya – shunchaki qiziqarli voqealarning bayonigina emas, u adibning ijodiy konsepsiyasi, ijtimoiy voqelikka munosabati va xulosasini ifoda etadigan, ijodkorning borliq haqidagi muhim qarashlari singdirilgan yangi badiiy reallikdir. Shuning uchun ham ijodkorlik, avvalo donishmandlik hisoblanadi. Hikoya ham boshqa badiiy asarlar kabi obraz va detallar yordamida fikrlar ekan, zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida obraz va detallar bajargan badiiy-estetik funksiya va yosh nosirlarning ulardan foydalanish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish adabiyotshunoslikning dolzarb vazifalaridan biridir. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). O‘zbek adabiyotshunosligida hikoyadagi badiiy obrazlarni o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar talaygina. Jumladan, f.f.d.,professor M.Qo‘chqorova Ahmad A’zamning badiiy olamidagi obrazlar talqini xususida “O‘zi bilan o‘zi gaplashayotgan odam”, yosh adib Nurilla Chori ijodiga bag‘ishlangan “Nurilla Chori hikoyalarida neomifologizm unsurlari” kabi maqolalarida badiiy obrazlarni yangicha talqin qilsa, yana bir atoqli olim D.Quronov “Ilhom bilan yozilgan asar”, “Zavqimdan bir shingil”, “O‘g‘ri”ning himoyasiga ikki og‘iz so‘z” kabi maqolalarida hikoyalar kompozitsiyasi, obrazlari xususida asosli xulosalar taqdim etadi. Nurillo Chorining adabiy qahramonlaridan birini tahlil qilish asnosida M.Qo‘chqorova ushbu obraz bilan bog‘liq nozik bir detalga e’tibor qaratadi: “Ammo Tog‘a tirik bo‘ladi. U “Olloh” nomi bilan bog‘liq ismini (Xudoyqul) O‘roqqa o‘zgartirgan. Yozuvchining tarixiy ijtimoiy davr fojialariga naqadar ustalik bilan nozik ishoralar berganini his etish mumkin. Sho‘ro hukumati davrida Ishchi-dehqonlar sinfining ramziy simvoli “O‘ROQ VA BOLG‘A” edi”[3]. Olimaning bosh qahramonning ismi o‘zgarishi bilan bog‘liq badiiy detalga bunday yondashuvi adabiyotshunoslik ilmida yangi xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuningdek, D.Quronovning “Ilhom bilan yozilgan asar” maqolasida ham “Dahshat” hikoyasi va uning talqinlari yuzasidan yangi, asosli xulosalar chiqariladi. Maqolada mustabid tuzumning ta’siri o‘laroq shakllangan adabiy ehtiyotkorlik haqida so‘z yuritiladi. Xalqimizda “Sutdan og‘zi kuygan, qatiqni ham puflab ichadi” degan maqol bor. A.Fitrat, A.Qodiriy, Cho‘lpon kabi ijodkorlarning achchiq qismati namuna bo‘lgan keyingi avlod, ijodiy konsepsiyasini ochiq- oshkora bayon qila olmas edi. “Albatta, A.Qahhor qo‘yilgan vazifaning nechog‘li og‘irligini juda yaxshi tasavvur qiladi, chunki u «ilon chaqqan kishi ola arqondan qo‘rqadi» deganday, o‘sha zamonda aziyat tortgan yoki aziyat tortganlarni ko‘rgan ko‘p odamlar hanuz o‘ziga kelolmayotgani»ga shohid edi. Adib 200 yil temir qoziqqa zanjirband etilgan filning zanjir chirib ado bo‘lgach ham yana yuz yil qozig‘i atrofida aylangani 91 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo haqidagi rivoyatni eslatib, «Fil jonivor, aql-idroki yo‘q, biz nega kult davri qoqib ketgan qoziq atrofidan yiroq ketolmaymiz?» – deya murojaat qiladi. Yozuvchi qatag‘on davrining kishilar diliga solgan dahshati hamon ketmagani, uning ketishi oson kechmasligini chuqur his qiladi”[4;31]. Darhaqiqat, repressiyadan qo‘rquv sabab ijodkor o‘z holini, millat holini ro‘y-rost bayon qilishga ojiz qoldi va buning ilojini so‘z san’atining sirli badiiy dunyosidan topdi. Ayni shu sabab XX asr boshida adabiyotda ijodiy niyat ifodasi uchun maxsus tanlangan obrazlar yaratila boshlandi. Muallifining asl holidan xabar beruvchi kodlangan obrazlar. Adabiyotshunoslikda assotsiativ obraz tushunchasi bor. Professor D.Quronov boshchiligida tuzilgan lug‘atda unga shunday ta’rif beriladi: “Assotsiativ obraz (lot. associatio – birlashtirmoq, qo‘shmoq) – narsa-hodisa va tushunchalar orasidagi ilg‘ab olinishi qiyin bo‘lgan aloqalarga asoslangan, ularni kutilmagan tarzda biriktirish (qiyoslash, chog‘ishtirish, qarshilantirish) orqali voqe bo‘luvchi va shu tufayli yuksak darajadagi metaforiklik, subyektivlik kasb etuvchi obraz. Aslida, assotsiativlik har qanday obraz tabiatiga xos xususiyatdir. Ya’ni assotsiativ obraz badiiy obrazning alohida bir turi emas, bu termin ostida, umuman, badiiy obrazga xos assotsiativlikni kuchli namoyon etuvchi obraz tushuniladi. Demak, terminning qo‘llanishida muayyan shartlilik mavjud. Assotsiativ obraz o‘quvchidan ijodiy faollikni, narsa-hodisalar orasidagi muallif tayangan aloqa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek hikoyachiligida assotsiativ obrazlar vositasida ijodiy niyatni ifodalash masalasi yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek hikoyachiligida assotsiativ obrazlar vositasida ijodiy niyatni ifodalash masalasi yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
assotsiativ obraz, hikoya, badiiy talqin., obraz, ijodiy niyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники