К содержанию
РецензированоRU2026

JINOYAT ISHINING TERGOVGA TEGISHLILIGI TUSHUNCHASI, USHBU SOHADA TURKIYA RESPUBLIKASI TAJRIBASI

Agoyev Shukrullo Safarboyevich · Xasanov Shamshod Halil o‘g‘li

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2 · 2026

Аннотация

В статье дается научно-практический анализ понятия относимости уголовного дела к расследованию, его содержания, а также опыта Турецкой Республики в этой области. Ключевые слова Преступление, расследование, подследственность, следственные действия, правовая коллизия, международный опыт. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi – bu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish vakolati qaysi tergov organiga tegishli ekanligini belgilovchi tushunchadir. Ushbu tamoyil jinoyat protsessining samarali va adolatli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Tergovga tegishlilik shuni anglatadiki: Jinoyatning turi va xarakteriga ko‘ra qaysi tergov organi ishni ko‘rib chiqishi lozimligi belgilanadi. Ushbu qoidalar jinoyat protsessida tartibni ta’minlash va organlarning vakolat doirasini aniq ajratish uchun muhimdir1. Tergovga tegishlilik turlari: Tergovga tegishlilik asosan ikki xil ko‘rinishda tasniflanadi: 1. Faqat ma’muriy vakolatlar bo‘yicha tegishlilik.Bu tergovga kim vakolatli ekanligini jinoyatning turi va uning xususiyatlariga ko‘ra belgilaydi: - Ichki ishlar organlari tergovi: O‘g‘irlik, bosqinchilik, bezorilik kabi umumiy jinoyatlar2. - Davlat xavfsizlik organlari tergovi: Davlatga qarshi jinoyatlar (masalan, davlat sirlarini oshkor qilish). - Harbiy prokuratura organlari: Harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar. - Prokuratura organlari tergovi: Odam o’limi bilan bog’liq jinoyatlar, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, noqonuniy tadbirkorlik bilan bog‘liq jinoyatlar. 2. Hududiy tegishlilik. Jinoyat ishini qaysi hududdagi organ ko‘rib chiqishi aniqlanadi: - jinoyat sodir etilgan joy; 1 B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69. 2 B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175. 71 - jinoyat oqibatlari yuzaga kelgan hudud; - ayblanuvchi yoki jabrlanuvchi istiqomat qiladigan joy3; Turkiyaning tergovga tegishlilik sohasidagi tajribasi Turkiya jinoyat protsessual qonunchiligi jinoyat ishlarini tergov qilish bo‘yicha samarali va aniq mexanizmlarni joriy etgan bo‘lib, bu tizimning asosiy maqsadi adolatni ta’minlash va jinoyatlarni tezkorlik bilan tergov qilishdir. Quyida Turkiyaning tergovga tegishlilik borasidagi tajribasi yoritiladi: 1. Tergov organlari va ularning vakolatlari Turkiyada jinoyat ishlari bo‘yicha tergovni olib borish mas’uliyati asosan quyidagi organlarga yuklatilgan: a) Prokurorlar idorasi (Cumhuriyet Savcılığı) Prokurorlar jinoyat protsessining markazida turadi. Ular tergov organlarini boshqaradi va jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki surishtiruvni tashkil etadi. Prokuror jinoyat sodir etilganligini aniqlash va sudga da’vo kiritish uchun barcha zarur dalillarni to‘playdi4. b) Politsiya tergovi (Emniyet ve Jandarma) Politsiya asosan shahar hududlarida jinoyatlarni tergov qiladi. Jandarma esa qishloq va shahar atrofi hududlarida faoliyat yuritadi. Ularning vazifasi – prokuror rahbarligida tergov harakatlarini amalga oshirish, dalillarni yig‘ish va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash. c) Maxsus organlar Soliq jinoyatlari yoki korrupsiya kabi maxsus sohalarga oid ishlar bo‘yicha tegishli davlat organlari vakolatli. Masalan, moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha tergovlarni Moliya va G‘aznachilik vazirligi qoshidagi bo‘linmalar amalga oshiradi. 2. Tergovga tegishlilikni belgilash Turkiya Jinoyat protsessual kodeksida (Ceza Muhakemesi Kanunu - CMK) tergovga tegishlilikni belgilashning aniq qoidalari mavjud. Bu qoidalar quyidagilarga asoslanadi: a) Jinoyat turi bo‘yicha tegishlilik: Jinoyat turi va xarakteriga ko‘ra ish tegishli organlar o‘rtasida taqsimlanadi. Masalan, davlat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bo‘yicha tergov Milliy razvedka tashkiloti (MİT) tomonidan olib boriladi. b) Hududiy tegishlilik: Jinoyat sodir etilgan joyning politsiya yoki jandarma bo‘linmasi ishni olib boradi. Agar jinoyat bir nechta hududda sodir etilgan bo‘lsa, asosiy jinoyat sodir bo‘lgan joy tergov yuritish uchun vakolatli hisoblanadi. c) Prokuror va sud nazorati: Prokuror tergovning tegishli organ tomonidan olib borilishini ta’minlaydi. Bunda tergov jarayonlari ustidan sud nazorati ham mavjud5. Turkiyada tergov jarayonining samaradorligini ta’minlash maqsadida quyidagi mexanizmlar ishlab chiqilgan: Jumladan, elektron tizimlar joriy etilgan: Jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayonini nazorat qilish va hujjatlar almashinuvi elektron tizim orqali amalga oshiriladi. Mutaxassislarning jalb qilinishi: Maxsus jinoyatlar bo‘yicha ekspertlar, masalan, kiberjinoyatlar tergovi uchun IT mutaxassislari jalb qilinadi. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya

Доказательный фрагмент

«В статье дается научно-практический анализ понятия относимости уголовного дела к расследованию, его содержания, а также опыта Турецкой Республики в этой области.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье дается научно-практический анализ понятия относимости уголовного дела к расследованию, его содержания, а также опыта Турецкой Республики в этой области. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Преступление, расследование, подследственность, следственные действия, vakolat, huquqiy ziddiyat, xalqaro tajriba., Jinoyat, tergov, tergov harakatlari, tergovga tegishlilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники