Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQARO TAJRIBAIAR ASOSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INKLYUZIV TAʼLIMNI MUHITINI SHAKLLANTIRISH MEZONLARI
Xakimova Gulchehra Sayrixonovna · Eshboyeva Sanobar Xudoyqul qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish mezonlari xalqaro tajribalar asosida yoritilgan. Xususan, Italiya, Finlyandiya, Yaponiya, AQSh kabi mamlakatlar ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvni amalga oshirishda qo‘llanilayotgan usullar, tizimli yondashuvlar, pedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqolada inklyuziv ta’lim muhitini baholash mezonlari – jismoniy qulaylik, psixologik-ijtimoiy moslik, individual o‘quv dasturlarining mavjudligi, o‘qituvchilar malakasi va ota-onalar bilan hamkorlik darajalari asosiy mezon sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida ushbu tajribalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari bo‘yicha takliflar ham berilgan. Maqola ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar hamda pedagoglar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit soʻzlar: Inklyuziv ta’lim, xalqaro tajriba, umumiy o‘rta ta’lim, ta’lim muhiti, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, maxsus ehtiyoj, o‘quvchilarning teng huquqliligi, integratsiya, ta’lim sifati, individual yondashuv, ta’limda tenglik, bolalarning huquqlari, o‘zaro hurmat muhiti, nogironligi bo‘lgan bolalar, qo‘shma ta’lim, hamkorlikda o‘qitish. Kirish: XXI asrda ta’lim sohasida yuz berayotgan islohotlar har bir bolaning teng huquqli, sifatli va qamrovli ta’lim olishini ta’minlashni asosiy maqsad qilib qo‘ymoqda. Ayniqsa, jismoniy, aqliy yoki psixologik rivojlanishida turli cheklovlarga ega bolalarni umumiy ta’lim jarayoniga integratsiyalash muhim vazifa sifatida dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu munosabat bilan “inklyuziv ta’lim” tushunchasi global miqyosda asosiy pedagogik yo‘nalishlardan biri sifatida shakllanmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida inklyuziv ta’lim tamoyillari asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida inklyuziv muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda o‘quv muhitining jismoniy, ijtimoiy va psixologik jihatdan moslashtirilganligi, o‘qituvchilarning malakasi, o‘quvchilarga individual yondashuv, ota-onalar bilan hamkorlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarining mavjudligi muhim mezonlar sifatida qaraladi. Turli xalqaro tajribalar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish mezonlari tahlil qilinadi hamda O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu mezonlarni qo‘llash istiqbollari yoritiladi. Asosiy qism: Inklyuziv taʼlim muhiti tushunchasi.Inklyuziv taʼlim muhiti – bu barcha bolalar, jumladan jismoniy, aqliy yoki psixologik cheklovlarga ega bolalar uchun ochiq, moslashtirilgan va teng imkoniyatlar yaratilgan muhitni anglatadi. Bunday muhitda har bir o‘quvchi o‘zining individual xususiyatlariga ko‘ra ta’lim olishi, o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishi mumkin. 86 Inklyuziv ta’limda asosiy urg‘u nogironligi bor bolalarni “alohida” emas, balki “birgalikdagi” ta’limga jalb qilishga qaratiladi. Bu yondashuv orqali diskriminatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi va barcha o‘quvchilarga bir xil sharoitlar yaratiladi. Italiya tajribasida shuni ko‘rishimiz mumkinki Inklyuziv ta’lim sohasida dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu davlatda barcha o‘quvchilar birgalikda o‘qitiladi. Maxsus pedagoglar har bir o‘quvchining ehtiyojiga mos individual rivojlanish dasturlarini ishlab chiqadi. Har bir maktabda “inklyuziv komissiya” faoliyat yuritadi. Finlyandiya tajribasi: Ta’limda tenglikka asoslangan tizim. Nogironligi bo‘lgan bolalarga darsda ishtirok etish uchun zarur barcha texnik va metodik shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’lim sifatini baholashda bolalarning psixologik holati ham inobatga olinadi. AQSh tajribasi: Inson huquqlari va teng imkoniyatlar siyosati asosida inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Individual ta’lim rejalari (IEP – Individualized Education Program) asosida o‘quvchilarning ehtiyojlari qondiriladi. Davlat budjeti hisobidan maktablarga qo‘shimcha pedagoglar va logopedlar biriktiriladi. Yaponiya tajribasi: Inklyuziv ta’limda o‘qituvchilarning doimiy malaka oshirishi talab etiladi. Maktablarda yordamchi o‘qituvchilar va psixologlar faoliyat yuritadi. Ta’lim jarayoniga ota-onalar faol jalb qilinadi. 3. Inklyuziv muhitni shakllantirish mezonlari Xalqaro tajriba asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv muhitni shakllantirish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi: 1. Jismoniy infratuzilma: Nogironlar aravachasida harakatlanuvchi bolalar uchun panduslar, liftlar, keng eshiklar. Maxsus hojatxonalar, eshitish yoki ko‘rish nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mos quvvatlovchi texnologiyalar. 2. O‘qituvchilar malakasi: Maxsus pedagogika va defektologiya bo‘yicha bilimlar. Har xil o‘quvchilarga individual yondashuvni qo‘llash ko‘nikmalari. 3. Individual o‘quv rejalari: Har bir bolaning qobiliyatiga mos moslashtirilgan dastur. O‘quv dasturidagi topshiriqlarni soddalashtirish yoki osonlashtirish. 4. Psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Maktab psixologi, ijtimoiy pedagog va logopedlarning ishtiroki. O‘quvchilar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini shakllantirish. 5. Ota-
Доказательный фрагмент
«Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish mezonlari xalqaro tajribalar asosida yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUmumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish mezonlari xalqaro tajribalar asosida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik qo‘llab-quvvatlash, maxsus ehtiyoj, Inklyuziv ta’lim, ta’lim sifati, ta’lim muhiti, individual yondashuv, o‘quvchilarning teng huquqliligi, umumiy o‘rta ta’lim, ta’limda tenglik, qo‘shma ta’lim, nogironligi bo‘lgan bolalar, o‘zaro hurmat muhiti, bolalarning huquqlari, xalqaro tajriba, hamkorlikda o‘qitish., integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024