К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SIFATINI YAXSHILASHDA PEDAGOGLARNING MALAKASINI OSHIRISH MUHIMLIGI

Izzatilloyeva Sabina Ilhom qizi · Imomqulova Marxabo Akmalovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Maktabgacha ta’lim inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu davrda bolaning psixologik, jismoniy va aqliy rivojlanishi shakllanadi. Shu bois, pedagoglarning ushbu nozik bosqichdagi faoliyati alohida ahamiyatga ega. Pedagog kadrlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ularning malakasini oshirish orqali ta’minlanadi. Maktabgacha ta’lim davri-bolaning intelektulal,psixologik,va ijtimoiy rivojlanishida hal qiluvchi bosqich. Kalit so’zlar: malaka, talim sifati, yangi metodlar, mustaqil izlanish, kadrlar malakasi, malakali pedagoglar, kasbiy bilim. Bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar maktabgacha ta’limga alohida e’tibor qaratmoqda. Zero, bu bosqich bolaning shaxs sifatida shakllanishida asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu boisdan, maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda pedagoglarning kasbiy malakasini doimiy ravishda rivojlantirib borish muhim omil hisoblanadi.Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotining muhim bo‘g‘inlaridan biri sifatida alohida e’tiborni talab qilmoqda. Zero, insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishida ilk bosqich – maktabgacha ta’lim davri muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, MTT (maktabgacha ta’lim tashkilotlari) faoliyatini takomillashtirish, undagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir Ta’lim sifatini oshirishda muhim omillardan biri bu – pedagog kadrlarning malakasi, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarining doimiy rivojlanib borishidir. Malakali pedagog – bu bolalarning yosh xususiyatlariga mos, zamonaviy metodika asosida ta’lim va tarbiya bera oladigan, innovatsion yondashuvlarga tayangan holda dars jarayonini olib boradigan mutaxassisdir. Pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi – bu ta’lim jarayonining yuragi hisoblanadi Pedagoglarning malakasini oshirish doimiy va tizimli tarzda tashkil etilishi kerak. Quyidagi shakllar samarali hisoblanadi: - Kurslar va seminarlar – Davlat tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida malaka oshirish kurslarining tashkil etilishi. - Onlayn ta’lim platformalari – masofaviy o‘quvlar orqali pedagoglar istalgan vaqtda bilimlarini oshirish imkoniga ega. - Ichki seminar-treninglar – MTT doirasida tajriba almashish, ilg‘or uslublarni muhokama qilish. - Ustoz-shogird tizimi – tajribali pedagoglarning yangi ish boshlagan mutaxassislarga ko‘mak berishi. Maktabgacha ta’lim tizimida sifatli ta’lim berish – bu nafaqat binolar yoki o‘quv vositalari bilan ta’minlash, balki avvalo, malakali pedagog kadrlar tayyorlash va ularni doimiy rivojlantirishdir. Shunday ekan, har bir MTT rahbari, har bir hududdagi ta’lim boshqaruvi 97 organlari pedagoglar malakasini oshirishni doimiy e’tiborda saqlashlari lozim. Zero, malakali pedagog – bu sog‘lom, bilimli, vatanparvar avlodning kafolatidir. Zamonaviy jamiyarda ta’lim sifati inson kapitalining asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’imi-maktabgachA Ta’lim bosqichi- bolalarning intelektual, ma’naviy va ijtimoiy shakillanishida muhim rol uynaydi. Bu bosqichda pedagolarning bilim va kunikmalari, kasbiy mahoratlari talim sifatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. SHu sababdan MTT pedagoglarning malakasini oshirish masalasi dolzarb ahamiyatga kasb etadi. Bugungi kunda: - Yangi pedagogik texnologiyalar va metodikalar joriy qilinmoqda; - Raqamli ta’lim vositalari faol qo‘llanilmoqda; - Bola rivojlanishining individual xususiyatlarini hisobga oluvchi yondashuvlar zarur bo‘lib bormoqda. Shu bois MTT tarbiyachilari va pedagoglari doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, yangiliklardan xabardor bo‘lishi va amaliy tajribasini oshirib borishi zarur. ASOSIY QISM: 1. Kasbiy kompetensiyani shakllantirish Pedagoglarning malakasi ularning kasbiy kompetensiyasini belgilaydi. Bu esa, bolalarga to‘g‘ri yondashuv, ta’lim-tarbiya berishdagi samaradorlik va pedagogik uslublarni to‘g‘ri qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Malakali pedagog har bir bolaning individual rivojlanishini kuzatadi va unga mos metodlarni tanlaydi. Metodik xizmatlar bilan hamkorlik Pedagoglar uchun tashkil etiladigan seminar-treninglar, metodik ko‘rsatmalar, ochiq darslar va vaziyatli mashg‘ulotlar orqali tajriba almashish imkoniyati yaratiladi. Bunday hamkorliklar pedagogning yangiliklarga ochiqligini oshiradi va o‘z ustida ishlashga turtki beradi. Raqamli pedagogikaning roli Zamonaviy ta’lim raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Pedagoglar uchun onlayn kurslar, webinarlar, virtual metodik portallar orqali malaka oshirish imkoniyatlari kengaymoqda. Bu vositalar ularning zamon bilan hamnafas bo‘lishiga yordam beradi. Pedagog malakasi – ta’lim sifatining garovi Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash katta pedagogik mahoratni talab etadi. Pedagog nafaqat ta’lim beruvchi, balki bolaning ruhiyatini tushunuvchi, uning ichki dunyosini anglay oluvchi inson bo‘lishi kerak. Shuning uchun pedagoglarning malakasi – bu ta’lim sifati va samaradorligining asosiy mezoni hisoblanadi. Zamonaviy

Доказательный фрагмент

«Maktabgacha ta’lim inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maktabgacha ta’lim inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mustaqil izlanish, kasbiy bilim., kadrlar malakasi, malakali pedagoglar, malaka, yangi metodlar, talim sifati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники