К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULRAZZOQ GURNAHNING “PARADISE” VA “BY THE SEA” ROMANLARIDA INSON RUHIYATIDA ICHKI KONFLIKT TAHLILI

Saydamatova Dilafro‘z Xamidullo qizi · Saidamatova Dilafroz Khamidullo qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

This article provides an analysis of Abdulrazzoq Gurnah’s novels Paradise and By the Sea. The main focus of the article is on the artistic expression and analysis of psychological states such as anguish, loss, and the search for identity through Gurnah’s characters. Gurnah’s novels are considered important not only for literary but also for psychological analysis. The profound psychological content of Gurnah’s works aligns with contemporary literary processes and raises relevant psychological questions for a new generation of readers, helping them to deeply understand both personal and social contexts. These works are analyzed in the article not only as explorations of personal identity in post- colonial societies but also as a universal depiction of psychological states worldwide. Key words: Abdulrazaq Gurnah, internal conflict, self-awareness, human psyche, post colonial, "Paradise", "By the Sea". АНАЛИЗ ВНУТРЕННЕГО КОНФЛИКТА В ЧЕЛОВЕЧЕСКОЙ ПСИХИКЕ В РОМАНАХ АБДУЛРАЗЗОКА ГУРНА "ПАРАДАЙС" И "У МОРЯ" Саидаматова Дилафроз Хамидулло кызы Докторант 2 курса НамДУ Электронная почта: dilafruzsaydamatova97@gmail.com Телефон: +998908501122 129 Аннотация: В данной статье проводится анализ романов Абдулраззока Гурна «Парадайс» и «У моря». Основное внимание уделяется художественному выражению и анализу психологических состояний, таких как страдание, потеря и поиск идентичности через персонажей Гурна. Романы Гурна считаются важными не только для литературного, но и для психологического анализа. Глубокое психологическое содержание произведений Гурна гармонично сочетается с современными литературными процессами и поднимает актуальные психологические вопросы для нового поколения читателей, помогая им глубже понять личный и социальный контексты. В статье рассматривается, что эти произведения являются не только исследованиями личной идентичности в постколониальных обществах, но и универсальным изображением психологических состояний по всему миру. Ключевые слова: Абдулраззок Гурнах, идентичность, человеческая психика, постколониальный, «Рай», «У моря». KIRISH. Hayotning ilk bosqichidan boshlab ziddiyatlar inson bilan hamnafas qadam tashlaydi. Yaxshilik va yomonlik, ezgulik va qabohat, oq va qora doimo bir-biri bilan doimo kurashda. Bu kurashlarnining inikosi esa badiiy adabiyotda jilolanadi. Badiiy adabiyot ham qadimdan insonlarning azaliy orzulari bilan bir qatorda azaliy muammolarni ham talqin qilib keladi. Ana shu azaliy muammolar badiiy asarda konflikt (qarama-qarshilik) sifatida namoyon bo‘ladi. Adabiyotda murakkab va ko‘p qirrali tizim sifatida ko‘riluvchi omil- inson ruhiyati deb hisoblanadi. Inson ruhiyati ichida yuzaga keladigan ichki konfliktlar — shaxsning o‘z ichki ehtiyojlari, qadriyatlari va tashqi muhit talablariga javobi orasidagi nizolar — badiiy asarlarda keng o‘rganiladigan mavzulardan biridir KONFLIKT (lot. conflictus – to‘qnashuv) - personajlarning asar sujetida badiiy ifodasini topadigan o‘zaro to‘qnashuv va kurashlari, qahramon bilan muhit orasida yoki uning ruhiyatida kechuvchi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar. Konflikt termini anʼanaviy tarzda ko‘proq epik va dramatik asarlarga nisbatan qo‘llanadi.1 Ziddiyatlar badiiy asarda markaziy o'rinni egallaydi, bu voqealarni rivojlantiradigan keskinlik va dramtizmni ta'minlaydi. Adabiyotda, filmda yoki hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan konfliktlarning bir nechta turlari mavjud. Abdulrazzoq Gurnahning “Paradise” va “By the Sea” romanlarida ham shunday ichki konfliktlar muhim o‘rin tutadi. METODOLOGIYA. Tadqiqotda Abdulrazzoq Gurnahning “Paradise” (1994)2 va “By the Sea” (2001) romanlari asosiy manba sifatida olingan. Tahlil uchun sifatli (qualitative) metod qo‘llanib, matnning ichki psixologik tuzilishi, qahramonlarning ruhiy holatlari, ularning qarama-qarshi ichki kuchlari o‘rganilgan. Asarlar o‘qilishi davomida asosiy diqqat qahramonlarning ichki dunyosi, ularning ichki nizolari, qaror qabul qilish jarayonlari va bu jarayonlarda yuzaga keladigan ruhiy zo‘riqishlarga qaratilgan. Shuningdek, maqola yozilishida ruhiyatshunoslik va adabiyotshunoslik nazariyasi, psixologik tahlil metodlari, ichki konflikt tushunchasi asos qilib olindi. 1 . Дилмурод КУРОНОВ Адабиётшунослик лугати [Book]. - Тошкент : Akademnashr, 2013. 2 Gurnah, Abdulrazak. Paradise. Bloomsbury Publishing, 1994. 130 NATIJALAR. Ushbu maqolada Gurnahning badiiy asarlaridan na’munalar keltirib, uning o‘z asarlarida ruhiyatni tasvirlashdagi o‘ziga xos uslubi va asarlaridagi diqqatni tortuvchi psixologik elementlar chuqur o‘rganilib, matnli tahlil usuli qo‘llanildi. Shu bilan birgalikda, psixologik va post-kolonial adabiyotshunoslik nazariyalariga asoslangan holda asarlarning kontekstual tahlili amalga oshiriladi. Qo‘llanilgan metodologiyalar inson ruhiyatining psixologik, ijtimoiy va madaniy kontekstda qanday tasvirlanishini tushunishga yordam berdi. Biz tadqiqotimizda Gurnah asarlari matnining asosiy strukturasi, qahramonlarning ichki dunyosini tushunish, asarda foydalanilgan til va u

Доказательный фрагмент

«This article provides an analysis of Abdulrazzoq Gurnah’s novels Paradise and By the Sea.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides an analysis of Abdulrazzoq Gurnah’s novels Paradise and By the Sea. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdulrazzoq Gurnah, ichki konflikt, o’zlikni anglash, inson ruhiyati, post, “By the Sea”., “Paradise”, post colonial
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники