Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
ANDROTSEY CHANG DONASINING TUZULISHI. MIKROSPOROGENEZ
Shamshiyeva Gulira’no Ulug’bek qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This scientific work highlights the structure of the androecium in flowering plants, the stages of pollen grain development, and the process of microsporogenesis. The biological importance of pollen and its role in pollination and fertilization are also analyzed. Аннотация: В данной научной работе освещены строение андроцея у цветковых растений, этапы развития пыльцы и процесс микроспорогенеза. Также проанализированы биологическое значение пыльцы и её роль в опылении и оплодотворении растений Kalit so’zlar: Androtsey, chang donachasi, mikrosporagenez, gulli o‘simliklar, jinsiy ko‘payish, changchi boshi, mikrosporangiy, urug‘lanish Keywords: Androecium, pollen grain, microsporogenesis, flowering plants, sexual reproduction, anther, microsporangium, fertilization Ключовым слова: Андроцей, пыльцевое зерно, микроспорогенез, цветковые растения, половое размножение, пыльник, микроспорангий, оплодотворение O‘simliklarning ko‘payishi va rivojlanishida generativ organlar muhim ahamiyat kasb etadi. Gulli o‘simliklarda changchi va urug‘chi kabi generativ tuzilmalar jinsiy ko‘payish jarayonining markaziy qismlarini tashkil etadi. Ular orasida androtsey – erkak jinsiy organlar tizimi, ayniqsa, chang donachalarining hosil bo‘lishi va yetilishi nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega. Androtsey odatda changchidan tashkil topib, u changchi tolasi va changchi boshi qismlaridan iborat bo‘ladi. Changchi boshi ichida joylashgan chang uyachalari esa chang donachalarining rivojlanish maydoni hisoblanadi. Aynan shu joyda mikrosporagenez jarayoni – ya’ni erkak jinsiy hujayralarining shakllanishi ro‘y beradi. Mikrosporagenez jarayoni sporogen hujayralarning mayoz yo‘li bilan bo‘linib, to‘rt mikrospora – chang donachalari hosil qilishi orqali amalga oshadi. Ushbu biologik jarayon o‘simliklarning nasl qoldirish, genetik axborotni uzatish va moslashuvchanlik xususiyatlarini belgilovchi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi. Gulli o‘simliklarning erkak jinsiy organlari androtsey deb ataladi. U o‘simlik gulining changchilari to‘plamidan iborat bo‘lib, har bir changchi (stamen) asosan ikki qismdan – changchi tolasi (filament) va changchi boshidan (antera) tashkil topgan. Changchi boshi odatda juft uyachali bo‘lib, har bir uyachada ikkita mikrosporangiy (chang uyasi) joylashgan. Shunday qilib, bitta changchi boshi to‘rtta mikrosporangiyni o‘z ichiga oladi. Mikrosporangiylar ichida sporogen to‘qimalar joylashadi. Bu to‘qimalar keyinchalik mikrosporogenez jarayonida chang donachalarini hosil qiladi. Changchi atrofida himoya vazifasini bajaradigan to‘rt qavatli devor mavjud bo‘lib, ular: epidermis, endoteziy, o‘rta qatlam va tapetumdan iborat. Ayniqsa, tapetum qatlamining funksiyasi muhim bo‘lib, u oziqa moddalar bilan ta’minlab, chang donachalarining to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlaydi. Chang donachasining rivojlanishi: Chang donachasi – bu gulli o‘simliklarning erkak gametofiti hisoblanadi. Uning rivojlanishi 21 mikrosporogenez jarayoni orqali boshlanadi. Sporogen hujayralar avval prekursorga – mikrosporamaterial hujayralariga aylanadi. Ular mayoz bo‘linish orqali to‘rt mikrosporani hosil qiladi. Bu mikrosporalar birgalikda tetrada holatida bo‘ladi. Keyinchalik ular ajralib, alohida chang donachalariga aylanadi. Har bir chang donachasi ikki qavatli devorga ega: tashqi qavat – ekzina va ichki qavat – intina. Ekzina odatda murakkab, naqshli tuzilishga ega bo‘lib, chang donachasining tashqi muhitga chidamliligini oshiradi. Intina esa yumshoqroq tuzilishga ega va chang donasi unib chiqayotganida protoplastni himoya qiladi. Mikrosporagenez jarayoni: Mikrosporagenez – bu sporogen hujayralardan mikrospora (chang donasi) hosil bo‘lish jarayoni bo‘lib, u quyidagi bosqichlarda kechadi: Sporogen hujayralar hosil bo‘lishi: Mikrosporangiy ichida joylashgan hujayralar mitoz bo‘linish orqali ko‘payib, chang donachalari boshlang‘ichini – mikrosporamaterial hujayralarini hosil qiladi. Mayoz bo‘linish: Mikrosporamaterial hujayralar mayoz yo‘li bilan bo‘linib, to‘rtta haploid mikrospora hosil qiladi. Tetrada hosil bo‘lishi: Mikrosporalar birgalikda tetrada holatida joylashadi. Ajralish: Tetradadagi chang donachalari bir-biridan ajralib, mustaqil chang donachalariga aylanadi. Gametofitning rivojlanishi: Har bir chang donasi mitoz yo‘li bilan bo‘linib, vegetativ va generativ hujayralarni hosil qiladi. Generativ hujayra keyinchalik ikkita erkak gametaga bo‘linadi. Chang donasining yetilishi va tuzilmasidagi o‘zgarishlar: Chang donachalari tetradadan ajralgach, ularning har biri mustaqil rivojlanishni davom ettiradi. Dastlabki haploid chang donachasi mitoz yo‘li bilan bo‘linib, ikkita hujayrani – vegetativ va generativ hujayralarni hosil qiladi. Vegetativ hujayra chang donasining asosiy hajmini tashkil etadi va chang naychasini hosil qiladi. Generativ hujayra esa yana bir marta mitoz bo‘linib, ikkita erkak gameta hosil qiladi. Chang donachasi pishib yetilgach, changchi uyachalari yorilib, chang donalari tashqariga chiqadi. Ular havoga yoki changlovchi agentlarga
Доказательный фрагмент
«This scientific work highlights the structure of the androecium in flowering plants, the stages of pollen grain development, and the process of microsporogenesis.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific work highlights the structure of the androecium in flowering plants, the stages of pollen grain development, and the process of microsporogenesis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Androecium, pollen grain, microsporogenesis, flowering plants, sexual, Androtsey, mikrosporagenez, changchi boshi, jinsiy ko‘payish, urug‘lanish, mikrosporangiy, gulli o‘simliklar, chang donachasi
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025