Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TILSHUNOSLIGIMIZDA KOD TUSHUNCHASI VA ANTROPOSENTRIK PARADIGMA
Maxamatova Maxliyo
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maqollardagi lingvomadaniy kodlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Lingvomadaniy kodlar haqida tushunchalar. Lingvomadaniy kodlarning o‘rganilishi. Tilshunosligimizda lingvomadaniy kodlarning ifodalanishi haqida umumiy ma’lumotlar beriladi. Kalit so‘zlar. Kod, lingvomadaniy kod, antroposentrizm, lisoniy ong, lisoniy yondashuv. Tilshunoslikda antropotsentrik paradigma rivoji bilan tilga muloqot yoki olamni idrok vositasigina emas, o‘zi tegishli bo‘lgan millatning madaniy kodlari yig‘indisi sifatida ham qarash mustahkamlanib bormoqda. Lingvomadaniyatshunoslik fanga lingvomadaniy birlik, lingvomadaniyat, lingvomadaniy hamjamiyat, milliy-madaniy konnotatsiya, madaniy sema, pretsedent birliklar, lisoniy ong, olamning lisoniy manzarasi, olamning qadriyatli manzarasi kabi bir qator yangi tushunchalarni olib kirdi. Ular qatorida madaniyat kodlari tushunchasi alohida mavqega ega1. Darhaqiqat, til millat mentalitetiga ko‘prik vazifasini o‘tashi mumkin. Tilning turg‘un birliklarida yashiringan madaniyat kodlarini aniqlash va to‘g‘ri talqin eta olish to‘laqonli kommunikatsiyaga kirishishning shartiga aylanadi. Zero, til va madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liq, kognitiv jarayonlar barcha insonlar uchun umumiy bir xil bo‘lgani holda, umumbashariy til ham, umumbashariy madaniyat ham mavjud emas. Shu bois olamni qabul qilish, kategoriyalashtirishda madaniyatlar, demakki, tillar o‘rtasida o‘ziga xos farqlar mavjud. V.M.Savitskiy yapon yozuvchisi I.Takubokuning “qumli sohilda yosh kelgan ko‘zlarini artmasdan dengiz qisqichbaqasini o‘ynatib o‘tirgani”2 tasvirlangan she’ri yaponlar uchun vatanni ifodalovchi juda ta’sirli vosita bo‘lib xizmat qilishini, rus millati uchun esa dengiz qisqichbaqasining chayondan aytarli farqi yo‘qligi, uning bunday ma’noni tashiy olmasligini bayon etadi3. Xuddi shuningdek, o‘zbek shoiri M.Yusufning ona Vatanga muhabbat aks etgan “Parijning eng go‘zal restoranlarin//Bitta tandiringga alishmasman men” misralari o‘zga lingvomadaniyat vakili tomonidan o‘zgacha talqin etilishi mumkin. Bunda tandir milliylik ruhiyati aks etgan realiya bo‘lib, uning o‘zga yurt restoranlaridan ustun qo‘yilishi orqali Vatanga muhabbat tuyg‘usi ifodalangan. Ma’lumki, kod va belgi tushunchalari belgilarni o‘rganuvchi fan – semiotikaning markaziy tushunchalari hisoblanadi. “Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi”4. Dastlab matematika va informatika fanlari doirasida keng qo‘llanilishda bo‘lgan kod tushunchasi gumanitar sohalarda ham qo‘llanila boshlandi. Bunda belgilik xarakteriga ega til hamda madaniyat alohida ahamiyatga ega. Ular belgilar vositasida xalqning tajribasi va me’yorlarini kelgusi avlodga yetkazadi. 1 Худойберганова Д. Лингвокультурологияда маданий код тушунчаси ва талқини//Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2019. – № 3. – Б. 15. 2 Савицкий В.М. Лингвокультурные коды: к обоснованию понятия // Вестник Московского государственного областного университета. Серия: Лингвистика. №2. – С. 57. 3 Савицкий В.М. Ўша ерда. 4 Нурмонов А. Танланган асарлар. 3 жилдлик. 1-жилд. – Тошкент: Академнашр, 2012. – Б. 57. 607 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Kod haqida gapirganda muhim bir jihat e’tiborga olinishi lozim – kodlashtirilgan axborot – shifrlangan axborotdir, bunda deshifrovka bosqichi bo‘lishi shart. Bu borada M.L.Kovshovaning izohi diqqatga sazovor: “Semiotikada kod belgilar sinfini hamda ularning interpretator tomonidan “o‘qilish” qoidalarini ifodalaydi, ular, o‘z navbatida, u yoki bu sohadagi bilim, u yoki bu madaniyat bilan, interpretatorning kompetensiyasi bilan shartlangan bo‘ladi. Shunday qilib, semiotikada belgi hamda uni mazmunan to‘yintiruvchi, interpretator uchun shifrlangan axborotni “o‘qish” imkonini beruvchi kod ajratiladi”5. Masalan, xitoylarda qizil rang omad va xursandchilik ramzi hisoblanadi 6 . Ammo rus madaniyati stereotiplariga ko‘ra ahmoqning yoqtirgan rangi qizildir. Qizil qalpoq, qizil kiyim, qizil etik uning doimiy hamrohlari ekaninini rus tilidagi bir qator maqol va ertak motivlari tasdiqlaydi7. Ko‘rinadiki, madaniyat kodlarini dekodlash lingvomadaniy kompetensiyani talab etadi. N.F.Alefirenko obraz, tasavvur va tushunchalarni olamning intellektual-emotiv interpretatsiyasi aks etgan mantiqiy-epistemologik strukturalar sifatida ta’riflaydi. Konsept lisoniy belgining paydo bo‘lishiga asos hisoblanadi, chunki konseptual yukni tashish, ifodalash va boshqa odamlarga etkazish uchun belgi kerak bo‘ladi8. Turli belgilar alohida fan sohalarida hamda kundalik turmushda keng qo‘llanadi. Inson o‘z olamini belgilar bilan to‘ldirib borishining sababi axborotni ixcham qobiqda etkazish, tejamlilikka intilishda, deb hisoblash mumkin. Axborotni hajman kichik bo‘lgan shartli birliklar – kodlar bilan ifodalashi uning hayot kechirishida va kommunikatsiyaga kirishuvida universal vosita bo‘la oladi. Shunday qilib, semiosfera inson hayotida katta ahamiyatga ega. Insonning universal semiosferasida asosiy kod bu tildir9. Ya’ni til orqali har qanday se
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maqollardagi lingvomadaniy kodlar haqida ma’lumotlar keltiriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maqollardagi lingvomadaniy kodlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lisoniy ong, antroposentrizm, lisoniy yondashuv., Kod, lingvomadaniy kod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024