Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ADVOKATURA VA ADVOKATLIK FAOLIYATINING MUSTAQILLIGI: HUQUQIY ASOSLAR VA KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLAR
Qoraboyev Boburjon Baxtiyor o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются правовые основы независимости адвокатуры и адвокатской деятельности, их отражение в национальных и международных нормах, а также значение в правоприменительной практике. Подчеркивается, что в Республике Узбекистан независимость института адвокатуры была закреплена на конституционном уровне, что стало важным шагом в развитии правовой системы. В статье анализируются нововведения, закрепленные в указе Президента, направленные на либерализацию адвокатской деятельности, расширение профессиональной свободы и укрепление статуса адвоката как равноправного участника судопроизводства. Также рассматриваются международные стандарты, в частности, Основные принципы ООН по роли адвокатов, подчеркивающие глобальное значение независимости адвокатуры. Статья раскрывает роль независимой адвокатуры в обеспечении верховенства закона и защиты прав человека. Ключевые слова: Адвокат, адвокатура, принцип независимости, конституционное право, правовые основы, юридическая помощь, указ Президента, принципы ООН, профессиональная свобода, статус адвоката, палата адвокатов, законодательные реформы, право на защиту. Advokatura va advokatlik faoliyati mustaqiligi – advokatlarning va ular a’zo bo’lgan huquqiy tuzilma va tashkilotlarning o’z faoliyatini erkin, mustaqil, har qanday aralashishlardan holi, qonuniy ravishda amalga oshirish imkoniyatidir. Bu mustaqillik advokatlarni huquqiy himoya qilish, advokat tomonidan ishonch bildiruvchi hamda himoya ostidagi shaxs manfaatlarini erkin va maksimal ifoda etishda namoyon bo’ladi. 537 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Mustaqillik prinsipi – Advokatura va advokatlik faoliyatiga hech kimning xususan, davlat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlari, mansabdor shaxslarning har qanday aralashuvi taqiqlanishidir. Mustaqillik prinsipi advokatning o’zi ishtirok etayotgan ish doirasidagina emas, avval himoyachi yoki vakil sifatida ishtirok etgan ishlar yuzasidan ham har qanday bosimlardan va tashqi ta’sirlardan himoyalanganligida namoyon bo’ladi. Advokat Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda hech qanday buyruq, ko'rsatma va boshqa narsalar bilan bog'liq bo'lishi mumkin emas. Advokatlar hamjamiyati organlari va boshqa tashqi omillar himoya shakllari va usullarini tanlashda yoki boshqa turdagi yuridik yordam ko’rsatishda, agar u qonunga zid bo'lmasa, mustaqil shaxs sifatida harakat qilishi, faqat qonunga va himoya ostidagi shaxsning irodasiga asoslanishi kerak1. Xususan, O’zbekiston Respublikasida “Advokat jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kasbiy vazifalarini qonun hujjatlari doirasida mustaqil bajaradi”2. Shuni inobatga olish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga Advokaturaga oid bobning kiritilishi bu sohadagi eng yirik yutuq sifatida qayd etilishi kerak. 2023-yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Prokratura, Sud va boshqa tuzilmalar haqida boblar hamda aniq normalar bor bo’lsada Advokatura uchun bunday imkoniyat berilmagan edi. 1992-yildagi Konstitutsiyamizning 116-moddasida “Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi” 3 degan mazmundagi birgina norma mavjud bo’lgan. Ushbu nora afsuski to’g’ridan-to’g’ri Advokaturaga emas balki ayblanayotgan shaxsning himoya huquqi bilan ta’minlash masalalariga qo’shilib ketgan. Konstitutsiyasiga yangi bob kiritilishi Advokatura va advokatlarning faoliyati mustaqilligini ta’minlash orqali advokatlarning sud va boshqa davlat organlaridan holis va erkin bo’lishini kafolatlaydi, advokatlarning o'z yuridik va jismoniy shaxslarni himoya qilishda to’g’ri va adolatli harakat qilishlariga imkon yaratadi. Konstitutsiya normalarining to’g’ridan-to’g’ri amal qilishi va oliy kuchga egaligidan kelib chiqilsa, qonunchilikda kelib chiqishi mumkin bo’lgan, advokatlarning huquq va manfatlarini cheklovchi normalarni rad etish imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 141-moddasi birinchi qismiga ko’ra “Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi”. Ushbu norma Advokaturaning mamlakatimiz qonunchiligidagi aniq o’rnini belgilab berish qatorida, uni Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkilotlari bilan bir darajaga olib chiqadi, ular o’rtasidagi tenglikni ta’minlaydi. Moddaning ikkinchi qismida “Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi” deyiladi. Ushbu jumlalar O’zbekiston Respublikasi “Advokatura to’g’risida”gi qonunning 4-moddasi keltirilgan Advokatura o‘z faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshirishiga oid prinsiplarni yanada mustahkamladi. 1 В
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются правовые основы независимости адвокатуры и адвокатской деятельности, их отражение в национальных и международных нормах, а также значение в правоприменительной практике.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются правовые основы независимости адвокатуры и адвокатской деятельности, их отражение в национальных и международных нормах, а также значение в правоприменительной практике. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Адвокат, адвокатура, принцип независимости, конституционное, mustaqillik prinsipi, qonunchilik islohotlari, Advokat, advokat maqomi, BMT tamoyillari, advokatlar palatasi, Prezident farmoni, yuridik yordam, huquqiy asoslar, professional erkinlik, himoya huquqi., advokatura, konstitutsiyaviy huquq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024