К содержанию
РецензированоUZ2026

“HUMOYUNNOMA” ORQALI BOBUR SIYMOSI VA TEMURIYLAR DAVRI MANZARALARI

Alisherova Asilabonu Absalomovna · Norkulova Shaxnoza Tulkinovna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va qizi Gulbadadanbegimning otasiga atab yozgan asari “Humoyunnoma” haqida mulohazalar yuritiladi. Asarda XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi Movarounnahr, Afg‘oniston, Hindistonning siyosiy, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayoti haqida so‘z borgan. Kalit so‘zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, maqollar, Balx, Temuriylar, Hindiston, Boburnoma, Humoyunnoma, Gulbadanbegim, Shayboniyxon. Buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon shahrida tavallud topgan. Temuriylar sulolasiga mansub bo‘lgan Bobur 12 yoshida taxtga o‘tiradi. Yoshligidan buyuk orzular bilan katta bo‘lgan ayniqsa, bobosi Amir Temurdek Hindistonni zabt etishni maqsad qilgan. Uning eng mashhur asari “Boburnoma” bo‘lib, Bobur unda o‘z hayoti, yurishlari, janglari, tabiati va odamlar haqida yozib qoldirgan. Bobur she’riyatga ham juda qiziqqan, fors va turkey tilda g‘azallar va ruboiylar yozgaan. Bobur Hindistonni zabt etibgina qolmay, u yerda madaniyat va adabiyot rivojiga ham hissa qo‘shgan. U tabiatni juda sevgan va “Boburnoma” da gular, daraxtlar, daryolar haqida ajoyib ta’riflar qoldirgan. “Humoyunnoma” Boburning qizi Gulbadanbegim tomonidan yozilgan. “Humoyunnoma” asari o‘z mohiyatiga ko‘ra tarixchilar va temuriylar sulolasining taqdiri bilan qiziquvchilar uchun muhim va qimmatli manba hisoblanib uning muallifi Gulbadanbegimning ta’kidlashiga ko‘ra bu kitobda o‘zining shaxsiy kuzatuvlari va atrofdagilarning ko‘rgan bilganlari haqida yozib qoldirgan. Bu kitobning boshida Boburning boshdan kechirganlari haqida yozib qoldirgan. Garchi bu ma’lumotlar “Boburnoma” da keltirilgan bo‘lsa ham, Gulbadanbegim uning tabarruk va saodatli xotirasiga xurmat-izzat yuzasidan yozadi. Bu kitobda Boburning qilgan yurishlari, boshidan kechirganlari, mardligi va sabr toqatligi haqida aytib o‘tilgan. Amir Temur zamonidan to Bobur zamonigacha hech bir podsho ularga teng kelolmagan. Bundan tashqari asarda Xonzodabegimning o‘z inisiga sadoqati va shijoatliliga ham guvoh bo‘lamiz. Asarda Shayboniyxon Boburdan Xonzodabegimning qo‘lini so‘raydi. Xonzodabegim Shayboniyxonga turmushga chiqsagina o‘rtadagi nizolar bartaraf etilishi mumkin edi. Ammo Bobur bunga rozi bo‘lmaydi. Xonzodabegim esa inisining kelajagi, yurt tinchligi uchun bunga rozi bo‘ladi va Shayboniyxonga turmushga chiqadi. Bobur mard, shijoatli, samimiy inson edi. Unga yomonlikni ravo ko‘rganlarga ham u parvo qilmaydi. Masalan, Bobur yurtidan olisda qochib yurgan paytlarda Xusravshox uni beandishalik va dag‘allik bilan viloyatidan chiqarib yuradi. Mardlik, insoniylik va muruvvat namunasi bo‘lgan Bobur undan qasos olish payida bo‘lmaydi, aksincha, javohir va tilla buyumlarni qancha ko‘ngli tilasa olsin deb buyuradi. 531 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Boburning farzandlari ko‘p edi. U 17 yoshga kirganida Sulton Ahmad mirzoning qizi Oysha Sulton begimdan bir qiz farzandli bo‘ladi. Lekin chaqaloq bir oy ham yashamaydi. Bobur Kobulni bosib olgandan so‘ng esa 18 farzandli bo‘ladi. Avval Mohimbegimdan Xumoyun podshoh, Borbo‘l mirzo, Mehrjonbegim, Eshon Davlat begim va Forux mirzolar dunyoga kelishadi. Undan so‘ng Sulton Ahmad mirzoning qizi Ma’sumabegimdan bir qizaloq tug‘iladi, ammo tug‘ruq vaqti onasi vafot etib, qizaloqqa uning ismi qo‘yiladi. So‘ng Dildorbegimdan Gulrangbegim, Gulchehrabegim, Xindol Mirzo, Gulbadanbegim va Olur Mirzolar tug‘iladi. Xulosa shuki Kobulning olinishini yaxshilikga yo‘yishgandi. Hamma farzandlar Kobulda tug‘ildilar. Xo‘stda Mohimbegimdan Mehrjonbegim va Dildorbegimdan dunyoga kelgan Gulrangbegimlardan boshqasi Kobulda tug‘ilgan edi. Asarda ajoyib ruboiy keltirilgan, ya’ni Sherxonga javob tariqasida; Garchi oynada o‘zingni ko‘rursen, Lek ayriliqni o‘zingdan ko‘rursen. O‘zingni go‘yo begonadek ko‘rish ajibdur, Bu ajoyibot faqat Xudoning ishi. Bunda Bobur inson oyna qarshisida o‘zini ochiq oydin ko‘rishini va o‘zligini oson anglab olishini ta’kidlaydi. Ruboiyning ikkinchi satrida keltirilgan, “ayriliq” – hayotdagi g‘am tashvish , jismoniy yoki ma’naviy ayriliq, dunyo tashvishlari va muammolardir. Bobur bunda odam bularni tashqaridan izlamasdan, o‘z qalbidan, o‘zining ichki holatidan izlashi kerakligini aytadi. Uchinchi satrida esa, odam ba’zan o‘zini-o‘zi tanimay qolishi, o‘zligini yo‘qotib begonalashishi, hayotda notanish bo‘lib qolishi mumkinligi ta’kidlangan. To‘rtinchi satrda esa inson hayotdagi bu g‘ayrioddiy holatlardan o‘ziga begonalishish, ayriliq, o‘zini oynada ko‘rib turib, ichki dunyoda boshqa holatda bo‘lish- bu Xudoning hikmati, imtihoni, sinovi ekanligi ta’kidlangan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak ruboiy insonning ichki kechinmalari, o‘z- o‘zini anglash va hayotdagi sinovlar haqida. Shoir bunda, inson tashqi dunyoni emas, ichki dunyoni tozalashi, ayriliq va g‘amni o‘zidan izlab, o‘zini anglash orqali ruhiy halovat topishi haqida bayon etadi. Ey darig‘o,ey darig‘o,ey darig‘, Oftob Nixon bo‘ldi ortida tig‘. Bu satrlar voqeaga lirizm va falsa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va qizi Gulbadadanbegimning otasiga atab yozgan asari “Humoyunnoma” haqida mulohazalar yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va qizi Gulbadadanbegimning otasiga atab yozgan asari “Humoyunnoma” haqida mulohazalar yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shayboniyxon., Hindiston, Zahiriddin Muhammad Bobur, maqollar, Temuriylar, Gulbadanbegim, Boburnoma, Balx, Humoyunnoma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники