К содержанию
РецензированоUZ2026

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNING HUQUQIY ASOSLARI VA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA JARAYONLARI: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL

QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL · Mirgulshanbekov Xiloliddin O‘ktamjon o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 52-54 · 2026

Аннотация

This article provides a comparative-legal analysis of the legal foundations of foreign economic activity and regional integration processes in Central Asian countries. The article highlights the national and international legal systems of Central Asian countries in the context of economic globalization, the role of the state in regulating foreign economic activity, and the place of cooperation with international economic organizations. The research results demonstrate the importance of state policy in legally harmonizing the foreign economic activities of Central Asian countries and ensuring regional economic stability. Keywords: Central Asia, legal regulation, trade policy, economic security, World Trade Organization (WTO), investment, foreign economic activity, cooperation, international agreement. Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining jadallashuvi davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Ayniqsa, strategik geografik joylashuvi, boy tabiiy resurslari va o‘zaro bog‘liqligi bilan ajralib turadigan Markaziy Osiyo mintaqasi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) milliy taraqqiyot va barqarorlikning asosiy 519 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 omillaridan biri hisoblanadi. Mustaqillikka erishganidan keyin bu davlatlar tashqi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish va tartibga solish yo‘lida o‘ziga xos huquqiy tizimlarni yaratishga kirishdilar. Shu bilan birga, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik, erkin savdo shartnomalari, investitsion muhitni yaxshilash va mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol qo‘shilish ham dolzarb ahamiyat kasb etdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatiga oid huquqiy asoslar turlicha yondashuvlar asosida shakllanayotgan bo‘lsa-da, umumiy mintaqaviy manfaatlar ularda integratsion harakatlarni kuchaytirishga zamin yaratmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, tashqi iqtisodiy qonunchilikni uyg‘unlashtirish, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash va hududiy barqarorlikni mustahkamlashni talab etadi. Mazkur maqola doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy asoslari, bu sohadagi davlat roli va funksiyalari, milliy qonunchilik tizimlarining o‘zaro qiyosiy-huquqiy tahlili hamda mintaqaviy integratsiya jarayonlari atroflicha tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning huquqiy jihatlari va bu hamkorlikning milliy qonunchilikka ta’siri ham yoritib beriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) — bu davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy sheriklar bilan amalga oshiradigan iqtisodiy munosabatlarining majmui bo‘lib, u savdo, investitsiya, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va boshqa ko‘rinishlardagi transchegaraviy aloqalarni o‘z ichiga oladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat — milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlaydigan vosita bo‘lib, u mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, chet el investitsiyalarini jalb etish va xalqaro iqtisodiy tizimda faol ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi. Huquqiy nuqtai nazardan, tashqi iqtisodiy faoliyat — bu davlat tomonidan belgilangan me’yoriy-huquqiy asoslar doirasida amalga oshiriladigan va xalqaro huquq qoidalari bilan muvofiqlashtiriladigan faoliyatdir. U ikki bosqichli huquqiy tartibga solishga ega: Milliy darajada — TIF davlat tomonidan ichki qonunchilik asosida tartibga solinadi. Bu qonunchilikka, odatda, tashqi savdo, bojxona, valyuta, investitsiyalar, eksport-import operatsiyalari, raqobat, intellektual mulk va xalqaro shartnomalar bilan bog‘liq normativ- huquqiy hujjatlar kiradi. Xalqaro darajada — TIF xalqaro shartnomalar, konvensiyalar, bitimlar hamda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning qoidalari orqali tartibga solinadi. Bu yerda Jahon savdo tashkiloti (WTO)1, BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD)2, Xalqaro valyuta fondi (IMF)3 va boshqa xalqaro institutlarning o‘rni muhimdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tabiati uni boshqa iqtisodiy faoliyat turlaridan ajratib turadi. Birinchidan, bu faoliyat xalqaro elementga ega bo‘lib, chet el fuqarolari, kompaniyalari yoki xorijiy davlatlar ishtirokini nazarda tutadi. Ikkinchidan, u davlat suvereniteti va iqtisodiy xavfsizlik masalalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tashqi iqtisodiy operatsiyalar ustidan nazorat qilish davlatning ustuvor funksiyalaridan biri hisoblanadi. Uchinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatda turli xil huquq sohalari (fuqarolik huquqi, iqtisodiy huquq, bojxona huquqi, moliya huquqi, xalqaro xususiy huquq va xalqaro iqtisodiy huquq) kesishadi. Shu sababli, TIFga oid huquqiy munosabatlar kompleks huquqiy xarakterga ega bo‘lib, unda ichki va xalqaro normativlar o‘zaro uyg‘unlikda ishlashi kerak. 1 https://www.wto.org/ 2 https://unctad.org/ 3 https://www.imf.org/en/Home 520 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Masalan, eksport shartnomasi tuzishda tomonlar o‘zaro muvofiqlashtirilgan huquqiy tizimlarga amal qilishadi; bu shartnomaga m

Доказательный фрагмент

«This article provides a comparative-legal analysis of the legal foundations of foreign economic activity and regional integration processes in Central Asian countries.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides a comparative-legal analysis of the legal foundations of foreign economic activity and regional integration processes in Central Asian countries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Central Asia, legal regulation, trade policy, economic security, World Trade, huquqiy tartibga solish, Jahon savdo tashkiloti (WTO), Markaziy Osiyo, iqtisodiy xavfsizlik, hamkorlik, savdo siyosati, tashqi iqtisodiy faoliyat, xalqaro shartnoma., investitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники