К содержанию
РецензированоRU2026

FAYZULLA XO‘JAYEVNING DAVLATCHILIK QARASHLARI

Haqqulov Mehriddin Yunusovich · Buxoro jumhuriyati · O‘zbekiston SSR

Современная наука и исследования · 2 · 112- 114 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Fayzulla Xo‘jayevning hayoti va ijodini o‘rganish, Buxro amirligi davrida yaratilgan ilm fan sohasidagi ulkan o‘zgarishlarni ilmiy tahlil qilishga bag’ishlangan. Buxoro Sovet Respublikasi tashkil topishida Fayzulla Xo‘jayevning qarashlarini hamda davlat boshqaruvi faoliyatini o‘rganishga О‘rta Osiyo xalqlari tarixini har tomonlama о‘rganishda Buxoro amirligi davrini tadqiq etish bilan bog‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar. Fayzulla Xo‘jayev, О‘rta Osiyo, SSR hukumati, “Yosh buxoroliklar”, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, O‘zSSR MIK, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Germaniya, BXSR, Buxoro jumhuriyati, O‘zbekiston SSR, Moskva Kirish. Sobiq sovet ittifoqi davrida bir qator o‘zbek ma’rifatparvarlari va taraqqiyparvarlari milliy davlatchilikni barpo etish yo‘lidagi xatti-harakatlari uchun qatag‘on qurboniga aylandi. Ular qatorida 13 yil O‘zbekiston SSR hukumatini boshqargan Fayzulla Xo‘jayev ham millat taraqqiyoti yo‘lidagi harakatlari sabab tazyiqqa uchradi. “Xalq dushmani” tamg‘asini olgan bu kabi fidoyilarning nafaqat o‘zi, balki oilasi, farzandlari ham azob-uqubatga giriftor qilingan, qora otliqqa, aybsiz aybdorga chiqarilgan. Fayzulla Xo‘jayev otasidan qolgan boylikni yangi usul maktablari ochish va “Yosh buxoroliklar” partiyasining siyosiy faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlashga sarfladi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil qilinganidan so‘ng barcha sohalarda o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Qisqa muddat ichida Buxoroda demokratik islohotlar joriy qilindi. Hukumat siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lgan aholi maishiy turmushini yaxshilash bilan bog‘liq ishlar shaharsozlik madaniyatining rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi. Hukumat Buxoro ko‘chalariga tosh yotqizish, transport yo‘llarini tartibga keltirish borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Fayzulla Xo‘jayevning yangi usul maktablari ochish uchun qilgan ishlari uning ma’rifatparvarlik va ilm-fan taraqqiyotiga qaratilgan asosiy faoliyatlaridan biridir. O‘sha davrning jadidlik harakati tarafdorlari sifatida Xo‘jayev va uning hamfikrlari an’anaviy ta’lim tizimini zamon bilan hamnafas etish, yosh avlodni yangi ilmiy va madaniy bilimlar bilan qurollantirish maqsadida jiddiy ishlar olib bordi. Fayzulla Xo‘jayev asos solgan yangi maktablar an’anaviy madrasalar bilan ta’lim metodlari va yo‘nalishlari jihatidan farqlanar edi. Jumladan, ularda zamonaviy fanlar, xorijiy tillar hamda fanlarni o‘qitishning yangi pedagogik usullari joriy etilgandi. Fayzulla Xo‘jayevning ushbu faoliyati nafaqat ta’lim sohasiga yangilik kiritish, balki milliy uyg‘onish va siyosiy mustaqillikni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qilgan. U o‘z faoliyati orqali O‘zbekistonning ijtimoiy-madaniy hayotidagi muhim o‘zgarishlarga turtki berib, bu boradagi tashabbuslari bilan yanada taniladi. Yirik siyosatchi va davlat arbobi nomini abadiylashtirish uchun u istiqomat qilgan uyga Vazirlar Mahkamasining “2017-2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari to‘g‘risida”gi qarori asosida bu go‘sha “Boy savdogar xonadoni uy-muzeyi” nomi bilan faoliyat yurita boshladi. Keyinchalik hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, majmua “Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi” deb qayta nomlandi. Ayni paytda u yerda besh yuzdan ziyod eksponat bor. 498 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Ta’kidlash joizki, Fayzulla Xo‘jayevning siyosiy va ma’rifatparvarlik faoliyati o‘tgan asr- ning boshlarida O‘zbekistonning siyosiy maydonida sodir bo‘lgan murakkab va keskin o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keladi. Fayzulla Xo‘jayev g‘oyat og‘ir sharoitlarda ishlab, millatning ma’naviyatini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini e’zozlash borasida katta ishlarni amalga oshirgan edi. Bugungi Yangi O‘zbekiston sharoitida Fayzulla Xo‘jayev kabi insonlarning tarixiy xizmatlarini yodga olish har jihatdan foydali bo‘ladi. Jadidlarning bizga meros bo‘lib qolgan ilm- u ma’rifatga undovchi asarlari va g‘oyalari hozirgi davr manfaatlariga hamohang bo‘lsa, ularning hayoti va ijodi bilan chuqurroq tanishish yosh avlodning millatparvar bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Keyinchalik Qirgʻizistonga majburan koʻchirilgan. Fayzulla Xoʻjayev davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsist, jurnalist sifatida samarali ijod qilgan. Oʻzbek va rus tillarida oʻzidan boy ilmiy meros qoldirgan. 1925—1937-yillarda uning 16 ta kitobi va 200 dan ortiq maqolalari nashr qilingan. Xoʻjayevning „Buxoro inqilobining tarixiga materiallar“ (1926), „Buxorodagi revolyutsiya va Oʻrta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir“ (1932) kitoblari, „BXSRdagi iqtisodiy ahvol“ (1924), „Yosh buxoroliklar toʻgʻrisida“ (1926), „Jadidlar“ (1926), „Bosmachilik“ (1930) maqolalarida Oʻzbekiston tarixining XX asr 1-choragidagi jiddiy muammolar koʻrsatilgan Fayzulla Xo‘jayev XX asr birinchi yarmida xalqimizning eng mashhur davlat va jamoat arbobi sifatida tarix sahifalaridan o‘rin egallagan. Ammo uning hayoti ham faoliyati singari ziddiyatli va murakkabli kechgan. Fayzulla Xo‘jayev haqida ko‘pchilik biladi, faqat uni

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Fayzulla Xo‘jayevning hayoti va ijodini o‘rganish, Buxro amirligi davrida yaratilgan ilm fan sohasidagi ulkan o‘zgarishlarni ilmiy tahlil qilishga bag’ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Fayzulla Xo‘jayevning hayoti va ijodini o‘rganish, Buxro amirligi davrida yaratilgan ilm fan sohasidagi ulkan o‘zgarishlarni ilmiy tahlil qilishga bag’ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Afg‘oniston, BXSR, Buxoro jumhuriyati, Eron, Buxoro Xalq Sovet Res-publikasi, O‘zbekiston SSR, SSR hukumati¬, Moskva., Turkiya, O‘zSSR MIK, Germaniya, “Yosh buxoroliklar”, О‘rta Osiyo, Fayzulla Xo‘jayev
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники