Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA MASOFAVIY TA’LIMNI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA 7S MODELINING AHAMIYATI
MODELINING AHAMIYATI · Nurmetova Nazokat Baxtiyorovna · Masharipova Durdona Raximbergan qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
In recent years, fundamental changes have been taking place in the education sector in Uzbekistan. Especially since the pandemic, the demand for distance learning has increased, and new approaches have emerged in this direction. Modern management models, in particular the 7S model developed by McKinsey, are of great importance in the effective organization and continuous development of distance learning. This article analyzes how the 7S model is used in distance learning and its impact on efficiency. Keywords: distance learning, ICT, McKinsey, 7S model, Learning Management System, Digital education, Digital transformation in education, 7S model factors. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taraqqiyoti natijasida ta’lim sohasida keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Xususan, masofaviy (distansion) ta’lim — ta’lim jarayonini fazoviy va vaqt chegaralaridan mustaqil holda tashkil qilish imkonini beruvchi o‘qitish shakli — bugungi kunda global miqyosda keng tatbiq etilmoqda. Masofaviy ta’lim – bu o‘quvchi va o‘qituvchi bir-biridan geografik jihatdan uzoqda bo‘lgan holatda axborot texnologiyalari orqali ta’lim jarayonini olib borishga asoslangan ta’lim shaklidir. Masofaviy ta’limda asosiy vosita bu – Learning Management System (LMS) deb nomlanuvchi raqamli platformalardir. Bu platformalar orqali o‘quv materiallarini yetkazish, topshiriqlarni nazorat qilish, baholash va muloqot jarayoni amalga oshiriladi. 452 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Shu bilan birga, UNESCO, OECD kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan ham masofaviy ta’limning iqtisodiy samaradorligi, ta’limga kirish imkoniyatini kengaytirishi va moslashuvchanligi yuqori baholanadi. Biroq, masofaviy ta’limda sifat, motivatsiya, pedagogik yondashuv va infratuzilma kabi omillar asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham 2020-yildan boshlab masofaviy ta’lim shakli keng ommalasha boshladi. Bu boradagi islohotlar, xususan, "Raqamli ta’lim" konsepsiyasi, "Ta’limda raqamli transformatsiya" loyihalari orqali ta’lim tizimini zamonaviylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Biroq, masofaviy ta’limning samaradorligini oshirish nafaqat texnik ta’minot, balki boshqaruv, motivatsiya, pedagogik metodlar va kadrlar salohiyati bilan ham bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, tashkilotlarni samarali boshqarishga qaratilgan zamonaviy menejment modellaridan biri — 7S modeli (McKinsey 7S Framework) ta’lim sohasida, xususan, masofaviy ta’limni tashkil etishda ham muhim metodologik vosita bo‘la oladi desam mubolag’a bo’lmaydi. Tizimlar Strategiya Tuzilma Ko’nikmalar Umumiy qadriyatlar 7S MODELI OMILLARI Boshqaruv uslubi Xodimlar, kadrlar Ushbu omillar o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, tashkilot ichki muhitini tahlil qilish va yaxshilashda qo‘llaniladi. Masofaviy ta’limda bu modelni qo‘llash orqali ta’lim jarayonining har bir tarkibiy qismini chuqurroq o‘rganish va samarali strategiyalar ishlab chiqish mumkin. 1. Strategiya (Strategy) Masofaviy ta’limda aniq va uzoq muddatli strategiya zarurdir. O‘zbekiston ta’lim tizimida raqamli transformatsiyaga asoslangan, infratuzilmaviy takomillashtirishni ko‘zlagan strategiyalar ishlab chiqilishi lozim. Har bir oliy o‘quv yurti va ta’lim markazi o‘zining raqamli o‘quv strategiyasiga ega bo‘lishi kerak. 2. Tuzilma (Structure) 453 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Masofaviy ta’lim uchun moslashtirilgan tashkiliy tuzilma yaratish juda muhim. Raqamli markazlar, IT bo‘limlar, masofaviy o‘qituvchilar guruhlari va texnik yordam xizmatlari mavjud bo‘lishi zarur. Ushbu tuzilmalar masofaviy ta’lim jarayonini uzluksiz va samarali olib borishga xizmat qiladi. 3. Tizimlar (Systems) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, Learning Management System (LMS) kabi tizimlar orqali darslarni boshqarish — masofaviy ta’limning asosiy poydevoridir. Moodle, Google Classroom, Microsoft Teams kabi platformalarning integratsiyasi va doimiy yangilanishi talab etiladi. 4. Umumiy qadriyatlar (Shared Values) Talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida masofaviy ta’limning ahamiyati to‘g‘risida umumiy qarashlar shakllanishi kerak. O‘zaro ishonch, raqamli madaniyat, akademik halollik kabi qadriyatlarni mustahkamlash orqali masofaviy ta’lim sifatini oshirish mumkin. 5. Boshqaruv uslubi (Style) Raqamli ta’limda yetakchilik uslubi an’anaviy ta’limdan farq qiladi. Boshqaruvchilarning ochiqligi, innovatsiyalarga tayyorligi, hamkorlikka asoslangan boshqaruv madaniyati masofaviy ta’limda alohida o‘rin tutadi. 6. Xodimlar (Staff) Masofaviy ta’limni samarali yuritish uchun malakali o‘qituvchilar va texnik xodimlar zarur. Ularning raqamli savodxonligi, yangi platformalarni o‘zlashtirish ko‘nikmasi, darsni interaktiv olib borish malakasi rivojlantirilishi kerak. 7. Ko‘nikmalar (Skills) Talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida texnologiyalardan foydalanish, muammolarni yechish, tanqidiy fikrlash kabi zamonaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish zarur. Bu masofaviy ta’lim samaradorligini oshirishd
Доказательный фрагмент
«In recent years, fundamental changes have been taking place in the education sector in Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn recent years, fundamental changes have been taking place in the education sector in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- distance learning, ICT, McKinsey, 7S model, Learning Management System, 7S modeli, 7S model omillari., Ta’limda raqamli transformatsiyalar, masofaviy ta’lim, AKT, Raqamli ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025