К содержанию
РецензированоUZ2024

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIVLIK QOBILIYAT ASOSIDA IQTISODIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH

AMIRQULOV AZAMJON · ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ФОРМИРОВАНИЯ (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

Keywords: primary Annotation. This article presents information on the need school student, to form economic knowledge of primary school students creative approach, based on a creative approach, the pedagogical foundations economic education, of this process and the content of influencing factors. It also economic education, covers the analysis of scientific research works and the economic knowledge, content of the stages of forming initial economic economic culture. knowledge in students. Theoretical analyses conducted by many researchers show that the concepts of “economic education”, “economic upbringing”, “economic culture”, “education in economics” are used in theoretical and pedagogical practice. These concepts complement each other, which serves as the basis for the formation of economic knowledge in students. 451 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 Kirish (Introduction) O‘zbekiston Respublikasining yangi taraqqiyot bosqichida zamonaviy kreativlik yondashuv asosida iqtisodiy bilimlar uchinchi ming yillikni rivojlantirishning maqsadli mazmuni va global aspektlarini aksettiruvchi vazifalar bilan o‘zaro hamohangdir. Iqtisod fani va ta’limga tegishli zaruriy talablar zamonaviy pedagogika fani va amaliyoti oldiga bir qator o‘ta muhim vazifalarni qo‘yadi va ularga to‘g‘ri yechim topishi yosh avlodni to‘laqonli va sog‘lom turmush tarziga tubdan bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki iqtisodiy bilimlarni olish va qo‘llash jarayonidagi ishga qodirligiga aloqador. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart” [1.72]. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”ligi ta`kidlandi. Iqtisodiyot jamiyat hayotining eng murakkab tizimlaridan biri sifatida oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish qurollari hamda vositalari kabi cheksiz narsalarga umumiy ehtiyojlar va ularni qondirishning usullari mavjudligini gavdalantiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik yondashuv asosida iqtisodiy bilimi albatta iqtisodiy ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Iqtisodiy ta’lim esa integral tavsifga ega bo‘lib, falsafiy,huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik jihatlar bilan bog‘liqlikda rivojlanib boradi. Ilmiy izlanishlar uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida bolalarga iqtisodiy ta’lim berish dinamikasi oddiydan murakkabga tomon, izchil, davomiy bo‘lishi zarurligini ko‘rsatdi. Ta’lim tizimining biror bo‘g‘inida ta’lim sifatining susayishi yoki uzviylikning yo‘qolishi kelgusi bosqichlarda o‘zining noxush sifat o‘zgarishlarini albatta namoyon qiladi. Iqtisodiy ta’lim murakkab integral ta’lim jarayoni hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy iqtisodiy madaniyatning mohiyatini bilish, shu jumladan uni bashorat qilish, shakllantirish, saqlash va mustahkamlash usullarini hisobga olgan holda, insonning ijtimoiy ahamiyatga ega hayotiy qadriyatlarini baholash tizimi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review) Shaxs tomonidan iqtisodiy bilimlar o‘zlashtirilishining falsafiy jihatlari B.Valiyev, L.Jo‘rayev, B.Tolipovlar, psixologik jihatdan esa I.Andreyeva o‘rganishib ilmiy izlanishlarida tadqiq etishgan. Ta’lim – tarbiya jarayonida o‘quvchi-yoshlarning 452 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 iqtisodiy bilimini rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylanib bormoqda [2. 236]. Ma’lumki, o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridan Angliya, Germaniya, Yaponiya, AQSh kabi taraqqiy etgan davlatlarning ta’lim muassasalari o‘quv rejalariga, bolalarni kundalik hayotga tayyorlash maqsadida pul ishlab topish, uni saqlash, mol-mulk yig‘ish, daromadli biznes, tejamkorlik, vaqtni foydali sarflash, irodani mustahkamlash, salomatlikka e’tibor berish, foydali kasbni tanlash va iqtisodiy bilim berish maqsadiga yo‘natirilgan “iqtisodiy pedagogika” fani kiritilgan. Ushbu fan uchun alohida o‘quv dasturi va uslubiy tavsiyalar yaratilgani ma’lum. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kreativlik yondashuv asosida iqtisodiy tarbiya berish borasida Germaniya tajribasi tengsizdir. Bu yurtning keng jamoatchiligi, oila va ijtimoiy institutlarining maqsadi boshlang‘ich sinfdanoq aholida iste’mol madaniyatini shakllantirishga qaratilgandir. Matbuot va ommaviy axborot vositalari ham bu borada chetda turmaydilar, ular televideniya namoyish etayotgan reklamalar taklif qilayotgan narsalarning barchasiga birdan ega bo‘lish mumkin emasligi, istaklarni jilovlay bilish va taklif etilganlar

Доказательный фрагмент

«Keywords: primary Annotation. This article presents information on the need school student, to form economic knowledge of primary school students creative approach, based on a creative approach, the pedagogical founda…»

Образец извлечения

Демо-превью

Keywords: primary Annotation. This article presents information on the need school student, to form economic knowledge of primary school students creative approach, based on a creative approach, the pedagogical founda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary Annotation. This article presents information on the need, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat., iqtisodiy ta’lim, kreativ yondashuv, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники