Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA INFLYATSIYA MUAMMOSI VA UNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
ETISH YO‘LLARI · Kenjayeva Sabohat Safarovna
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda inflyatsiyaning asosiy sabablarini, uning iqtisodiyotga ta’siri va muammolarini tahlil qilinadi. Shuningdek, inflyatsiyani jilovlash va barqarorlashtirish uchun samarali chora-tadbirlar, xalqaro tajriba va ilg‘or usullar asosida yechimlar taklif etiladi. Maqolada inflyatsiyaning nazariy asoslari, iqtisodiy jarayonlarga ta’siri hamda davlat siyosatining roli o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Inflyatsiya, iqtisodiy islohotlar, valyuta bozori, investitsiya muhiti, inflyatsiyani jilovlash, makroiqtisodiy siyosat. Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlar darajasining o‘zgarishi tabiiy hol sanalsa-da, inflyatsiyaning izchil va yuqori sur’atlarda davom etishi har qanday davlat uchun jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish, valyuta bozori erkinligini ta’minlash, tashqi savdoni qulaylashtirish hamda investitsiya muhitini yaxshilash kabi muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bu jarayonlar turli yo‘nalishlarda inflyatsion bosimni kuchaytirishiga ham sabab bo‘ldi. Jumladan, narxlarning barqaror o‘sishi aholi real daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ijtimoiy tengsizlikni chuqurlashtirishi mumkin. Inflyatsiya — bu faqat moliyaviy yoki statistik ko‘rsatkich emas, balki keng qamrovli makroiqtisodiy hodisadir. U davlatning pul-kredit va fiskal siyosatidagi nomutanosibliklar, ishlab chiqarish hajmi va taklifning talabdan ortda qolishi, importga qaramlik, hamda global bozorlar ta’siri kabi omillarga bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Xususan, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari va energetika resurslari narxining o‘sishi, transport va logistika xarajatlarining ortishi inflyatsion jarayonlarga kuchli 90 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6 ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, aholining iste’mol xarajatlari ortib borayotgani, davlat xarajatlarining kengaytirilayotgani, hamda tadbirkorlik faoliyatiga qo‘yilayotgan ba’zi to‘siqlar ham narxlar o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Aytish joizki, inflyatsiya faqat ichki omillar ta’sirida emas, balki tashqi iqtisodiy muhit, jumladan, global pandemiya, geosiyosiy ziddiyatlar, xalqaro neft va oziq-ovqat narxlarining o‘zgarishi, hamda tashqi bozorlardagi beqarorliklar ta’sirida ham kuchayib boradi. Bu esa iqtisodiyotda strategik va puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilish zaruratini yuzaga keltiradi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda inflyatsiyaning asosiy sabablari, u bilan bog‘liq mavjud muammolar, iqtisodiyotga ko‘rsatayotgan ta’siri va eng muhimi, ushbu muammoni bartaraf etish yoki yumshatishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlar asosida mamlakatimiz sharoitiga mos bo‘lgan yechimlar ham ko‘rib chiqiladi. Metodologiya. Inflyatsiya har qanday milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy muvozanatga tahdid soluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu bois, inflyatsiyaning nazariy asoslari, turlari, sabab va oqibatlari, shuningdek, uni jilovlash usullari ko‘plab iqtisodiy adabiyotlarda keng yoritilgan. Mazkur mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish orqali O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun dolzarb bo‘lgan inflyatsiya muammosini chuqurroq anglash va uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Inflyatsiya tushunchasi va uning sabablari klassik, keynsiy, monetar va zamonaviy iqtisodiy nazariyalar asosida talqin etilgan. Jumladan, J.M. Keynsning “Umumiy nazariya” asarida inflyatsiya asosan talab tarafdan yuzaga kelishi tushuntiriladi. Uning fikricha, davlat tomonidan iqtisodiyotga aralashuv bo‘lmasa, talab oshishi inflyatsiyaga olib keladi. Milton Fridman esa inflyatsiyani “pul massasi haddan tashqari ko‘payganining natijasi” deb hisoblaydi. Bu yondashuv monetar nazariya asosini tashkil etadi va bugungi kunda ko‘plab davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham inflyatsiyani boshqarishda pul-kredit siyosatiga tayanmoqda. Fisherning MV=PQ tenglamasi esa inflyatsiya, ishlab chiqarish va pul aylanishi o‘rtasidagi munosabatni tushunishga yordam beradi. O‘zbekiston iqtisodiyotida inflyatsiyaning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yillik hisobotlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligining sharhlari, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi kabi xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistonga oid sharhlari asosiy manbalar hisoblanadi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yildan so‘ng valyuta liberalizatsiyasi, narxlar erkinlashtirilishi va energiya tariflarining bosqichma-bosqich oshirilishi inflyatsion bosimni kuchaytirgan. 91 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6 O‘zbekistonda inflyatsiya asosan strukturaviy va taklif tarafidan yuzaga kelmoqda. Jumladan, ishlab ch
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekistonda inflyatsiyaning asosiy sabablarini, uning iqtisodiyotga ta’siri va muammolarini tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekistonda inflyatsiyaning asosiy sabablarini, uning iqtisodiyotga ta’siri va muammolarini tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inflation, economic reforms, foreign exchange market, investment, curbing inflation, investment climate, macroeconomic policy.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026