К содержанию
РецензированоUZ2024

TALABALARDA TAʼLIMIY MOBILLIK SHAROITIDA JAHON ADABIYOTI ORQALI KROSS-MADANIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH

Jumanazarov Zohidjon Eldor o‘g‘li · Bobonazarov Gulnoza Tolibjonovna (O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 254-260 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada talabalar taʼlimi jarayonida jahon adabiyoti orqali kross-madaniy kompetentlikni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Madaniyatlararo kommunikatsiyaning samaradorligini oshirish va talabalarni madaniy farqlarni anglashga o‘rgatish, ayniqsa, ta’limiy mobillik sharoitida ahamiyatlidir. Maqola kross-madaniy kompetentlikning asosiy komponentlarini, jumladan, adabiyot va madaniyatlararo muloqot orqali o‘rgatish metodlarini tahlil qiladi. Ushbu maqola xalqaro ta’lim almashinuvi va adabiyotning o‘qitishdagi rolini ochib beradi. Kalit so‘zlar: Kross-madaniy kompetentlik, ta’limiy mobillik, jahon adabiyoti, madaniyatlararo muloqot, madaniy tafovutlar, adabiyot o‘qitish metodikasi, xalqaro ta’lim almashinuvi, madaniyatlararo integratsiya, talabalar ta’limi, madaniy kompetensiya. Turli madaniyat vakillarining o‘zaro ta’siri har bir inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Shundan kelib chiqib, har ikki tomon kommunikatorlari o‘rtasida to‘g‘ri va yetarli darajada o‘zaro tushunishni ta’minlash zarurati yuzaga keladi. Zamonaviy ta’lim konsepsiyasi faqat tilda emas, balki jahon adabiyoti va xorijiy til madaniyatida ham bilim olishni nazarda tutadi. Madaniyatlararo muloqot samaradorligiga erishish uchun madaniyatlararo kommunikatsiyaning tushunchasini, shuningdek, muloqot konteksti va vaziyatlaridagi asosiy ko‘nikmalarni madaniyatshunoslik semantikasi orqali egallash talab etiladi. OTM ta’lim tizimi talabalarni kross-madaniy muhit sharoitida muloqotni tashkil qilish, boshqarish, tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari va qobiliyatlarini shakllantirish kerak. Chet tilini o‘rganish u tilni ona tili sifatida ishlatadigan xalqlarning adabiyoti va madaniyati bilan bevosita bog‘liqdir. Zamonaviy til siyosati doirasida chet tilini mamlakat madaniyatini o‘rganmasdan o‘zlashtirish imkonsizdir. Bugungi kunda xorijiy hamkasblar bilan kasbiy masalalar bo‘yicha chet tilida ishbilarmonlik muloqotiga tayyor bo‘lish har qanday sohada mutaxassisning professionallik ko‘rsatkichiga aylanmoqda[4]. 99 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6 Madaniy jihatdan bir xil guruhlarda ta’lim olayotgan talabalar orasida madaniyatlararo kompetentlikni shakllantirish uchun darslarda shunday kontekst yaratish zarurki, bu talabalarga guruh ichidagi xatti-harakat va qabul qilishdagi farqlarni anglash imkonini bersin. Bir madaniyatga mansub bo‘lgan talabalar bir xil hodisalar va voqealarni turlicha qabul qilishlarini tan olishga o‘rgatilishi, shuningdek, o‘z guruhlarida bir xil vaziyatlarda turli xatti-harakat modellarini o‘rganishlari kerak. O‘z “ona” madaniyat tajribasiga tayanish kelajakda talabalarga xorijiy madaniyatni o‘rganishda madaniy tafovutlarni tahlil qilish, talqin etish va baholash uchun zarur vositalarni beradi[10]. OTM talabalarining kross-madaniy kompetentligi – bu shaxsning integrativ sifati bo‘lib, u madaniy qadriyatlar, farqlar va umumiyliklar haqidagi bilimlarni, boshqa madaniyatni o‘z hayot faoliyati doirasiga singdirish ko‘nikmalarini va madaniyatlararo hamkorlikda ijodiy faoliyat tajribasini o‘z ichiga oladi[6]. Kross-madaniy kommunikatsiya tushunchasi M.A. Akopova, N.V. Bagramova, N.V. Baryshnikov, E.M. Vereshchagin, D.B. Gudkov, G.V. Elizarova, V.G. Kostomarov, A.I. Surygin, P.V. Sysoev, S.G. Ter-Minasova, Z.K. Temirgazina, K.M. Abisheva, K.H. Rahimjanov, L.M. Barna, E.T. Hall, G. Hofstede, G. Neuner kabi olimlarning ko‘plab ilmiy ishlari mavzusi bo‘lib kelmoqda. OTM ta’limida shaxsning qadriy orientatsiyasi shakllanishi nafaqat ta’lim kurslarining mazmunini o‘zlashtirish orqali, balki hayot faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilishga undaydigan ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish jarayonida ham amalga oshadi[5]. Kross-madaniy o‘zaro ta’sir – bu madaniyatlararo muloqot maydonidir, unda ishtirokchilarning individual sohalarida ko‘plab yangi shakllanishlar yuzaga keladi va ular madaniyatlar kesishgan nuqtalarda insonni o‘rgatishda qo‘llanishi mumkin[8]. Kross-madaniy kommunikatsiya madaniyatlararo muloqotdagi qiyinchiliklarga e’tibor qaratadi va ikki madaniyat o‘rtasidagi farqlarga urg‘u beradi, o‘xshashliklarga emas. Bu kross-madaniy kompetentlikning madaniyatlararo kompetentlik bilan kuchli bog‘liqligini isbotlaydi. Madaniyatlararo kompetentlik – bu chet til sohiblari bilan samarali muloqotni ta’minlaydigan ko‘nikmalardir. Kross-madaniy kompetentlik esa nafaqat milliy xususiyatlar, madaniyat va tarixni, balki nutq madaniyatini ham o‘z ichiga oladi[6]. Hatto bir xil tilni bilgan odamlar ham ko‘pincha bir-birini to‘g‘ri tushunmasligi mumkin, buning sababi esa aksariyat hollarda madaniy tafovutlardir[2]. O‘z navbatida, til sohiblarining madaniy dunyosini o‘rganish nutq birliklarining qo‘shimcha ma’no yuklari, siyosiy, madaniy, tarixiy konnotatsiyalarini tushunishga yordam beradi[9]. Shunday qilib, chet til sohiblari bilan muloqot qilayotganda inson ularning m

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talabalar taʼlimi jarayonida jahon adabiyoti orqali kross-madaniy kompetentlikni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talabalar taʼlimi jarayonida jahon adabiyoti orqali kross-madaniy kompetentlikni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adabiyot o‘qitish metodikasi, talabalar ta’limi, madaniy kompetensiya., madaniyatlararo integratsiya, xalqaro ta’lim almashinuvi, jahon adabiyoti, madaniy tafovutlar, Kross-madaniy kompetentlik, ta’limiy mobillik, madaniyatlararo muloqot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники