Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YASHIL IQTISODIYOTDAGI GLOBAL TENDENSIYALAR VA INNOVATSIYALAR
Chorsaidova Munisa Azamat qizi · Ilmiy rahbar: Mirzakulova Risolat Musurmankulovna (Termiz davlat pedagogika instituti texnologik ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi)
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sohasidagi global tendensiyalar va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Barqaror rivojlanish maqsadlari asosida shakllanayotgan yashil iqtisodiyot kontseptsiyasi XXI asrda dunyo iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylanmoqda. Mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ekologik tashabbuslar, toza energiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va innovatsion texnologiyalar orqali iqtisodiy o‘sish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari keng muhokama qilinadi. Kalit so’zlar: Yashil iqtisodiyot, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, ekologik barqarorlik, bandlik, resurslardan samarali foydalanish, barqaror rivojlanish. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida ekologik muammolar keskin tus olmoqda. Iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning kamayishi, havoning ifloslanishi kabi muammolar iqtisodiyot va jamiyat hayotiga bevosita ta’sir qilmoqda. Shu bois, an’anaviy iqtisodiy modeldan voz kechib, barqarorlikka asoslangan yangi yondashuv – yashil iqtisodiyot konsepsiyasiga ehtiyoj ortmoqda. Yashil iqtisodiyot – bu iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan, shu bilan birga, tabiiy resurslar va ekologik muvozanatni saqlaydigan tizimdir. Ushbu maqolada ushbu sohadagi global tendensiyalar, yetakchi davlatlarning tajribalari, va innovatsion texnologiyalarning o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Bugingi kunda innovatsion taraqqiyotga erishish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, cheklangan resurslardan maksimal darajada oqilona foydalanish masalalari nafakat milliy iqtisodiyotlar, balki butun dunyo hamjamiyati oldida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalardan sanaladi. Chunki, hozirgi davr iqtisodiyoti muayyan bir tizim sifatida nafaqat iqtisodiy o‘sish, texnik mukammallik hamda raqobatbardoshlik tamoyillari asosida shakllanishi, balki har bir inson yashash sharoitini yaxshilashi hamda kelajak avlodlar uchun qulay iqtisodiy sharoit yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning bunday transformatsiyasi bugungi kunda “yashil iqtisodiyot” asosidagi barqaror taraqqiyot deb nomlanadi. 16 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 6 Bugungi kunda ko‘plab davlatlar yashil iqtisodiyotni milliy strategiyalar darajasida qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi 2050 yilgacha “karbonsiz iqtisodiyot”ga o‘tishni maqsad qilgan bo‘lsa, Xitoyda esa toza energiyaga sarmoyalar ko‘paymoqda. AQShda esa qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish jarayoni tezlashmoqda. Innovatsiyalar bu jarayonning yuragi hisoblanadi. Quyosh panellari, shamol turbinalari, elektromobillar, aqlli shahar texnologiyalari, chiqindilarni qayta ishlash tizimlari va raqamli monitoring vositalari yashil iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlariga aylanmoqda. Sun’iy intellekt, IoT (Internet of Things) va katta ma’lumotlar (Big Data) ekologik barqarorlikni boshqarishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bundan tashqari, yashil moliya va “yashil obligatsiyalar” kabi moliyaviy vositalar orqali ekologik loyihalarni moliyalashtirish kengaymoqda. Innovatsion startaplar ekologik muammolarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Tadqiqotda tizimli yondashuv asosida tahlil, taqqoslash va statistik usullar qo‘llanildi. Asosiy manbalar sifatida hukumat hisobotlari, xalqaro tashkilotlar ma’lumotlari, hamda mahalliy iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil etildi. Shuningdek, ekspert fikrlari va ommaviy so‘rovlar orqali ijtimoiy kayfiyat va jamiyatda yuz berayotgan real o‘zgarishlar baholandi. Barchamizga ma’lumki, iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida atrof-muhit, tabiat iqtisodiyotning asosiy elementi, omili sanaladi. Tabiat va iqtisodiyotning mukammal muvozanatlashgan o‘zaro munosabati yashil iqtisodiyot konsepsiyasida namoyon bo‘ladi. Yashil iqtisodiyot oxirgi yigirma yillik mobaynida shakllangan iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalish bo‘lib, unga ko‘ra iqtisodiyot tabiiy muhitning mustaqil bo‘lmagan komponenti hisoblanib, aynan tabiiy muhit doirasida shakllanadi va rivojlanadi. Yashil iqtisodiyotning bosh vazifasi ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish jarayonlarini ekologik standartlarga mos tarzda o‘zgartirish (ecologization) dan iboratdir Yashil iqtisodiyot nazariyasi quyidagi uch aksiomalar asosida qurilgan: Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo'lishadi. Bir tarafdan, xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat resurslari ko'chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin. Boshqa tarafdan, global bozorlarda raqobatning kuchayishi, xo'jalik faoliyatining keng erkinlashuvi mamlakatlar uchun xavf-xatarlar tug=dirishi muqarrardir. Rivojlangan 17 Acumen: International Journal of Multidisciplinar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sohasidagi global tendensiyalar va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yashil iqtisodiyot sohasidagi global tendensiyalar va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, ekologik barqarorlik, resurslardan samarali foydalanish, Yashil iqtisodiyot, bandlik, barqaror rivojlanish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024