К содержанию
РецензированоUZ2025

ORTIQCHA VAZN VA SEMIZLIKDA HOMILADORLIK VA TUG’RUQNING NATIJALARI

Qambarova Mushtariybonu Shuxratjon qizi · Ilmiyrahbar t.f.d dotsent Yuldasheva D.Y. · ORTIQCHAVAZN VASEMIZLIKDA HOMILADORLIK VATUG’RUQNING

ИКРО журнал · 16 · 312–320 · 2025

Аннотация

JSST ma’lumotlariga ko’ra bugungi kunda 25-30 % ayollar semizlikdan aziyat chekmoqda. Ularning aksariyatini reproduktiv yoshdagi ayollar tashkil qiladi. Xomilador ayollar orasida ortiqcha vazn va semizlik oshib bormoqda. Bu esa turli homiladorlik asoratlari xavfini oshiradi. Masalan, abort, homiladorlik gipertenziyasi, preeklampsiya, eklampsiya, gestatsion qandli diabet, tug’ruq jarayoning buzilishi, tug’ruq va tugruqdan keyingi davrdagi qon ketishlari (Serov V.N 2000; Averyanova A.P, 2010 Saveleva I.V 2010; Borovkova E.I 2011 ). Semiz ayollarda tug’ruq ko’pincha jarrohlik aralashuvlari yoki tug’ruq induksiyasi bilan o’tadi (Poobalan A.C, 2009; Priese V, 2011). Shuningdek semiz ayollarda 21 juft xromosoma trisomiyasi xavfi ortadi (Hildebrand E, Kallen B, Josefsson A, Gottvall T, Blomberg M Maternal obesity and risk of Down syndrome in the offspring 2011). Shuningdek ortiqcha vaznli ayolda erta tug‘ish holatlari ko‘p uchraydi bu esa chaqaloqda respirator distress holatini yuzaga keltiradi.Ortiqcha vaznli va semiz ayollardan tug'ilgan chaqaloqlarda esa macrosomiya va metabolik.sindrom ko‘p kuzatiladi keyinchalik bu bolalar 2tip qandli diabetga moyil guruhga kiradi.Ortiqcha vazndagi va semiz ayollar normal vazndagi ayollarga qaraganda homiladorlik davrida va tug‘ruqdan keyin depressiya va stressga ko'proq duchorbo‘lishadi. Kalit so’zlar: Ortiqcha vazn,semizlik,Gestatsion qandli diabet(GQD), makrosomiya, preeklampsiya . Semizlik va ortiqcha vazn homiladorlikda homilador ayol va homila uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. JSST semizlikni global epidemiya deb hisoblamoqda va 2022 yil ma’lumotlariga ko’ra dunyodagi har 8ta insonlardan biri semizlikdan aziyat chekmoqda. 18 yoshdan katta odamlar orasida ortiqcha vaznga ega bo’lganlar dunyo aholisining 43% ini, semizlik bilan 16%ini tashkil qilmoqda (JSST 2022y) [16]. WOF (World Obesity Federation) ma’lumotlariga ko’ra 2030 va 2060 yillarga kelib ortiqcha vazn va semizlikka ega bo’lgan kattalar mos ravishda 59%va 80%ni tashkil etadi [15]. Shuningdek bugungi kunda O‘zbekiston aholisining Sanitariya epidemialogiya qo‘mitasi JSSTga tayanib 18-64 yoshdagilar orasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra aholining yarmi ortiqcha vazinli,20% semizhisoblanishihaqida habar berilgan. O‘zbekistondagi 15-49 yoshdagi ayollarning 15.5%i semizlik bilan, 25.2% ortiqcha vazn bilan azob chekadi (WOF2017) [14]. Normal holatda, reproduktiv yoshdagi ayollarda yog' to'qimasining miqdori 30% dan oshmasligi kerak. Uning asta-sekin ortishi esa chegaraviy holat – ortiqcha tana massasi deb hisoblanadi. Bugungi kunda ko'plab olimlar semizlikni moddalar almashinuvi buzilishidan kelib chiqqan surunkali kasallik sifatida ko'rib chiqadilar, bunda ayolning organizmida yog' to'qimasi 20% va undan ortiqmiqdorda oshadi [9]. Semizlikningetiopatogenetik tasnifi quyidagilarga bo'linadi: 1. Alimental semizlik (birlamchi): Bu semizlik ikki turga bo'linadi: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Quyituri vaYuqori turi o 2. Simptomatik semizlik (ikkinchi darajali): Bu semizlik boshqa kasalliklar yoki holatlarning natijasidir. Uquyidagilarga bo'linadi: Serebral semizlik: Bosh miya o'smalari, infeksiyalar yoki tizimli zararlanishlar tufayli o yuzaga keladigan semizlik. Psixologik semizlik: Ruhiy kasalliklar, masalan, depressiya yoki nervoz anoreksiya bilan o bog'liq semizlik. Genetik nuqsonlar tufayli semizlik: Genetik sindromlar, masalan, Prader-Willi sindromi o kabi semizlikga olib keladigan holatlar. Endokrin semizlik: Gipotireozli semizlik,Gipoovariyal semizlik,Gipotolamus-gipofiz o tiziminingkasalliklarida, buyrak usti bezi kasalliklaridan keyin yuzagakeluvchi semizlik. 3. Yatrogenik semizlik: Bu semizlik turi ba'zi dori vositalarini qo'llash tufayli yuzaga keladi. Masalan, antidepressantlar, diabetni davolash uchundori vositalari yoki gormonalpreparatlar[5]. Semizligi bo’lgan bemorlarda ko'plab kasalliklarni rivojlanish xavfi ortadi: yog' almashinuvining buzilishi ko'proq uchraydi, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, xolesistit va xolelitiaz, osteoartrit rivojlanish xavfi ortishi tasdiqlangan. Yog 'to'qimasida aromatazaning ko’tarilishi giperestrogenemiyaga va estrogenga bog'liq kasalliklarning ko'payishiga olib keladi (ko'krak bezi saratoni, endometriya saratoni, bachadon miomasi). Semizlik ko'pincha tuxumdonlarning gormonal disfunksiyasi bilan birga keladi. Semizlikning og’ir darajasi kuzatilgan ayollarning 45% dareproduktiv disfunktsiya rivojlanadi. Semizlikning homiladorlik va tug'ish jarayoniga ta'siri bilan bog'liq ko'plab ilmiy tadqiqodlar mavjud, buesa muammoningdolzarbligini yanada ta'kidlaydi. Hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, semizlikdan aziyat chekkan ayollarda homiladorlik jarayonining asoratlari 45-85% hollarda uchraydi. Bunda semizlikdan aziyat chekayotgan homilador ayollarda abort, gestatsion diabet, preeklampsiya, venoz tromboemboliya, tug’ruqning in

Доказательный фрагмент

«JSST ma’lumotlariga ko’ra bugungi kunda 25-30 % ayollar semizlikdan aziyat chekmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

JSST ma’lumotlariga ko’ra bugungi kunda 25-30 % ayollar semizlikdan aziyat chekmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ortiqcha vazn, makrosomiya, Gestatsion qandli diabet(GQD), semizlik, preeklampsiya .
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники