К содержанию
РецензированоUZ2025

TASVIRIY SAN’AT FANIDA RANGTASVIR MASHG‘ULOTLARIDA O‘QUVCHILARGA INSON PORTRETINI ISHLASH METODIKASI

Raxmonberdiyeva OygulRayimjonovna · TASVIRIYSAN’AT FANIDA RANGTASVIRMASHG‘ULOTLARIDA (Gulistondavlat pedagogika instituti) · O‘QUVCHILARGA INSONPORTRETINI ISHLASHMETODIKASI (Gulistondavlat pedagogika instituti)

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada rangtasvir mashg‘ulotlarida portret ishlash metodikasi haqida aytib o‘tilgan bo‘lib, asosan qalamtasvirda portretni tasvirlab chizish bilan bir-biriga bog‘liq bo‘lib, xavaskor rassomlar portret janrida rangtasvirda rasm chizishni mukammal o‘rganishi kerakligi haqidaaytib.o‘tilgan. Kalitso‘zlar:Rangtasvir, portret, yorug‘lik,fon, soya, rang, grizayl, plener. Qalamtasvirda portret chizgan xavaskor rassom rangtasvirda ham ijodiy asarlar yaratayotgan paytda ranglarni yorug‘-soyada to‘g‘ri chizishni o‘rganishi lozim. Portretni rangtasvirda tasvirlashda nisbatlarni aniq olgan holda, qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirgan holatda asarning mazmun-mohiyatini ifodalash kerak. Portret chizishda insonning boshi bilan gavda rangtasvirini chizish orqali to‘liq mukammal mahorat bilan o‘rganib tasvirlash, nazariy va amaliy bilimlarni chuqur egallash orqali tasvirlab chizish muhim hisoblanadi. Portretni rangtasvirda o‘rganish jarayonida grizayl texnikasida inson boshini tasvirlab chizish, inson boshini tabiiy yorug‘likda rangtasvirda chizish, portretni sun’iy yorug‘likda rangtasvirda chizib o‘rganish va portretni chizish vaqtida plenerda odam boshini rangtasvirda tasvirlash orqali o‘rganish mumkin. Shuningdek, rangtasvirda rasm chizishni o‘rganishda asta-sekin chizish orqali xavaskor rassomlarning ijodkorlikqobiliyatlarida kompozitsiya shakllanadi. Rangtasvirni rassomlar shunday ta’riflaydi: “Bu 100% qalamtasvir va 100% rangtasvirning bir-biriga chambarchas bog‘liqligidir.[1;5]. Demak, rassomlarning ta’rifiga qarab shuni aytishimiz mumkinki, qalamtasvirda mahorat bilan chizgan rassom rangtasvirda ham shunday mukammal chizish qobiliyatlari rivojlanib borar ekan. Portret chizishda inson boshini grizayl texnikasida ishlashda rangtasvirda tus munosabatlarini va rang munosabatlarini haqqoniy ifodalash alohida ahamiyat kasb etadi. Portret rangtasvirida ishlashda birinchi navbatda grizayl uslubida tasvirlab chizish lozim. Grizayl uslubida mukammal chizishni o‘rgangan xavaskor rassom akvarelda ham to‘liq va aniq chizishni o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Rasm chizishni o‘rganishda chizishni mashq qilgan holda asosiy e’tibor kontrast ranglarni qarama-qarshiligiga alohida ahamiyat bergan holda chizish kerak. Odam boshini yon tarafdan yoritilgan holatdagi rangtasvirni chizish vaqtida anatomik qurilmasiga aniq model tanlab olinib chiziladi. Rangtasvirda chizish paytida ozgina qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘proq xavaskor rassomlar asosiysi mayda detallarga berilib ketishi natijasida yaxlit rasmni tasvirlay olishmaydi. So‘ngra esa portretni chizib tugatishmaydi. Albatta, portretni tasvirlash paytida asosiy diqqat e’tibor yorug‘-soya qismilarini tasvirlab chizish va fonni alohida ifodalab tasvirlash lozim. Rasm chizish jarayonida orqa fon ba’zida ochroq rangda, ba’zida esa to‘qroq rangda tasvirlab chiziladi. Rangtasvirda naturani tasvirlab chizishda orqa fon bilan oldi fonda bir xil to‘qroq ranglardan foydalanib chizgan xavaskor rassomlarning chizgan rasmi ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. Portret rangtasvirida rasm chizishdan oldin natyurmort, manzara rangtasvirini chizib o‘rganish www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 kerak. Undan keyin esa portretni chizishni mashq qilish mumkin. Rangtasvirda rasm chizishdan oldin qalamtasvirda chizishni yaxshilab o‘rganish kerak. Albatta rangtasvir fani o‘ziga xos qiziqarli fan hisoblanib, o‘qituvchi rangtasvirdan amaliy mashg‘ulotlarda akvarel, guash, moybo‘yoqlar bilan ishlash ko‘nikmalarini o‘quvchilarga o‘rgatadi. Rangtasvirning ijodiy qurilish masalalari o‘qituvchi-rassomlarining ijodiy tajribasini umumlashtirishdan iborat. Rangtasvir nazariyasi muammolari turli rassomlarning, ba’zan subyektiv bo‘lgan fikrlarini va ularning umumiy jihatlarini topishni o‘z ichiga oladi. Bu jihatga rangtasvir nazariyasi ilmiy qarashlar tizimi, barcha qonun va qoidalarga ega bo‘lgan ilmiy fan sifatida amal qilishilozim.[2;15]. Albatta, rangtasvir fanida o‘quvchilarga darsda nazariy bilimlarni o‘rgatish orqali amaliy mashg‘ulotlarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bilan rasm chizishni o‘rganadilar. Shuningdek,akvarelda chizish ham murakkab hisoblanib, oq qog‘ozga tasvirlab chizishda uning kompanovkasiga e’tibor berish kerak. Albatta, tasviriy san’atda portret chizishda boshning rangtasviri (tabiiy yorug‘likda) rasm chizish jarayonida grizaylga o‘xshash rang munosabatlari orqali tasvirlanib, tus va rang farqlari mukammal ishlanishi kerak bo‘ladi.Agar xavaskor rassomlar rang munosabatlarini to‘g‘ri va aniq ifodalab tasvirlasa, portretda tus va rang munosabatlari tugallangan holatda jamlanadi. Portretni tasvirlab chizishdaumumiydan xususiyga qarab rangtasvirda ishlanadi. Portret rangtasvirida bosh rangtasvirini to‘g‘ri topa bilish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tabiiy yorug‘likda boshning rangtasvirini tasvirlashda qisqa muddatli etyudlarni ranglar orq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada rangtasvir mashg‘ulotlarida portret ishlash metodikasi haqida aytib o‘tilgan bo‘lib, asosan qalamtasvirda portretni tasvirlab chizish bilan bir-biriga bog‘liq bo‘lib, xavaskor rassomlar portret janrida…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada rangtasvir mashg‘ulotlarida portret ishlash metodikasi haqida aytib o‘tilgan bo‘lib, asosan qalamtasvirda portretni tasvirlab chizish bilan bir-biriga bog‘liq bo‘lib, xavaskor rassomlar portret janrida… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
portret, soya, fon, yorug‘lik, rang, grizayl, Rangtasvir, plener.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники