К содержанию
РецензированоUZ2025

HOZIRGI TEXNOLOGIYA TARAQQIY ETGAN DAVRDA O‘QISH VA ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION VOSITALARDAN KENG FOYDALANISHNING FOYDALI XUSUSIYATLARI

Ibodova Khosiyat Aminkizi · HOZIRGI TEXNOLOGIYA TARAQQIYETGANDAVRDA O‘QISHVA ONATILI · DARSLARIDAINNOVATSIONVOSITALARDANKENG FOYDALANISHNING · FOYDALI XUSUSIYATLARI

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

This article explores the benefits of integrating innovative technologies into reading and native language lessons in primary schools in the context of rapid technological advancement. It discusses how interactive methods, multimedia tools, and online platforms can enhance students' interest in learning, as well as improve literacy, independent thinking, and creativity. The article also presents practical examples demonstrating how these technologies contribute tomaking theeducational process more effective and engaging. Bugungi kunda butun dunyoda ta’lim tizimi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ilm-fan taraqqiyoti, jamiyat ehtiyojlarining o‘zgarishi va global axborot makonining kengayishi natijasida ta’lim sohasida yangicha yondashuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Xususan, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) tezkor va izchil rivojlanishi nafaqat sanoat, tibbiyot, iqtisodiyot vaboshqa sohalarni, balki ta’lim tiziminiham tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizning deyarli barcha jabhalariga chuqur kirib kelgani bois, zamonaviy o‘quvchi ham an’anaviy dars shakllaridan ko‘ra interaktiv va vizual uslublarga nisbatan ko‘proq qiziqish bildiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilardan dars jarayonini texnologiyalar asosida tashkil etishni, bilim berish bilan birga, o‘quvchini rag‘batlantirish, motivatsiya berish va unifaol ishtirokchi sifatida darsga jalb etishni talab qiladi. Zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim berish — bu faqatgina yangi vositalarni joriy etish emas, balki o‘quv jarayonini yanada mazmunli, tizimli va zamonaviy ehtiyojlarga mos holda tashkil qilishdir. Bu yondashuv bolalarda nafaqat bilimlarni egallash, balki ularni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, savol berish, muammo yechish, kreativ fikr yuritish, o‘z nuqtai nazarini asoslash kabi XXIasr kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Xususan,boshlang‘ich sinflarda o‘qish va ona tili darslarida innovatsion vositalardan foydalanish — bu eng avvalo o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish demakdir. An’anaviy dars jarayonida faqat o‘qituvchi faol bo‘lsa, innovatsion yondashuvlarda o‘quvchi darsning asosiy ishtirokchisiga aylanadi. Multimedia vositalari, slaydlar, interaktiv taqdimotlar, didaktik o‘yinlar, onlayn mashqlar va testlar yordamida darslar nafaqat tushunarli, balkiqiziqarli ham bo‘ladi. Shuningdek, bunday yondashuv orqali o‘quvchilar matnni o‘qib tushunish, grammatik qoidalarni mantiqan izohlash, so‘z boyligini kengaytirish, fikrini ravon bayon etish, tahliliy va ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarni mustahkamlashga erishadi. Darslar mobaynida AKT vositalaridan foydalanish orqali har bir o‘quvchi o‘zining bilim darajasiga mos tempda ishlay oladi, bu esa individual yondashuvgaimkon yaratadi. Umuman olganda, o‘qish va ona tili darslarida zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi o‘quvchilarda ilgari faqat nazariy tarzda o‘rgatilgan bilimlarni amaliy faoliyat orqali mustahkamlash imkonini beradi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshirib, o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini kuchaytiradi. Innovatsion yondashuvlar ta’limni nafaqat ma’lumot berish jarayoni, balki tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va hayotga tayyorlovchi tizimga aylantiradi. Zamonaviy texnologiyalarning ta’limdagi o‘rni Zamonaviy texnologiyalar deganda, birinchi navbatda, interaktiv doskalar, multimedia qurilmalari, kompyuter va planshetlar, internet resurslari, elektron darsliklar, onlayn test tizimlari, ta’limga ixtisoslashgan mobil ilovalar va platformalar nazarda tutiladi. Bu vositalar o‘qituvchiga darsni jonli va interaktiv tashkil qilish imkonini bersa, o‘quvchiga darsni tushunishda ko‘maklashadi. Bugungi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari raqamli texnologiyalarga tez moslashuvchan bo‘lib, ularning e’tiborini jalb qilish va uni saqlab qolish uchun an’anaviy dars usullaridan ko‘ra zamonaviy yondashuvlar samaraliroqdir. Shuning uchun zamonaviy vositalarni darsga tatbiq etish, ayniqsa o‘qish vaonatili kabi asosiy fanlarda, dolzarb ahamiyatga ega. O‘qishdarslarida innovatsionvositalardan foydalanishningafzalliklari O‘qish darslarida o‘quvchilarga matnlarni o‘qitish, ularni tushunish, mazmunini tahlil qilish, obrazlarni tasavvur qilish kabi ko‘nikmalar beriladi. Bu jarayonni qiziqarli va samarali o‘tkazish uchun quyidagi innovatsionvositalaryordam beradi:  Audiokitoblar va videohikoyalar: O‘quvchilarga ertak yoki hikoyani faqat matn shaklida emas, balki eshitishyoki tomoshaqilish orqali taqdim etish, ularning matnni chuqur tushunishiga yordam beradi.Masalan,biror asaerni o’qib uni You tube platformasidan videorolik ko’rinishida qo’yib bersa yanada tushunarli bo’ladi,bundan tasgqari boladavisual xotirarivojlanadi.  Interaktiv o‘yinlar: Masalan, "Matnni to‘ldir", "Savol-javob", "To‘g‘ri noto‘g‘ri"

Доказательный фрагмент

«This article explores the benefits of integrating innovative technologies into reading and native language lessons in primary schools in the context of rapid technological advancement.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the benefits of integrating innovative technologies into reading and native language lessons in primary schools in the context of rapid technological advancement. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
anaviy dars, texnologiyalar asosida, zamonaviy texnologiyalar, emas balki, boshlang ich, qish ona, ona tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники