Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSH GANDBOLCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI OSHITISHNING METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
LATIPOVABDULATIF MUXIDDINOVICH · YOSH GANDBOLCHILARNINGJISMONIYTAYYORGARLIK DARAJASINI · OSHITISHNINGMETODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
Yosh gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish metodikasini takomillashtirish dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biridir. Chunkisportchilar salohiyatini to‘liq namoyon etish, texnik va taktika ko‘nikmalarini samarali egallashi, raqobatbardoshlik darajasini oshirishda jismoniy tayyorgarlik hal qiluvchi omil sifatida qaraladi. Gandbol sporti o‘z mohiyatiga ko‘ra yuqori tezlikda fikrlash, muvofiqlashtirilgan harakatlar, chaqqonlik, chidamlilik va kuch sifatlarini mukammal uyg‘unlashtirishni talab qiladi. Ayniqsa, yosh davrida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jarayoni jismoniy sifatlarning keng qamrovli shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Mazkur ilmiy ishda yosh gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini kompleks tarzda oshirishga qaratilgan metodikalar takomillashtirildi, ularning samaradorligi tahlil qilindi hamda mashg‘ulotlar tizimi asosida tajriba sinovlari olib borildi. Birinchi navbatda, yosh sportchilarda asosiy jismoniy sifatlar – umumiy va maxsus chidamlilik, harakat chaqqonligi, portlovchi kuch, tezkorlik, muvofiqlashtirish qobiliyatlari ustida ishlashning zamonaviy uslublari ko‘rib chiqildi. Mashg‘ulotlarning yuklama hajmi, intensivligi, takroriyligi, shuningdek, mashg‘ulot turlarining turlicha kombinatsiyasi asosida tanlangan metodikalar amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Kalit so‘zlar: Gandbol, Yosh sportchilar, Jismoniy tayyorgarlik, Sport metodikasi, Trening yuklamalari, ChidamlilikChaqqonlik,Sport psixologiyasi. Yosh avlod salomatligini mustahkamlash, uni jamiyatning toʻlaqonli fuqarosi sifatida ijtimoiyiqtisodiy, madaniy va siyosiy faoliyatda faol ishtirok etishga tayyorlash jahon hamjamiyati siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Shu sababli aholi, ayniqsa, yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilish hamda takomillashtirish barcha davlatlarda birinchi darajali vazifaga aylanmoqda. Umumta'lim maktablaridagi jismoniy tarbiyaning ahamiyati oʻquvchi yoshlarni har tomonlama rivojlantirish, salomatlikni mustahkamlash, turli xil harakat koʻnikmalari va malakalarini shakllantirish uchun poydevor yaratishdan iborat. Jahon mamlakatlarida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va salomatliklarini mustahkamlash uchun darsdan tashqari mashgʻulotlarni tashkil qilish, harakatga oid koʻnikma va malakalarni shakllantirish hamda jismoniy sifatlarni rivojlantirish boʻyicha koʻplab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kundagi ma'lumotlar ta'limning oʻrta boʻgʻini oʻquvchilari harakat faolligining pasayib borayotganligidan dalolat bermoqda. Bunday vaziyatning asosiy sabablarini xorijiy mutaxassislar maktab oʻquvchilarida jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga boʻlgan motivasiyaning yoʻqligi, oʻquv jarayonini tashkil qilishda metodik yondashuvlar, jismoniy tayyorgarlik vositalari va uslublarining etarlicha tadqiq qilinmaganligi bilan izohlashadi. Zamonaviy talablarga javob beradigan oʻquvchilarni tarbiyalash uchun jismoniy tarbiya boʻyicha darsdan tashqari faoliyat shakllaridan foydalanishning yangi vosita va uslublarini izlab topishni talab etmoqda. Mazkur ilmiy ishda yosh gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini kompleks tarzda oshirishga qaratilgan metodikalar takomillashtirildi, ularning samaradorligi tahlil qilindi hamda mashg‘ulotlar tizimi asosida tajriba sinovlari olib borildi. Birinchi navbatda, yosh sportchilarda asosiy jismoniy sifatlar – umumiy va maxsus chidamlilik, harakat chaqqonligi, portlovchi kuch, tezkorlik, muvofiqlashtirish qobiliyatlari ustida ishlashning zamonaviy uslublari ko‘rib chiqildi. Mashg‘ulotlarning yuklama hajmi, intensivligi, takroriyligi, shuningdek, mashg‘ulot turlarining turlicha kombinatsiyasi asosida tanlangan metodikalar www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqot davomida yosh gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash uchun maxsus diagnostik testlar qo‘llanildi. Ushbu testlar orqali mashg‘ulotlar natijadorligi, sportchilarning funksional holati, yurak-qon tomir va nafas olish tizimi faoliyati, mushak kuchi, umumiy holat ko‘rsatkichlari, harakat koordinatsiyasi dinamikasi aniqlanib bordi. Test natijalari asosida trening yuklamalari individuallashtirildi va yoshga mos o‘zgartirishlar kiritildi. Metodik takomillashtirishlar doirasida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi: sportchi yoshiga mos pedagogik yondashuvni qo‘llash, psixofiziologik xususiyatlarni hisobga olish, jismoniy sifatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash, tiklanish jarayonlarini optimallashtirish. Mashg‘ulotlarga zamonaviy texnologiyalar, o‘yinli mashqlar, funktsional trening elementlari kiritilishi orqali yosh sportchilarda mashg‘ulotga bo‘lgan motivatsiya, diqqat va ishtirok faolligi ortgani kuzatildi. Shuningdek, tadqiqot jarayonida intensiv yuklamalar fonida sportchilarning ortiqchacharchashi va sport jarohatlarining oldiniolishmaqsadida davriy nazorat tizimi ishla
Доказательный фрагмент
«Yosh gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish metodikasini takomillashtirish dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюYosh gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish metodikasini takomillashtirish dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sport psixologiyasi., Trening yuklamalari, Sport metodikasi, Yosh sportchilar, ChidamlilikChaqqonlik, Jismoniy tayyorgarlik, Gandbol
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025