Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI INTERFAOL METODLAR ORQALI O‘QITISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
G‘ulomjonova Mohinur-CHDPU talabasi
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
В статье рассматривается, как интерактивные методы делают уроки родного языка и чтения более интересными и эффективными. Показано, как у детей развивается мышление и способность свободно выражать понимание. Ключевые слова: начальное образование, родной язык, учебник по чтению, интерактивные методы, качество урока, креативность, общение, критическое мышление, активность учащихся, современное образование, методический подход, инновации, эффективность, самостоятельное мышление, учебный процесс. Annotation: This article explores how interactive methods make native language and reading lessons more engaging and effective. It shows how children learn to think and express what they understand more freely. Keywords: primary education, native language, reading textbook, interactive methods, lesson quality, creativity, communication, critical thinking, student activity, modern education, methodological approach, innovation, effectiveness, independent thinking, lesson process. XXI asr — o‗zgarishlar asri. Bugun dunyo ta‘limi tubdan yangilanmoqda. Sun‘iy intellekt, raqamli o‗qitish, ijtimoiy-emotsional o‗rganish kabi tushunchalar muqaddas maktab dargohlarining kundalik ish faoliyatiga kirib kelmoqda. Bu o‗zgarishlar orasida bizni eng ko‗p o‗ylantiradigan masala — boshlang‗ich ta‘limda o‗quvchini o‗rganishga qiziqtirish, ularni dars jarayoniga jalb etish va ijodiy tafakkurni shakllantirishdir. So‗nggi yillarda dunyo miqyosida ta‘lim tizimining asosiy e‘tibori o‗quvchini tayyor ma‘lumotni yod oluvchi emas, balki mustaqil fikrlovchi, izlanishga qodir, ijodiy yondashuvchi shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan. Bu jarayonning negizida aynan boshlang‗ich ta‘lim yotadi. Boshlang‗ich sinfda o‗qitiladigan fanlar, xususan, ona tili va o‗qish savodxonligi fanlari bola tafakkurining shakllanishida, nutq madaniyatining asos solinishida, tafakkur egiluvchanligini rivojlantirishda muhim rol o‗ynaydi. Zamonaviy ta‘lim jarayonida faqat bilim berish emas, balki o‗quvchini faol o‗rganishga jalb qilish zarurligi ta‘kidlanmoqda. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, interfaol metodlar vositasida dars o‗tish o‗quvchilarning faolligini, muloqotga kirishishini, mustaqil fikrlashini, savodxonlikni chuqur shakllantirishini ta‘minlaydi.Ayniqsa, ona tili va o‗qish savodxonligi darslarida bu jarayonlar beqiyos ahamiyatga ega. Chunki bu fanlar orqali bola o‗z 55 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 fikrini ifoda etishni o‗rganadi, muloqot madaniyati, nutq boyligi va tafakkuri shakllanadi. Ushbu darslarni an‘anaviy metodlar asosida o‗tish bugungi bolalarning zamonaviy tafakkuriga mos kelmaydi. Ana shu o‗rinda interfaol metodlar ta‘limga jon bag‗ishlaydi. Bugungi kunda o‗qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki o‗quvchini yo‗naltiruvchi, rag‗batlantiruvchi, darsga faol ishtirokchi sifatida jalb etuvchi shaxsdir. Aynan interfaol metodlar bu yondashuvni samarali amalga oshirishda muhim rol o‗ynaydi. Ona tili va o‗qish savodxonligi darslarini zamonaviy yondashuvlar asosida olib borish o‗quvchilarda nafaqat bilim, balki hayotiy ko‗nikmalarni ham shakllantiradi. Ona tili - shaxsning tafakkurida, dunyoni idrok etishida, muloqotga kirishishida eng muhim vositadir. Xususan, boshlang‗ich sinfda ushbu fan asosida bolalarda o‗qish, yozish, ifodali fikrlash va eshitish ko‗nikmalari shakllanadi. ―O‗qish savodxonligi‖ atamasi xalqaro miqyosda PISA va PIRLS baholashlarida keng qo‗llaniladi. Bu baholashlarda savodxonlik faqat matnni o‗qib tushunish emas, balki matndagi fikrlarni tahlil qilish, muammolarni yechish, xulosa chiqarish kabi ko‗nikmalarni o‗z ichiga oladi. Shunday ekan, ushbu darslarda faqat grammatikani o‗rgatish emas, balki bolalarda tanqidiy fikrlash, matn bilan ishlash, ijodiy yondashish ko‗nikmalarini shakllantirish dolzarb hisoblanadi. Interfaol metodlar — faollikni uyg‗otuvchi kuch hisoblanadi.Interfaol metodlar — bu shunchaki yangi usullar emas, balki o‗quvchini o‗rganishga ―tortuvchi‖, uni fikrlashga majburlovchi va eng asosiysi, hamkorlikda o‗rganishga chorlovchi vositalardir. Bunday metodlar orasida ―Insert‖, ―Aqliy hujum‖, ―Klaster‖, ―Fikrlar charxi‖, ―Rolga kirish‖, ―Blits-so‗rov‖ kabi usullar aynan boshlang‗ich sinf o‗quvchilari uchun samarali hisoblanadi. Interfaol metodlar juda ko‗p. Jumladan,―Insert‖ usuli: matn bilan ishlashda belgilar qo‗yib, keyin muhokama qilishga yo‗naltiriladi.―Fikrlar charxi‖: biror savol yuzasidan o‗quvchilarning barcha fikrlarini jamlab, umumlashtirish imkonini beradi.―Rolga kirish‖ (rol o‗ynash): matndagi obrazlarga kirib, ularning nuqtai nazaridan fikr yuritish ko‗nikmasini shakllantiradi.―Aqliy hujum‖: biror muammo yechimiga doir ijodiy g‗oyalarni ochib beradi.―Baliq skeleti‖: sabab– natijalarni vizual tarzda tasvirlash orqali mantiqiy tahlilga o‗rgatadi.Har bir metod bolaning darsdagi ishtirokini oshirib, faol, interaktiv, ongli o‗rganish muhitini yaratadi. Mas
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается, как интерактивные методы делают уроки родного языка и чтения более интересными и эффективными.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается, как интерактивные методы делают уроки родного языка и чтения более интересными и эффективными. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary education, native language, reading textbook, interactive methods, lesson, ijodkorlik, dars jarayoni, metodik yondashuv, mustaqil fikr, innovatsiya, zamonaviy ta’lim, dars sifati, o‘qish darsligi, samaradorlik, muloqot, interfaol metodlar, o‘quvchi faolligi, boshlang‘ich ta’lim, ona tili, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026