К содержанию
РецензированоRU2025

O’ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYASI

Zayniddinova Dinara Xusnitdinqizi · Zayniddinova SabrinaXusnitdin qizi · O’ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNIRIVOJLANTIRISH TENDENSIYASI

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются тенденции развития цифровой экономики в Республике Узбекистан. В статье рассматриваются такие важные направления, как обновление цифровой инфраструктуры, цифровизация государственных услуг, продвижение стартапов и инноваций, цифровизация финансового сектора, а также образованиеи обучение. Ключевые слова: информационно-коммуникационные технологии, цифровая экономика, искусственный интеллект, перспективные проекты, глобальные, современные информационныетехнологии. Sun'iy intelekt hozirgi axborot asrida nihoyatda dolzarb bo'lib, insoniyat sun'iy intellekt orqali XXI asrning global muammolariga ilm-fanda yangi imkoniyatlarni kashf etish yo'li bilan ijobiy yechimlarni topdi. Shuningdek, bu tibbiyot, ta'lim, energetika, qishloq xo'jaligi, shaharsozlik va ayniqsa raqamli iqtisodiyot sohalarda sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini oshiradi. Mamlakatimizda ham so'nggi yillarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, soha va tarmoqlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, “aqlli dasturlar”ning qo'llanish sohasini kengaytirish bo'yicha davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ijro etilmoqda. Ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etib borayotgan bugungi sharoitda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, sanoat, ijtimoiy himoya, ta’lim, tibbiyot, bandlik, qishloq xo‘jaligi, mudofaa, xavfsizlik, turizm va boshqa sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish urfga kirmoqda. O‘zbekistonda ham axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030-yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Qayd etish joizki, «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da axborot texnologiyalari va raqamlashtirish borasida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, bir qator muhim www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 dasturlar qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan. Raqamli iqtisodiyotning O‘zbekistonda joriy etilishi nafaqat iqtisodiy sohani transformatsiya qilish, balki jamiyatni ham yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga moslashtirishnitalab etadi. Bu jarayonni amalga oshirishdata’limva kadrlar tayyorlash, innovatsiyalarni rag‘batlantirish, texnologiyalarga bo‘lgan e’tibor va xalqaro hamkorlik muhim omillarhisoblanadi. O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish tendensiyalari so‘nggi yillarda sezilarli darajada o‘zgarib, mamlakatning iqtisodiy tuzilmasini yangi raqamli va innovatsion tizimlar bilan boyitishga qaratilgan ko‘plab tashabbuslarni ilgari surmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi nafaqat texnologik yutuqlarga, balki jamiyatning barcha qatlamlarining integratsiyasiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, ushbu jarayonning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun birqator omillarni inobatga olish zarur. 1. Raqamli infratuzilmaning rivojlanishi. O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun davlatning raqamli infratuzilmasini mustahkamlash zarur. Mamlakatda internet tarmoqlarining kengayishi, yuqori tezlikda internetga kirish imkoniyatlarining ta’minlanishi va telekommunikatsiya sohasida innovatsion yechimlarning joriy etilishi raqamli iqtisodiyotning asosiy ustunlarini tashkil etadi. O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan xizmatlarining raqamlashtirilishi va aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘rilgan choralar raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sirko‘rsatmoqda. 2. Raqamli biznes va tadbirkorlikning o‘sishi. Raqamli iqtisodiyotda biznesning roli o‘sib bormoqda. O‘zbekistonlik tadbirkorlar yangi texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash va internet savdosini rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda. Shuningdek, startaplar va kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bermoqda. Elektron tijoratning o‘sishi, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida kuzatilgan tendensiyalarni kuchaytirdi va bu sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llashning zarurligi ortdi. 3. Innovatsiyalar va texnologik taraqqiyot. Yangi texnologiyalarning joriy etilishi va sun’iy intellekt, blokcheyn, katta ma’lumotlar (Big Data) kabi sohalarda O‘zbekiston o‘z salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Masalan, texnologik startaplar va IT korxonalarini qo

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются тенденции развития цифровой экономики в Республике Узбекистан.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются тенденции развития цифровой экономики в Республике Узбекистан. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
information and communication technologies, digital economy, artificial intelligence, zamonaviy axborot texnologiyalari., istiqbolli loyihalar, raqamli iqtisodiyot, global, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники