Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LUG‘AT TARKIBINING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATI JIHATIDAN TAVSIFLANISHI
Fattullayeva Mahzuna Maqsudovna
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Leksikografiya lug‘at tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, lug‘at tuzish yo‘llarini o‘rganib, uni yaratish usullarini ishlash, davr taraqqiyoti talablarini qoniqtira oladigan lug‘atlar tilini asoslab berish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Leksikografiya amaliyoti o‘ziga xos tashkiliy ishlarni uyushtirish, har bir tilning so‘z boyligini aniqlash, shu tildagi so‘zlarni kartotekaga yozib, tartibga solish, ana shu kartotekalar asosida kerakli lug‘atlar tuzishni o‘z oldiga qo‘yadi. Kalit so‘zlar: Ta`limiy lug`atlar, leksikografiya, o`zbek va jahon lug`atchiligi, ona tilini o`qitishdata`limiy lug`atlarning ahamiyati, ta`limiy lug`atlar yaratish tamoyillari. Maktab ona tili darsliklarida o’quvchilarni tilimizning moddiy boyligi so’zlarning tarkibini tahlil etishga o’rgatish muhim masalalardan biridir. Har bir o’zbek maktabi o’quvchisi o’z ona tilisidagi so’zlarni ma‘noli bo’laklarga to’g’ri ajrata bilishi, o’zak va qo’shimchalarning birikish qonuniyatlari, tub, yasama, tublashgan, soddalashgan, tublashayotgan so’zlar haqida zaruriy ma‘lumotlarga ega bo’lishi lozim. So’z asosi o’zak lisoniy sathda leksemaga teng kelib, uning lug’aviy ma‘nosi, o’z yoki ko’chma ma‘noda ekanligi, shakldoshlari, ma‘nodoshlari, talaffuzdoshlari, o’z yoki o’zlashma qatlamga mansubligi, tarixiy yoki zamonaviyligini aniqlash o’quvchining so’z tarkibi tahlilida leksikologiyadan; o’zak va qo’shimcha qo’shiluvida yuz beradigan har xil fonetik jarayonlar fonetika, fonologiya, orfografiya, morfonologiyadan; qo’shimchalarning vazifasi, tuzilishi, shakldoshlari, ma‘nodoshlarini aniqlash so’z yasalishi, morfemika, morfologiyadan zaruriy bilimlarga ega bo’lishini talab etadi. Demak, o’zbek tilida so’z tarkibi, so’zning ma‘noli qismlari deganda o’zak va qo’shimcha tushuniladi. Ammo morfema terminini, aytilganidek, so’zning barcha ma‘noli qismlariga nisbatan qo’llashga o’zbek tilining milliy tabiati to’sqinlik qiladi, shuning uchun tilimizda faqat qo’shimchaga nisbatan morfema terminini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Nutqimizda rus, arab, fors, shuningdek, yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlar nihoyatda ko’p bo’lib, ularning ayrimlari o’zbek tilida ma‘noli qismlarga ajralish imkoniyatiga ega bo’lsa (shaxs-iy-at, ma‘mur-iyat, ma‘naviy-at, fikr- an, shakl-an), aksariyati flektiv tabiatini to’la saqlagan (siyosat, falsafiy, artillerist, kooperativ, mifologiya, modifikatsiya, mexanizm, mexanik, mexanist, mexanizatsiya). O’zlashma so’zlarni tarkibini ajratish biroz munozarali. Chunki, aslida yasama holicha kirib kelgan o’zlashma so’zlar tub so’z sifatida qabul qilinishi, tarkibidan morfema ajratilmasligi lozim. Ammo ularning ayrimlari tilimizda shunchalik keng qo’llanadiki, maktab o’quvchilari ularni o’z yoki o’zlashma ekanligini ilg’ay olmaydilar. Shu bois o’zlashma so’zlarning o’zak va qo’shimchalarini ajratish imkoni borlari, o’zbekcha affiks olib yasalganlari lug’atda ma‘noli qismlarga ajratilib berilgan: medal-li, ma‘mur-iy-at-chi-lik, ma‘lum-ot, maskirovka-siz, ideal-lashtirish, aspirant-lik, adab-iy- ot, jism-an, moliya-viy, madaniy-at, mas‘ul-iyat. Tillarni kuzatishdan ma‘lumki, morfologik ko’rsatkichlar yo mustaqil ma‘noli leksemalardan, yoki har xil qo’shimchalarning o’zaro birikib yangi qo’shimcha hosil qilish usulidan shakllanadi. Ko’pgina so’zlar qo’shilib ketishi natijasida ikkinchi qism morfemaga aylanib ketishi mumkin: gapir (gap ur), tupir (tuf ur), supur (suv ur), berkit (berk et), to’lat (to’la et), bo’shat (bo’sh et), yo’qot (yo’q et), yo’qol (yo’q o’l), aytoladi (ayta oladi), ketaver (keta ber), ketvormoq (ketib yubormoq), boryapti (borib yotibdi). So’z tarkibi lug’ati o’rni bilan imlo lug’ati vazifasini ham o’tay oladi. Chunki so’zlarning tarkibiy www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 tuzilishi haqida qat‘iy bilimga ega bo’lish, o’zakka turli vazifadagi morfemalar qo’shilishi natijasida yuz beradigan fonetik o’zgarishlarni anglab olish, shubhasiz, yozuvdagi har xilliklarni bir shaklga keltirishga yordam beradi. O’zakni ajrata bilish, so’z tarkibidagi tovush o’zgarishlarini fahmlash so’zni to’g’ri yozishga imkon beradi. Shu sababli so’z tarkibi o’quv lug’atida ayrim so’zlarning etimologiyasi, ya’ni kelib shiqishiga ishora qilib ketish lozim: anglashilmovchilik (ong-la-sh-il-ma-vchilik), sanoqsiz (son-a-q-siz), atoqli (ot-a-q-li) kabi. Bugungi kunda soddalashish, tublashish, yaxlitlashish kasb etgan va bu jarayonni boshidan kechirayotgan o’zbecha so’zlar tarkibi tahlil qilinmaydi, ular bir o’zakka teng keladi: qizg’ish, qishloq, kungay, kunduzi, kurtak, yo’rg’a, yiring, qopqoq. Tarkibida egalik, kelishik shakllari yaxlitlangan ayrim ravishlar, modal so’zlar ham ma‘noli qismlarga ajralmaganligi bois tarkibi tahlil etilmaydii: kunda, birga, birdan, yaqinda, kechasi, kunduzi,to’satdan, zimdan, qo’qqisdan, haqiqatdan, chamasi, aftidan, afsuski. Har bir so’zning ma‘noli bo’laklarga ajratilishi undag
Доказательный фрагмент
«Leksikografiya lug‘at tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, lug‘at tuzish yo‘llarini o‘rganib, uni yaratish usullarini ishlash, davr taraqqiyoti talablarini qoniqtira oladigan lug‘atlar tilini asoslab berish kab…»
Образец извлечения
Демо-превьюLeksikografiya lug‘at tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, lug‘at tuzish yo‘llarini o‘rganib, uni yaratish usullarini ishlash, davr taraqqiyoti talablarini qoniqtira oladigan lug‘atlar tilini asoslab berish kab… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- leksikografiya, ta`limiy lug`atlar yaratish tamoyillari., Ta`limiy lug`atlar, ona tilini o`qitishda ta`limiy lug`atlarning ahamiyati, o`zbek va jahon lug`atchiligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025