Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DEYKSIS VA NUTQIY MULOQOT MATNI YOHUD MATNDA MAZMUNNING IFODA TOPISHI
Valiyeva DildoraKamalovna · DEYKSIS VANUTQIYMULOQOT MATNI YOHUDMATNDA MAZMUNNING · IFODA TOPISHI
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada samarali nutqiy muloqotni tashkil qilishda til normalari va xushmuomalalik tamoyillariga rioya etish, deyksis va nutqiy muloqot matni yohud matnda mazmunning ifoda topishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Bu qoidalar o‘z navbatida chuqur munosabatlarga yo‘naltirilgan nutqiy muloqot kontsepsiyasini rivojlantirishini hisobga olgan holda , nutqiy muloqot jarayonida holatga mos tilni qo‘llash va xushmuomalalik ko‘rsatish xulq atvori muvaffaqiyatning asosiy elementi ekanligi tahlilqilingan. Kalit so‘zlar: deyksis, matn, muloqot, tadqiqot, xushmuomalalik, konsepsiya, ijobiy, salbiy, kontekst, individualism, xulq-atvor. Deyksis vanutqiy muloqotmatni yohudmatnda mazmunningifoda topishi. Isroillik professor Yehoshua Bar-hillel ingliz tilidatuzilgan gaplarning mazmuniniqay yo‘sinda aniqlash va ular vositasida uzatilayotgan axborotning to‘liq anglash muammosi haqida to‘xtalib, quyidagi misollarni keltirgan edi 1)Ice floats onwater – Muzsuvdasuzibyuribti . 2)It’s raining –Yomgir yog‘ayapti . 3)I am hungry –Och qoldim Birinchi gap mazmunini qariyib barcha ingliz tili sohiblari bir xilda tushunishadi, chunki muz qayerda suzayotganligi aniq , lekin mazmun idrokining keyingi bosqichlarida “qaysi suvda: daryodami, dengizdami? kabi savolning tug‘ulishi ehtimoldan holi emas. Keyingi gapning mazmunini anglash uchun ushbu voqea ya’ni yomgir yog‘ishi qachon va qayerda kechayotganligini bilish zarur. Yoki bu gap talaffuz etilayotgan vaqt va joyni aniqlash kerak. Shuningdek, gap mazmunining to‘liq idroki uning kim va qayerda aytayotgani bilan bog‘liq. Muloqot faoliyati uchun makon va zamon hodisalarining muhumligini unutmaslik kerak. Har bir voqea ma’lum makon va zamonda kechadi hamda u yoki bu hodisa haqidagi axborotning qabul qilayotgan tinglovchi uning qachon va qayerda sodir bo‘lganligini bilishga intiladi. Undan tashqari, axborotning to‘liq idroki uchun, har qanday faoliyat ma’lum shaxs tomonidan bajarilishi sababli ushbu faoliyat amalining subyekti haqidagi ma’lumot ham talab qilinadi. Demak, “qachon” va “qayerda“ savollari “kim” savolining hamrohligida nutqiy tuzilma mundarijasini belgilaydi. Ideal lisoniy faoliyat nutqiy tuzilmalar tarkibida aynan shu savollarga javob beruvchi birliklarning to‘liq tartibda mavjud bo‘lishini taqazo etadi. Masalan, “15 avgust 2007 yil soat 17: 00 SN50 50 raqamli nexia va SN37 37 raqamidagi damas rusumli avto mashinalar Bo‘stonsaroy ko‘chasida to‘qnashganlar” turidagi gapning mazmuni aniq, chunki sodir bo‘lgan voqea haqidagi ma’lumot anchagina batafsil; qachon , qayerda, kim yoki nima savollariga javob bor. Huddi shu www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR(RESEARCH BIB) –7,245,SJIF–5,431 gapni boshqacha shaklda ham tuzish mumkin: “Kecha kechqurun shu yerda o‘sha ikki mashina to‘qnashgan”. Ammo bu ikki tuzilma mazmun mundarijasi jihatidan teng emas. Menimcha, keyingi gapda ifodalanayotgan ma’lumotDAN xodimlarinihech ham qoniqtirmasakerak. Keyingi gapdagi kecha, kechqurun, o‘sha , shu yerda birliklarining qo‘llanilishi qandaydir ikki mashina to‘qnashgan. Lekin bu holda , zamon va sub’yekt-ob’yektlar haqidagi aniq ma’lumotni ola olmaymiz. Umumlashtirish , kechayotgan hodisalar, predmetlar sifat-xususiyatlari kabilar haqidagi ma’lumotni mujassamlashtirgan holda kontseptual qoliplar vositasida idrok etish kognitiv faoliyatning samarasidir. Bunday qoliplar kontseptual birliklarning lisoniy voqelanishida o‘z aksini topadi. Albatta, tashqi dunyodagi voqealar, predmetlar xususiy ko‘rinishdagi belgi, xususiyatlarga egadirlar. Lisoniy tafakkur faoliyatining kognitiv bosqichidan lisoniy voqelanish bosqichiga o‘tishda qiyoslash, analiz va sintez amallari muhim rol o‘ynaydi. Shu amallar vositasida umumiylik va xususiylik farqlanadi. Shuningdek , kognitiv faoliyat bevosita mavhumlashtirish amalini ham qamrab oladi, chunki ushbu amal umumlashtirishning muhim bosqichini tashkil etib, idrok etilayotgan ob’yektlarning alohida muhim xususiyatlarini ajratib olib, ularni qiyoslash hamdayagona “mahrajgakeltirish “ imkoniniberadi. Lisoniy tafakkur faoliyati jarayonida kuzatiladigan yana bir amal – tizimlashtirish, tasniflash amalidir. Til ma’lumotni to‘plash va uzatishdan tashqari uni tartibga keltirish vazifasini bajarishini ham unutmasligimiz zarur. Fransuz faylasufi Lill Universitetining professori Noil Mulut nutqiy birliklar mazmunan ifodasining mantiqiy ifodasi haqida fikr yuritayotib, “nutqiy ibora ma’lum bir ma’noni oddiygina belgilab, umumlashtirib va ifodalab qolmasdan, balki, u bularning barchasini qanday tartiblashtirsa, huddi shu tartibda bajaradi”, degan xulosaga kelgan. Mantiqshunos olimning mazmunning shakllanishi va nutqiy voqelanishi lisoniy tartiblashtirish va umumlashtirish faoliyatlari natijasi ekanligi haqidagi fikri diqqatga sazovordir. Mantiqiy va lisoniy umumlashtirish bir birini taqozo etadi va yaxlit yo‘nalishda kechadi. Mavhumlashtirilib, tartibga keltirilgan tushunchalar umumla
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada samarali nutqiy muloqotni tashkil qilishda til normalari va xushmuomalalik tamoyillariga rioya etish, deyksis va nutqiy muloqot matni yohud matnda mazmunning ifoda topishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada samarali nutqiy muloqotni tashkil qilishda til normalari va xushmuomalalik tamoyillariga rioya etish, deyksis va nutqiy muloqot matni yohud matnda mazmunning ifoda topishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijobiy, tadqiqot, xulq-atvor., xushmuomalalik, deyksis, kontekst, muloqot, salbiy, konsepsiya, individualism, matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024