Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YURAK YETISHMOVCHILIGI MAVJUD BEMORLARDA TOMIR YOSHINING O‘ZGARISHI
СОБИРОВА ХАНИФАБОНУНОРКУЗИ КИЗИ · YURAK YETISHMOVCHILIGI MAVJUD BEMORLARDATOMIRYOSHINING · ИЗМЕНЕНИЕ СОСУДИСТОГОВОЗРАСТАУ ПАЦИЕНТОВССЕРДЕЧНОЙ
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Chronic heart failure (CHF) is a complex syndrome characterized by a reduction in the heart's pumping function, leading to prolonged stress on the cardiovascular system as well as structural and functional changes. In recent years, the concept of "vascular age" — the degree of biological aging of blood vessels — has emerged as an important biomarker for predicting the progression of the disease in patients with CHF. Premature vascular aging, compared to chronological age, results in increased cardiac load, deepened diastolic dysfunction, and an elevated risk of myocardial remodeling. This narrative review article is dedicated to analyzing the concept of vascular age, its assessment methods (pulse wave velocity, arterial stiffness), and its clinical significance in thecontextof heart failure, based onthelatest scientific publications. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Keywords: heart failure, vascular age, arterial stiffness, pulse wave velocity, myocardial remodeling, biological aging. Kirish. Yurak yetishmovchiligi (YY) — yurakning organizm ehtiyojiga mos darajada qon chiqarolmasligi bilan tavsiflanadigan sindrom bo‘lib, yurak-tomir kasalliklari orasida yetakchi o‘lim sabablaridan biri hisoblanadi. SYY rivojlanishi faqat yurak mushagidagi o‘zgarishlar bilan emas, balki tomirlar, ayniqsa katta arteriyalardagi qarish va qattiqlik jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, “tomir yoshi” tushunchasi klinik amaliyotda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tomir yoshi — bu bemorning haqiqiy (pasport) yoshidan mustaqil tarzda, uning arteriyalarining biologik qarish darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichdir. Arterial qattiqlik, endoteliy disfunksiyasi, kollagen/elastin nisbatining buzilishi, yallig‘lanish va oksidlovchi stress omillari tomir devorlarining elastikligini pasaytiradi va tomir yoshini oshiradi. Yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda tomir yoshining ortishi yurakga tushadigan sistolik yuklamani kuchaytiradi, yurak devorining gipertrofiyasi va qayta remodellanishini jadallashtiradi, bu esa kasallikning og‘irlashuvi va davoga javob yomonlashuviga olib keladi. Puls to’lqini tezligi (PTT) — bu tomir yoshini baholashda asosiy va eng keng qo‘llaniladigan marker bo‘lib, yurak zarbasining aorta bo‘ylab tarqalish tezligini o‘lchash orqali tomirdevorining elastikligini baholash imkonini beradi. Ushbu maqola aynan yurak yetishmovchiligi mavjud bemorlarda tomir yoshining ahamiyati, uni aniqlovchi mezonlarva diagnostik qiymatini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tomir yoshi — bu inson tomir tizimining (asosan aorta va yirik elastik arteriyalarning) biologik qarish darajasini ifodalovchi integratsion biomarker bo‘lib, u bemorning pasport yoshi bilan har doim ham mos kelavermaydi. Bu ko‘rsatkich arterial devorning struktura vafunksional holatiga,ya’ni elastikligi, kollagen/elastin nisbatiga, endoteliy funksiyasiga va arterial qattiqlikka tayanadi. Ayniqsa, puls to’lqini tezligi yordamida aniqlangan tomir qattiqligi tomir yoshini baholashda eng ishonchli usul hisoblanadi. Tomir yoshining klinik turlari tahlil qilinganda, u odatda bemorning pasport yoshi bilan taqqoslanadi vaquyidagi uch holatdan biriga to‘g‘ri keladi: Normal tomir yoshi bo‘lib, bu holatda insonning tomir tizimi pasport yoshi bilan mutanosib tarzda qarigan bo‘ladi. Ya’ni tomirlar biologik jihatdan ham o‘z yoshidagi odamlardek elastikligini saqlagan. Bunday shaxslarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi o‘rtacha darajada bo‘ladi. Ikkinchi holat — bu supernormal tomir yoshi. Bunda tomirlar pasport yoshiga nisbatan ancha “yoshroq”, ya’ni elastik, sog‘lom vafunktsional jihatdan faol holatda bo‘ladi. Bu holat ko‘pincha muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanuvchilar, sportchilar yoki sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchilarda kuzatiladi. Bunday shaxslarda yurak yetishmovchiligi va aterosklerotik kasalliklar xavfi sezilarli darajada past bo‘ladi. Uchinchi holat — bu tomir erta qarishi (TEQ) deb ataladi. Bu holatda tomirlar bemorning haqiqiy yoshiga nisbatan ancha tez qarigan bo‘ladi, ya’ni biologik tomir yoshi pasport yoshidan 5–10 yilga katta bo‘ladi. TEQ asosan gipertenziya, qandli diabet, metabolik sindrom, dislipidemiya va surunkali yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan TEQ holatida yurak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi, ayniqsa, diastolik disfunksiya va FsSYY ( fraksiya saqlangan surunkali yurak yetishmovchiligi) rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, tomir yoshining bu uch klinik holati bemorlarning yurak-tomir salomatligini baholashda, profilaktika choralarini belgilashda va davo samaradorligini monitoring qilishdamuhim axborot manbaidir. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Bu yondashuv ko‘plab nufuzli adabiyotla
Доказательный фрагмент
«Chronic heart failure (CHF) is a complex syndrome characterized by a reduction in the heart's pumping function, leading to prolonged stress on the cardiovascular system as well as structural and functional changes.»
Образец извлечения
Демо-превьюChronic heart failure (CHF) is a complex syndrome characterized by a reduction in the heart's pumping function, leading to prolonged stress on the cardiovascular system as well as structural and functional changes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- heart failure, vascular age, arterial stiffness, pulse wave velocity, myocardial, biologik qarish, yurak remodellanishi, arterial qattiqlik puls to’lqini tezligi, yurak yetishmovchiligi, tomir yoshi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025