К содержанию
РецензированоUZ2025

STEAM TEXNOLOGIYASIGA ASOSLANGAN ZAMONAVIY TAʼLIMNING IMKONIYATLARI

Z. Boltayeva · STEAMTEXNOLOGIYASIGAASOSLANGAN ZAMONAVIY TAʼLIMNING

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy taʼlim tizimida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. STEAM texnologiyasi orqali o‘quvchilarning kreativ fikrlashi, muammolarni hal qilish ko‘nikmalari va amaliy bilimlarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur yondashuvni o‘quvjarayoniga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: STEAM, zamonaviy taʼlim, integratsiyalashgan o‘qitish, kreativlik, fanlararo yondashuv, raqamli texnologiyalar. KIRISH:Bugungi globallashuv davrida taʼlim tizimining asosiy vazifalaridan biri — raqobatbardosh, ijodiy va innovatsion fikrlovchi yosh avlodni tarbiyalashdir. Shu maqsadda dunyo miqyosida keng ommalashayotgan taʼlim yondashuvlaridan biri bu — STEAM texnologiyasidir. Ushbu yondashuv fanlararo bogʻliqlik asosida o‘quvchilarga real hayotdagi muammolarni tahlil qilish va hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. XXI asrda taʼlim jarayoniga bo‘lgan yondashuv tubdan o‘zgarib, anʼanaviy bilim berish metodlaridan zamonaviy, integratsiyalashgan, ko‘nikma va kompetensiyalarga yo‘naltirilgan taʼlim tizimlariga o‘tilmoqda. Global raqobat, texnologik taraqqiyot va mehnat bozoridagi tezkor o‘zgarishlar zamonaviy insondan kreativ fikrlash, muammolarni tahlil qilish va ularni yechish, axborot bilan ishlash, raqamli texnologiyalardan foydalanish kabi ko‘nikmalarni talab etmoqda. Shunday sharoitda taʼlim sohasida STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) texnologiyasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. STEAM yondashuvi nafaqat fanlararo integratsiyani, balki o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini, ilmiy tadqiqotga bo‘lgan qiziqishini va real hayotdagi muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Bu yondashuv orqali o‘quvchilar nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash, guruhlarda ishlash, loyiha asosida fikr yuritish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish kabi zamonaviy kompetensiyalarni egallashadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi yillarda taʼlimni modernizatsiya qilishga qaratilgan qaror va farmonlari asosida, mamlakatda STEAM texnologiyalarini o‘quv jarayonlariga joriy etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida bu yondashuv keng qo‘llanilmoqda. Biroq, STEAM taʼlimini umumiy o‘rta taʼlim tizimiga samarali integratsiya qilishuchun ilmiy asoslangan, metodik yondashuvlarishlab chiqilishilozim. Ushbu maqolada STEAM texnologiyasining nazariy asoslari, uning zamonaviy taʼlimdagi o‘rni, joriy etishning afzalliklari va mavjud muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston taʼlim tizimida STEAM texnologiyasining qo‘llanilishi bo‘yicha tahlillar va istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. STEAMyondashuvimohiyati STEAM qisqartmasi quyidagi fanlarni anglatadi: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431  S —Science(Fanlar)  T —Technology(Texnologiya)  E —Engineering (Muhandislik)  A—Art (Sanʼat)  M —Mathematics (Matematika) Bu fanlarning o‘zaro integratsiyalashuvi o‘quvchilarda sistemali fikrlash, kreativlik, dizayn, tajriba asosida o‘rganish, muammoga yechim topish va jamoaviy ishlash kabi zamonaviy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Zamonaviy taʼlimda STEAMtexnologiyasining afzalliklari Zamonaviy taʼlimning asosiy vazifasi — o‘quvchiga tayyor bilimlarni emas, balki uni mustaqil izlanish, tahlil qilish va amaliy faoliyatga tadbiq etish ko‘nikmalarini berishdan iborat. Bu jihatdan STEAM texnologiyasi nafaqat fanlararo bog‘liqlikni taʼminlaydi, balki o‘quvchining intellektual, ijodiy va texnologik salohiyatini rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Quyida ushbu yondashuvning asosiy afzalliklari keltirilgan: Fanlararo integratsiyalashuv (interdisiplinarlik) STEAM yondashuvi orqali turli fanlar o‘zaro bog‘lanadi va yagona mavzu, loyiha yoki muammoni yechish doirasida o‘rganiladi. Bu yondashuv o‘quvchilarda tizimli fikrlash va kompleks yondashuvni shakllantiradi. Masalan, fizika darsida energiya tushunchasi matematik formulalar, muhandislik yechimlari va grafik dizayn bilan uyg‘unlashadi. Amaliyotga yo‘naltirilgano‘qitish STEAM loyihalari o‘quvchilarning nazariy bilimlarini real hayotdagi vaziyatlarga tatbiq etishga xizmat qiladi. O‘quvchilar dasturlash, konstruktorlik, dizayn, eksperimentlar asosida o‘rganish orqali chuqurroq va mustahkamroq bilim egallashadi. Bu esa o‘z navbatida kasbga yo‘naltirish va ixtisoslashuvga asos bo‘ladi. Kreativ vatanqidiy fikrlashnirivojlantirish Sanʼat (Art) komponentining qo‘shilishi STEAM modelini farqlovchi asosiy jihatlardan biridir. Sanʼat orqali o‘quvchilar estetik qarashlarni, innovatsion fikrni va muammolarga noan’anaviy yondashuvlarni rivojlantiradi.Bu esa ijodiy vakompleks fikrlashni mustahkamlaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariniegallash STEAM taʼlimida zamonaviy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy taʼlim tizimida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvining o‘rni va ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy taʼlim tizimida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fanlararo yondashuv, zamonaviy taʼlim, kreativlik, integratsiyalashgan o‘qitish, raqamli texnologiyalar., STEAM
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники