Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SPORT PSIXOLOGIYASI ZAMONAVIY JAMIYATNING AHAMIYATLI OMILI
Sultamuratov AdilbayOserbaevich
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
This article discusses the role of sports psychology in modern society, its impact on athletes’ mental well-being, and its contribution to promoting a healthy lifestyle. Theoretical and practical aspects ofsports psychology, itsapplication methods, and effectiveness are analyzed. Keywords:sports psychology, athlete motivation,stress, mental resilience, social integration KIRISH: Sport fani bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilari va murabbiylarga har bir sport turi bo‘yicha psixologik ta’lim bcrishcln hamda jismoniy madaniyat va sport tadbirlarini tashkil qilishning tashkiliy va tarkibiy tizilmalarini ishlab chiqishda yordam beradi, Bu fan jismoniy madaniyat mutaxassislari tayyorlash o‘quvyurtlarida o‘qitiladi. Sport psixologiyasi fani psixologiyaning yangi sohasi bo‘lib bu soha 1913 yilda Pe’r de Kubertenning Olimpiada qo‘mitasi tashkil qilinishi munosabati bilan shakllana boshladi. 1920— 40-yillarda Germaniya, Amerika va boshqa davlatlarda Sport psixologiyasi fani ommaviylashdi. Umuman olganda, ikkinchi jahon urushidan keyin Sport psixologiyasi fani tez rivojlandi. Jahon rekordlarining o‘sishi bu fanning rivojlanishiga asos bo‘ldi. Jahon birinchiligi, olimpiada o‘yinlarida kuzatilgan natijalar sportchining psixologik tayyorgarligi ularning yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishida asosiy omillardan biri ekanligi o‘znatijasini ko‘rsatdi. 1965-yil Rimda birinchi sport psixologiyasi kongressi o‘tkazildi. Bunda doimiy rahbarlik organi va jamiyat prezidenti saylandi. Sport psixologiyasi bo‘yicha keyingi kongresslar 1973-yil Madridda, 1977-yil Pragada, 1986-yil Vashingtonda o‘tkazildi. Madriddagi kongresda chexoslavakiyalik professor Miroslov Vanek jamiyat prezidenti etib saylandi. 1970-yildan boshlab maxsus Xalqaro sport psixologiyasi jurnali chiqarila boshlandi. 1967-yilda Shimoliy Amerikada, 1969-yildaYevropa davlatlarida sport psixologiyasi tashkilotlari tuzildi. Sportchining shaxs sifatida rivojlanishi murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. Chunki, bir avlod sportchilar tomonidan o‘zlashtirilgan xususiyatlar ikkinchi avlod sportchilariga o‘tadi va www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 ular tomonidan o‘zlashtiriladi. Shuning uchun har kungi tarbiyaviy faoliyat kelajakni nazarda tutgan holda olib borilishi kerak. Sportchi o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida o‘zini-o‘zi nazorat qiladi, o‘zini-o‘zi kuzatadi va o‘ziga o‘zi baho berib boradi. O‘ziga-o‘zi baho berish jarayoni sportchining «o‘z imkoniyatlarini hisobga olgan holda u yoki bu maqsadni qo‘yish bilan bog‘liq. O‘ziga-o‘zi to‘g‘ri baho berish sportchida ma’naviy qoniqish hissini tarbiyalaydi va o‘z qadr- qimmatinianglash hissinikamol toptiradi. Murabbiy sportchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish jarayonida uning emotsiya va his-tuyg‘ularini hisobga olishi kerak. Chunki ularning o‘zgarish sabablari tashqi ta’sir bilan bir qatorda sportchining o‘ziga ham bog‘liqdir. Affektiv reaksiyalarning paydo bo‘lish qonuniyatlarini va ularni yechish uslublarini bilish, sportchi xulq-atvorini, axloqiyligini ta’minlabgina qolmay, uni turli qiyin va munozarali vaziyatlardan chiqishiga yordam beradi va shu bilan bir qatorda, o‘z ruhiy sog‘lig‘inisaqlab qolishga ham imkonyaratadi. Sport psixologiyasi fani Sobiq Ittifoq davrida biror-bir respublikada, shu jumladan, O‘zbekistonda ham bir tekisda rivojlanmagan edi. Sobiq Ittifoq rahbarlari milliy respublika vakillarini bu fanni jahon miqyosida ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘zlashtirib olishlari uchun chet davlatlarga malaka oshirishga yoki tajriba almashishga yubormas edilar. O‘sha davrlarda Sport psixologiyasi fani Rossiya davlati olimlari tomonidan o‘rganildi, xolos. Bu borada 1925-26-yillarda P.A. Rudik tomonidan Moskva jismoniy tarbiya institutining psixologiya kafedrasida bir talay ijobiy ishlar bajarildi. A.S. Puni Leningrad jismoniy tarbiya institutida sport psixologiyasiga doir ilmiy izlanishlar olib bordi. Gruziya, Armaniston, Latviyada va boshqa respublikalarda, jumladan, 1960- yillarda O‘zbekiston jismoniy tarbiya institutida sport psixologiyasi kafedralari tashkil qilindi. 1946-yilda Lesgaft nomidagi Leningrad jismoniy tarbiya instituti kafedrasida A.I. Puni rahbarligida sport psixologiyasi bo‘yicha aspirantura ochildi. 1952-yilda A.I. Puni birinchi bo‘lib, Sport psixologiyasi fanidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Undan keyin birin-ketin mazkurfan bo‘yicha adabiyotlar chiqa boshladi. MATERIAL VAMETODLAR. Ushbu tadqiqotda sport psixologiyasining amaliy qo‘llanilishi va samaradorligini baholash maqsadida nazariy tahlil va empirik usullar qo‘llanildi. Asosiy metodlar sifatida ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, sportchilar bilan so‘rovnoma va suhbatlar o‘tkazish hamda ularning psixologik holatini kuzatish ishlari olib borildi. Shuningdek, turli sport jamoalari o‘rtasida psixologik tayyorgarlik vamusobaqa natijalari o‘rtasidagi bog‘liqliktahlil qilindi. ADABIYOTLARTAHLILI. S
Доказательный фрагмент
«This article discusses the role of sports psychology in modern society, its impact on athletes’ mental well-being, and its contribution to promoting a healthy lifestyle.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the role of sports psychology in modern society, its impact on athletes’ mental well-being, and its contribution to promoting a healthy lifestyle. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sports psychology, athlete motivation, stress, mental resilience, social integration, psixik barqarorlik, sportchi motivatsiyasi, sport psixologiyasi, ijtimoiy integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024