Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QOʻSHMA GAP HAQIDAGI UMUMIY QARASHLAR VA QOʻSHMA GAP TURLARI
Abdurahmonova Rayhon Abduxopiz qizi (Guliston davlat universiteti lingvistika- oʻzbek tili yoʻnalishi 1-kurs magistranti)
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bog'langan qo'shma gaplar haqida ba'zi olimlarning qarashlari keltirib o'tilgan vaqo'shmagaplarning turlari keltirilib, misollarasosida tahliletilgan. Kalit so'zlar:qo'shmagaplar, mazmuniy munosabat, intonatsiya, konstruksiyalar. Qoʻshma gapning ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmunan va grammatik qonun- qoidalariga koʻra birikuvidan tashkil topishi haqidagi tushuncha tilshunoslik fanida azaldan maʼlum. Lekin, shunday boʻlsa-da, qoʻshma gap tarkibiga kiritilgan gaplarni mustaqil holdagi sodda gaplar bilan tenglashtirib boʻlmaydi. Ularda kommunikativ birlik va tugal fikr berilishi alohida qoʻllanilgan sodda gaplarda boʻlgani singari ifodalanmaydi. Chunki fikr ifodasining butunligi va tugalligi qo'shma gapning umumiy vazni zimmasiga tushadi. Qoʻshma gap sodda gap bilan mustahkam bogʻlangan, biroq undan ham struktur, ham uzatilayotgan axborot miqdori va sifati nuqtayi nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilma. [1,379]Shu bois qoʻshma gapning umumiy lisoniy mohiyati uning sodda gap bilan oʻzaro munosabatida ochiladi. Lisoniy struktura jihatidan qoʻshma gapning sodda gapdan farqi ma'lum darajada ravshan. Aniqrog'i, sodda gapda shakllangan kesim bitta boʻlsa, qoʻshma gapda u birdan ortiq boʻladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: Shahnoza tushlik uchun ovqat tayyorladi va kiyimlarni yuvdi. Mazmuni, grammatik tuzilishi hamda intonatsiyasiga koʻra bir butunlikni tashkil etgan, bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan konstruksiyalar qoʻshma gapni tashkil etadi. "Qo'shma gap sintaktik butunlikning eng yuqori shaklidir. Sodda gap bilan qo'shma gaplar o'rtasidagi eng asosiy va muhim farqlardan yana biri shuki, sodda gap birgina predikativ markazdan tashkil topadi. Qo'shma gapdaesa bunday markaz ikkitayoki undan ko'p bo'ladi "[4,-В.195]. Qoʻshma gap shaklan birdan ortiq sodda gaplarning birikuvidan tarkib topib, bu sodda gaplar mazmunan yaxlit holda birikib, umumiy bir fikrni, maqsadni ifodalaydi. Bunday gaplar turli bogʻlovchilar yoki bogʻlovchi vazifasidagi vositalar, yohud intonatsiya yordamida oʻzaro birikadi. Qoʻshmagapning asosiy belgilari quyidagicha: 1. Qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplar bir-birini yoki biri ikkinchisini mazmunan izohlaydi va har ikkisi birikib, umumiy fikrni reallashtirish uchun xizmat qiladi. Masalan, Qoʻshningtinch — sen tinch. (Maqol.) Bu qoʻshmagapni tashkil etgan sodda gaplar bir fikrni — kishining tinchligi nimaga bogʻliq boʻlishini ifodalaydi, har bir sodda gap alohida olinganda esa, bumazmunanglashilmay qoladi. 2. Qoʻshma gap tarkibidagi gaplar mazmun jihatdangina emas, grammatik tomondan ham bir-biriga bogʻliq boʻladi. Bu xil gaplar kesimining bir xil yoki bir-biriga mos shaklda ekanligi, ularda umumiy darajali boʻlaklarning boʻlishi, sodda gaplar tarkibida mazmunan izohlanayotgan boʻlaklarning mavjudligi, kesimlar bir xil boʻlganda, ularning bir oʻrinda umumlashgan holda berilishi va boshqa xususiyatlar — qoʻshma gap tarkibiy qismlarini grammatik struktura tomondan bir-biriga yaxlitbogʻlab qoʻyadi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 3.Qoʻshma gap tarkibidagi gaplarning intonatsiya jihatdan ham oʻziga xos xususiyati bor: bir gapning intonatsiyasi, shuningdek, har ikki gap orasidagi pauza ikkinchi bir gapni talab etadi, intonatsiya qoʻshma gapning oxirida tugallanadi.Demak,qoʻshma gapni tashkil etgan gaplar mazmuni, grammatik qurilishi va intonatsiyasi bilan alohida qoʻllanuvchi mustaqil sodda gaplardan farq qiladi. Shuning uchun ham har qanday sodda gapni briktirib qoʻshma gap hosil qilishi mumkin emas. Oʻzbek tilida qoʻshma gaplar ma'lum mazmun munosabatlarini ifodalash grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra uch tipga boʻlinadi. 1)bog'lovchisizqoʻshmagaplar; 2)bogʻlangan qoʻshmagaplar; 3)ergashgan qoʻshmagaplar. [2,-B.114]. Qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bogʻlovchilar, yuklamalar, olmoshlar, ohang)yordamida bogʻlanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qo ‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi tushuniladi. Har qanday sodda gap oʻzaro bogʻlanib, qoʻshma gapni hosil qila bermaydi. Faqat o‘zaro mazmuniy muvofiq boʻlgan gaplargina bir-biri bilan bogʻlanib, qoʻshma gapni tashkil etadi. Masalan: Qor yogʻdi va gullar ochildi, Bahor keldi, paxta terimi boshlandi boʻlmaydi, chunki bu gaplar bir-biri bilan mazmunan muvofiq kelmaydi. Qoʻshma gapni tashkil etgan sodda gaplar alohida qoʻllangan sodda gaplar bilan teng emas. Alohida qoʻllangan sodda gaplar grammatik, mazmun va ohang tugalligiga ega boʻladi. Ammo qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplar esa bunday xususiyatga ega emas. Ularning har biri garchi gapning asosiy belgisini o‘zida namoyon etsa ham, grammatik, mazmun va ohang tugalligi qoʻ
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bog'langan qo'shma gaplar haqida ba'zi olimlarning qarashlari keltirib o'tilgan vaqo'shmagaplarning turlari keltirilib, misollarasosida tahliletilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bog'langan qo'shma gaplar haqida ba'zi olimlarning qarashlari keltirib o'tilgan vaqo'shmagaplarning turlari keltirilib, misollarasosida tahliletilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qo'shmagaplar, mazmuniy munosabat, intonatsiya, konstruksiyalar, qo'shma gaplar, konstruksiyalar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025